O. T. Husanov konstitutsiyaviy


Mustaqil 0 ‘zbekiston tarixi. 3-J. - Т.: «Sharq», 2000. 39-bet



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 Mustaqil 0 ‘zbekiston tarixi. 3-J. - Т.: «Sharq», 2000. 39-bet.
39


Umume’tirof etilgan xalqaro hujjatlar qoidalarini konstitutsiya normalariga 
singdirish masalasi ham komissiya oldiga vazifa qilib qo‘yildi.
Komissiya va ishchi guruhiga jalb qilinganlar tarkibi yirik olimlar, 
huquqshunoslar, siyosatshunoslar, iqtisodchilar, davlat va jamiyat arboblaridan 
iborat bo‘lib, ularning oldida mas’uliyatli, sharafli, shu bilan birga, o‘ta murakkab 
va qiyin vazifa turar edi. Vazifaningqiyinligi shunda ediki, guruhlardagi hech kim 
avval shunday ish bilan shug‘ullanmagan, ya’ni konstitutsiya loyihasini tayyorlash 
jarayonida ishtirok etmagan edi. To‘g ‘ri, avval ham 0 ‘zbekiston tarixida uch 
marta Konstitutsiya qabul qilingan edi, lekin ular markazda tayyorlangan Ittifoq 
Konstitutsiyasi andozasi asosida hech o‘zgarishsiz tayyorlanib, qabul qilingan 
edi. Yangi tayyorlanayotgan loyiha esa, mutlaqo yangitdan, 0 ‘zbekiston uchun 
moslab tayyorlanishi kerak edi.
Komissiya va ishchi guruhlari komissiya Raisi oldiga qo‘ygan vazifani 
bajarishlari uchun davlat tuzilishi, boshqaruv shakli, taraqqiyot darajasi har xil 
bo‘Igan bir necha davlatning konstitutsiyalarini, sobiq Ittifoqchi respublikalarda 
tayyorlanayotgan Konstitutsiya loyihalarini, xalqaro hujjatlarni chuqur o‘rganib, 
tahlil qilib chiqdi. Natijada, xorijiy mamlakatlar konstitutsiyalarining shakli
mazmuni haqida ma’lumot beruvchi qiyosiy jadval tayyorlandi. Tayyorlangan 
jadval komissiya raisi tomonidan o‘rganib chiqildi va shu asosda loyihani 
tayyorlash bo‘yicha foydali, asosli ko‘rsatmalar berildi.
Komissiya raisi bo‘lajak Konstitutsiyada jahonda umume’tirof etilgan 
prinsiplar va g ‘oyalarga amal qilish bilan birga, unda o‘zbek xalqining davlatchiligi, 
ajdodlarimiz g ‘oyalari, qadriyatlarimiz o‘z ifodasini topishiga alohida e’tibor 
berdi. Shu tufayli Forobiy, Beruniy, M arg‘inoniy, Ulug‘bek asarlariga murojaat 
qilindi. Amir Temurning «Tuzuklar»i ko‘rsatmalariga alohida e’tibor berildi. 
Uning adolat g ‘oyasi Konstitutsiyaning maqsad va mazmuniga singdirildi.
Konstitutsiya loyihasini ishlovchi komissiya Raisi loyiha konsepsiyasini ishlab 
chiqishga alohida e’tibor berdi, chunki konsepsiya Konstitutsiyaning qanday 
bo‘lishini belgilashda muhim asos bo‘lishi tajribadan ma’lum. Konstitutsiya 
muqobillik asosida yaratilishining ahamiyati kuchli bo‘ldi, Fanlar akademiyasining 
Falsafa va huquq instituti, Siyosatshunoslik va boshqaruv instituti, Prezident 
devonining yuridik bo‘limi tomonidan uchta konsepsiya yaratilib, uchinchi 
konsepsiya asos sifatida olindi va boshqa ikki konsepsiyadagi ahamiyatli, muhim 
g ‘oyalar bilan boyitilib, yagona konsepsiya shakllantirildi va u asosida loyiha 
tayorlashga kirishildi1.
Konstitutsiya loyihasining birinchi varianti 1991-yil noyabrida tayyorlab 
bo‘lindi. 1991-yili 31-avgustda Respublikamizda Mustaqillik e’lon qilindi. Ittifoq 
davrida boshlangan ishning dastlabki varianti mustaqillik davrida tugallandi. 
U muqaddima, 6 ta bo‘lim va 158 ta moddadan iborat edi. 0 ‘zbekistonning 
mustaqillikka erishishi loyiha ustida ishlashni yanada jonlantirib yubordi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin