mustamlakachi davlat o‘z mustamlakasiga mustaqillik berayotganda qabul
qilingan konstitutsiyalarni kiritish mumkin. Buyuk Britaniya o‘z qaramog‘idagi
ko‘pgina davlatlarga Konstitutsiya hadya qilgan.
Konstitutsiyalarni mamlakat dohiysi, yo‘lboshchisi nomi bilan atash ham
tajribadan ma’lum. 1936-yilgi SSSR Konstitutsiyasi
Stalin Konstitutsiyasi,
1977-yilgi SSSR Konstitutsiyasi Brejnev Konstitutsiyasi, 1993-yilgi Rossiya
Konstitutsiyasi Yelsin Konstitutsiyasi, deb ham ataladi. Sababi, shu yo‘lboshchilar
Konstitutsiya qabul qilishda yetakchi rol o‘ynagan.
Konstitutsiyaga
o‘zgartirish
kiritish
tartibiga
qarab,
konstitutsiyalar
«yumshoq» va «qattiq» konstitutsiyalarga bo‘linadi. «Yumshoq» konstitutsiyaga
o‘zgartirish kiritish tartibi oddiy qonunga o'zgartirish kiritish tartibiga o‘xshash
bo‘ladi.
«Qattiq» konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishda murakkab tartib o‘rnatilgan.
Masalan, shunday taklif tushgandan so‘ng muhokama uchun ma’lum vaqt
ajratiladi, o‘zgartirish kiritish uchun mutlaq ko‘pchilik
ovozi talab etiladi, agar
Konstitutsiya federativ davlat Konstitutsiyasi bo‘lsa, o‘zgartirishni federatsiya
subyektlari ham ma’qullashi talab etiladi.
AQSh Konstitutsiyasini haqiqatan qattiq konstitutsiya desa bo‘ladi. Uning
qabul qilinganligiga 230 yildan ortiq o‘tgan vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, unga bor
yo‘g‘i 27 ta qo‘shimcha kiritilgan, uning ham 10
tasi dastlabki ikki yilda -
1787-89-yillarda amalga oshirilgan.
Rossiya Konstitutsiyasi ham qattiq Konstitutsiya hisoblanadi. 0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish uchun oddiy qonunlarga nisbatan ancha
murakkab tartib o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, konstitutsiyalarni vaqtincha va doimiy konstitutsiyalarga
bo‘lish mumkin. Vaqtincha konstitutsiyalar o‘tish davrida, ko‘pincha davlat
to‘ntarishlaridan keyin qabul qilinadi va ma’lum vaqt faoliyat ko‘rsatadi.
Doimiy
konstitutsiyalar muddati yo‘q, uzoq vaqt davomida amalda bo‘ladi. AQSh
Konstitutsiyasi hozir to‘rt asr yuzini ko‘rgan eng keksa konstitutsiyadir.
Shunday qilib, Konstitutsiya: yozilgan va yozilmagan; hadya qilinmagan
(legitim usulda qabul qilingan) va hadya qilingan (oktroir); qattiq va yumshoq;
vaqtincha va doimiy turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: