I ll bob. OZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING
YARATILISHI VA TAKOMILLASHUVI
I-§. K o n stitu tsiy a n in g y a ra tilish ig a bo‘lgan zarurat
XX asr 80-yillarining ikkinchi yarmidan boshlab Sovet Ittifoqi hududida
qayta o‘zgarishlar uchun sharoit yuzaga keldi. Kommunistik partiyaning
ko‘p yillik hukmronligiga darz keta boshladi. Partiyaviy boshqaruv ishlab
chiqarishni rivojlantirish o‘rniga rivojlanishga to‘sqinlik qila boshladi. Iqtisodiy
inqiroz xalqning turm ush sharoitiga o‘z salbiy oqibatlarini ko‘rsata boshladi.
M arkaz zulmi kuchayishi natijasida ittifoqdagi xalqlar aziyat chekdi, «porloq
kelajakka» ishonchsizlik, turli millatlarni kamsitish holatlari kuchaydi.
«Paxta ishi», «o‘zbek ishi» deb uyushtirilgan kampaniyalarda barcha baravar
(gunohsiz ham, aybdor ham) birdek tazyiqqa uchradi. Ayollar, yosh bolalar
xo‘rlandi, milliy, diniy, tarixiy qadriyatlar oyoq osti qilindi. Natijada, ittifoq
tarkibidan chiqish, mustaqil davlat qurish harakati kuchaydi va bu harakat
real voqelikka aylandi. Ayniqsa, mustaqillikka bo‘lgan intilish Boltiqbo'yi
respublikalarida kuchli namoyon bo‘ldi.
Kommunistik partiya, uning shu vaqtdagi rahbarlari ittifoqni, mavjud
tuzumni saqlab qolish uchun qattiq harakat qildilar.
Yangi ittifoq shartnomalarini tuzish, shu orqali ittifoqni saqlash uchun
katta urinishlar bo‘ldi. Lekin Tbilisi, Vilnyusda bo‘lib o‘tgan voqealar, qon
to‘kilishlar bu maqsadning zo‘ravonlik pozitsiyasi, ittifoqni saqlab qolish xom
xayol ekanligini ko‘rsatdi.
Sovet Ittifoqida siyosiy tizimni isloh qilish, vakillik organlarining yangi
turlarini yaratish, saylov tizimini yangilash ishlari olib borildi. SSSR hududida
Xalq deputatlari syezdi degan engyuqori vakillik organi tashkil etildi. Shu organga
bo‘ladigan saylovlar birinchi marta muqobillik asosida o‘tdi. Uning natijasida
esa (1988-yilgi saylov), shu organga xalq dardini ochiq aytadigan, haqiqatni
ko‘z bo‘yamachilikdan ustun qo‘yadigan ko‘plab kishilar saylandi. Syezd Ittifoq
miqyosidagi masalalarni hal qiladigan organdan ko‘ra, ittifoqdagi muammolarni
ochiq-oydin ko‘tarib chiqadigan, turli xalq va millatlar o‘z muammolarini yaqqol
aytadigan minbarga aylandi. Turli fikrlilik vujudga keldi. Natijada, kommunistik
Dostları ilə paylaş: