O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«A sosiy Q on u n im iz xalq im iz uzoq y illa r orzu q ilg a n m illiy



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«A sosiy Q on u n im iz xalq im iz uzoq y illa r orzu q ilg a n m illiy
m u sta q illig im iz va rivojlan ish y o iim iz , in so n huquq va erk in lik la ri
k a fo la tla rin i b elg ila b berdi. To‘la ish o n ch b ila n a y tish m u m k in k i,
0 4zbekiston 
R esp u b lik a sin in g
K o n stitu tsiy a si 
x a lq im iz 
siyosiy-
huquqiy ta fa k k u rin in g yu k sak n a m u n a sid ir» 1.
3 -§ . K on stitu tsiy a n in g p rin sip la ri va x u su siy a tla r i
Har qanday mamlakat Konstitutsiyasining mohiyati, vazifasi, xususiyatlari 
uning prinsiplari orqali ma’lum bo‘ladi.
Prinsip Konstitutsiyaning mohiyati, yuridik tabiatiga ta’sir qiladigan, ularni 
aks ettiradigan asosiy g ‘oyalardir.
Ko‘p hollarda, mamlakatimizda amal qilayotgan «Konstitutsiyaviy huquq» 
darsliklarida ham «konstitutsiyaning prinsiplari» konstitutsiyaviy prinsiplar bilan 
bir narsa deb qaralib, chalkashtirib yuboriladi.
1 M irziyoyev Sh. Xalqim izning roziligi bizning faoliyatim izga berilgan en g oliy bahodir. - Т.:
« 0 ‘zbekiston*, 2018. 2-tom , 4-bet.
28


Konstitutsiyamizning birinchi bo‘limi «Asosiy prinsiplar» deb nomlanganligi 
uchun uning har bir bobi - «Davlat suvereniteti», «Xalq hokimiyatchiligi», 
«Konstitutsiya va qonunning ustunligi», «Tashqi siyosat» - Konstitutsiyaning 
prinsiplari sifatida bayon qilinadi1.
Aslida, bular konstitutsiyaviy-huquqiy institutlar bo‘lib, ulardagi normalar 
shu institutlarning, aniqrog‘i, konstitutsiyaviy tuzumning prinsiplaridir. Shuning 
uchun, konstitutsiyaviy prinsip - bu konstitutsiyada mustahkamlangan va 
konstitutsiyaviy-huquqiy institutlarning prinsiplaridir. Konstitutsiya prinsipi esa, 
konstitutsiyani xarakterlovchi, mohiyati, vazifasi, yuridik tabiatini, maqsadini 
belgilovchi asosiy g‘oyalar hisoblanib, ular Konstitutsiyaning o‘zida aniq yozilgan 
bo‘lishi shart emas. Masalan, «insonparvarlik» prinsipini konstitutsiyaning 
barcha qoidalarida his qilish mumkin.
Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bir-biri bilan bog‘liq, bir-birini to‘ldiruvchi, 
davom ettiruvchi g‘oyalardan iborat bo‘lib, ular barcha demokratik davlatlar 
konstitutsiyalariga xos bo‘ladi va shuning uchun ular 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasiga 
ham xosdir. Shuning uchun, konstitutsiyaning asosiy prinsiplarini 0 ‘zbekiston 
Konstitutsiyasi misolida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Asosiy 
qonunimizning prinsiplari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
Demokratizm prinsipi. Demokratiya insoniyat tarixida vujudga kelgan va unga 
barcha xalqlar bab-baravar intiladigan tartibotdir. Demokratiya uzoq vaqt davomida 
shakilanadigan, o‘zida xalqlarning qadriyatlarini mujassamlagan, ko‘pchilik uchun 
mos va qulay tartib hisoblanadi. Demokratizm ana shu tartibning (demokratiyaning) 
hayotda qo‘llanilishi mexanizmidir. Demokratiya deganda, xalq hokimiyatchiligi 
tushunilsa-da, uning mazmuni ancha keng. Demokratizm mavjud bolganda xalq 
suvereniteti - xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi amalga oshishi mumkin. 
Shuning uchun, demokratizm 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining barcha prinsip va 
qoidalariga singdirilgan yoki boshqacha qilib aytganda, demokratizm Konstitutsiya 
normalari orqali qonuniy mustahkamlangan. Konstitutsiya jamiyatda fikrlar xilma- 
xilligi uchun asos bo‘ladi.
Konstitutsiyamizning demokratik xarakterini, u demokratizm g‘oyalariga 
suyanganligini 
Konstitutsiyaning muqaddimasidan 
ham 
bilish 
mumkin. 
Demokratizm prinsipining mavjudligi Konstitutsiyaning boshqa prinsiplari 
mavjud bo‘lishini belgilab beradi.
Insonparvarlik prinsipi. Inson, uning huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr- 
qimmati, manfaati masalasini belgilash Konstitutsiyaning asosiy prinsiplaridan 
hisoblanadi. Konstitutsiyamizda insonning huquq va erkinliklari, sha’nining 
oliy qadriyat deb belgilanishi, uning insonparvarlik xarakterini ko‘rsatadi. 
Insonparvarlik g ‘oyasi Konstitutsiyadagi asosiy g‘oya bo‘lganligi sababli, uni 
Konstitutsiya prinsipi deyish mumkin. Konstitutsiyada insonning manfaatlari

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin