O. T. Husanov konstitutsiyaviy



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«K onstitutsiya 
o4z in in g
tub 
m ohiyati, 
falsafasi,
g 4oyasiga ko*ra y a n g i hujjatdir. U nda kom m unistik m afkura, sin fiylik,
p a rtiy a v iy lik d a n asar ham yo‘q»1.
Hozirgi kunda, hatto, ayrim guruh yoki sinf o‘z hukmronligini o‘rnatgan 
vaqtda ham, demokratik jamiyat uchun xos bo‘lgan, umume’tirof etilgan 
qadriyatlardan boshqa, yangi narsani taklif qilishni tasavvur qilish qiyin. Shuning
1 Karimov I.A. 0 ‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. - Т.: « 0 ‘zbekiston», 1992. 37-bet.
27


uchun o‘rnatiladigan tuzum, u qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, hukmronlar 
tomonidan demokratik deb e’lon qilinadi, hatto o‘zi avtoritar yoki totalitar bo‘lsa 
ham. Ular hech qachon nodemokratik konstitutsiyalar qabul qilishga tavakkal 
qilmaydi. Mamlakatda kelishuv faqat hokimiyat mexanizmini yaratishda bo‘lishi 
mumkin. Inson huquq va erkinliklarini (bu konstitutsiyaning asosiy maqsadi) 
aniqlashda kelishuv bo‘lishi mumkin emas.
Totalitar tuzum va demokratik tuzumdagi davlatlarning konstitutsiyalari 
bir-biridan farq qiladi. Totalitar tuzum davlatlari konstitutsiyalarida davlatning 
rahbarlik roli konstitutsiyaning o‘zida ko‘rsatib qo‘yiladi va hukmron partiyaning 
g ‘oyaviy ko‘rsatmalari ta’siri iqtisodiy va siyosiy tizimga to‘la tatbiq qilinadi. Shu 
asosda mafkura, g ‘oya asosiy qonun darajasiga ko‘tariladi.
Demokratik jamiyatda esa, uning aksidir. Bu jamiyat hamma sohada davlat 
boshqaruviga, rahbarligiga muhtoj emas. Bu jamiyatda konstitutsiya davlatga 
jamiyatni himoyalash vazifasini yuklaydi.
Bunday jamiyatdagi konstitutsiyalarda davlatning jamiyatni himoyalash, 
fuqaro mas’uliyatini himoyalash vazifasi aniq belgilab qo‘yiladi.
Konstitutsiyalar muqaddima qismining mavjudligi bilan ham boshqa 
qonunlardan farq qiladi. Muqaddima tantanali - deklarativ xarakterdagi 
ta’kidlardan iborat bo‘lib, ular yuridik kuchga ega emas. Muqaddimada davlatning 
maqsad va vazifalari, davlatchilikda qabul qilinadigan, tayaniladigan qadriyatlar, 
xalq va kelajak avlod oldidagi mas’uliyat belgilanadi. Bu g ‘oyalar keyinchalik 
turli ko‘rinish va shakllarda konstitutsiya normalarida o‘z aksini topadi. Shuning 
uchun ham, konstitutsiyalarga ta’rif berilganda, Konstitutsiya qo‘lga kiritilgan 
yutuqlarni, mavjud ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlovchi hujjat bo‘lib 
qolmay, maqsad va vazifalarni belgilovchi hujjat hamdir, deb ta’riflanadi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin