O. T. Husanov konstitutsiyaviy


partiya o‘z mavqeini yo‘qota bordi. Birinchi bo‘lib ayrim mamlakatlardagi



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov


partiya o‘z mavqeini yo‘qota bordi. Birinchi bo‘lib ayrim mamlakatlardagi 
kommunistik partiyalarning Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi tarkibidan 
chiqqanligi e’lon qilindi, keyinchalik respublikalar mustaqilligi e’lon qilina 
boshlandi.
Sovet Ittifoqini saqlab qolishga bo‘lgan oxirgi jiddiy urinish - bu 1991-yil 
19-avgustda Favqulodda holat davlat qo‘mitasini (FHDQ) tashkil qilish bo‘ldi. 
Mamlakatning amaldagi Prezidenti kasalligi sababi ko‘rsatilib, vazifasidan 
chetlatildi va Prezident vazifasini vitse-prezident egalladi. U bir guruh kishilar 
bilan birga FHDQga boshchilik qildi. Qo‘mita barcha qo‘lga kiritgan yutuqlarni
37


yo‘q qilishni maqsad qilib qo‘ydi. Moskvaga tank va harbiy qo‘shin kiritdi. 
OAV taqiqlandi. Moskva aholisining olib borgan qattiq harakati natijasida bu 
favqulodda organ tezda - 21-avgustda tugadi.
Ittifoq markazida bo‘lgan voqealar, totalitar tuzumni tiklashga, demokratik 
yutuqlarni yo‘q qilishga bolgan urinishlar ittifoq respublikalarida bundan keyin 
qaysi yo‘l bilan borishi kerakligini hal qilish zarurligini kun tartibiga qo‘ydi.
1991-yil 31-avgustda bo‘lib o‘tayotgan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining sessiyasida 0 ‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
mamlakat mustaqilligini e’lon qildi. Bunday xabar ko‘pchilik deputatlarni lol 
qoldirdi. Chunki ko‘pchilik mustaqillikni orzu qilsa-da, uni ochiq bayon qila 
olmas edi, uning oqibati nima bo‘lishini tasavvur qila olmas edi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kutilmaganda mustaqillikni e’lon 
qilishi, uning jasorati natijasi hamda prezidentlik faoliyati davridagi eng katta 
xizmati bo‘ldi.
Mustaqillik e’lon qilindi. Bu degani hamma narsa bir zumda hal bo‘ldi 
degani yoki bo‘ladi degani emas. Chunki mustaqillikka erishish, rivojlanish
taraqqiyot, xalqning farovon turmushini ta’minlamasdan, aksincha, turmush 
tarzining nihoyatda yomonlashuviga olib kelgan holatlar tarixda uchraydi.
Shuning uchun, albatta, mustaqillikni oliy ne’mat, buyuk hodisa deyish, 
uni e’lon qilish oson kechdi, deyish mumkin, lekin mustaqillikni saqlash, undan 
faqat ijobiy foydalanish juda mushkul va mas’uliyatli ishdir.
Mustaqillikka erishgandan keyin juda ko‘p masalalarni endi hech kimning 
yordamisiz hal qilishga to‘g ‘ri kelar edi. Birinchi navbatda, fuqarolarning 
tinchligini, ularning munosib hayot kechirishini ta’minlash, buning uchun 
mamlakat xavfsizligini ta’minlash zarurati vujudga keldi. Mustaqillikdan so‘ng 
qaysi yo‘l bilan borishni aniqlab olish zarur bo‘ldi, bu keyingi ishlarni to‘g ‘ri hal 
qilishga asos bo‘lardi.
Shuning uchun, 0 ‘zbekiston rahbariyati atrofda, xalqaro maydonda bo‘layotgan 
voqealardan kelib chiqib, xalq xohish-irodasiga tayanib, mamlakatni demokratik 
yo‘ldan rivojlantirish, demokratik mamlakatlarda e’tirof etilgan prinsiplarni qo‘llash 
maqsadga muvofiqligini, demokratik davlat qurish yo‘lini tanladi.
Buning uchun demokratik talablarga va prinsiplarga javob beradigan 
davlat hokimiyatini yo‘lga qo‘yish; bozor munosabatlariga asoslangan 
iqtisodni tashkil etish; fuqarolar manfaatiga mos keluvchi fuqaro, jamiyat, 
davlat munosabatini o‘rnatish, unda fuqaro manfaatlarining ustunligini 
ta ’minlash, inson, uning huquqi, erkinligi, qadr-qimmati, sha’nini oliy qadriyat 
darajasiga ko‘tarish; mamlakatda yashovchi barcha millatlar manfaatlarini 
birdek ta ’minlash; mamlakat xavfsizligini t a ’minlashni nazarda tutuvchi 
tashqi siyosat olib borish mamlakatimiz oldidagi eng muhim vazifalar sifatida 
maydonga chiqdi.
Bu vazifaga erishish uchun, birinchi navbatda, huquqiy asosni yaratish, 
ularni huquqiy normalarda mustahkamlash zarurati paydo bo‘ldi va shu vazifani
38


bajarish uchun mamlakatimizda birinchi marta mustaqil konstitutsiya ishlab 
chiqishga zarurat tug‘ildi.
Shunday qilib, Konstitutsiya qabul qilish zarurati nima degan savolga 
0 ‘zbekiston mustaqilligi va ana shu tufayli vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarni 
huquqiy tartibga solish zarurligidir, deb javob bersak xato bo‘lmaydi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin