O. T. Husanov konstitutsiyaviy


Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-J. - Т.: « 0 ‘zbekiston*, 1996. 93-bet



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-J. - Т.: « 0 ‘zbekiston*, 1996. 93-bet.
2 M irziyoyev Sh. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulu g‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. (kirill
alifbosida). T. « 0 ‘zbekiston», 2019. 3-tom, 66-bet.
26


AQSh Konstitutsiyasi to‘rt asr yuzini koVgan Konstitutsiyadir. U qabul qilingan 
1787-yildagi sharoit va jamiyat taraqqiyoti XX asr oxiridagi va hozirgi sharoitdan 
mutlaqo farq qiladi. AQSh Konstitutsiyasi, shundan kelib chiqib, faqat hokimiyatga 
bog‘liq masalalarnigina hal qilgan. Keyingi kiritilgan qo‘shimchalargina inson 
huquqlariga taalluqli bo‘lgan. Shuning uchun AQShning Konstitutsiyasini sof 
davlat (jamiyat emas) Konstitutsiyasi va huquqiy hujjati, desak bo‘ladi. Angliyada 
esa hozirgacha yozilgan, ya’ni yagona shakldagi Konstitutsiya yo‘q.
Shuning uchun ularning konstitutsiyalariga nisbatan keyingi davrda qabul 
qilingan konstitutsiyalarga ishlatiladigan ta’rifni qo‘llab bo‘lmaydi. Ikkinchi jahon 
urushidan keyingi mustamlakachilik tuzumining yemirilishi natijasida vujudga 
kelgan davlatlar, Sovet Ittifoqi tarqalib ketishi natijasida vujudga kelgan mustaqil 
davlatlar konstitutsiyalarining tartibga solish doirasi nihoyatda kengaytirildi, bu 
Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga yangicha ta’rif berishga asos bo‘ladi.
Lekin 
«Konstitutsiya» 
tushunchasiga 
beriladigan ta’riflarda, 
albatta, 
uning fuqaro va shaxs huquqiy holati, erkinligining kafolati ekanligi, davlat 
hokimiyatini demokratik tashkil qilish hokimiyatlar bo‘linishi prinsipida bo‘lishi, 
xalq suvereniteti saylab qo‘yiladigan vakillik organlari orqali amalga oshirilishi, 
konstitutsiya erkinlik va hokimiyat munosabatida mutanosiblik bo‘lishini 
ta’minlashi o‘z ifodasini topishi kerak.
Markscha-lenincha konstitutsiyaviy ta’limotga asosan, konstitutsiyaning 
mohiyatini sinfiy kurashdagi sinfiy kuchlar nisbati belgilar edi. Bu ularning 
asosiy ta’limotida jamiyatning sinflarga bo‘linishi, albatta, hukmron sinfning 
mavjud bo‘lishi, ularning irodasi hamma narsani belgilashi, boshqalarning shu 
irodaga bo‘ysunishga majburligi haqidagi ta’limotlariga mos edi.
U ta’limotda hokimiyat kimgadir (qandaydir) guruhga tegishli bo‘lishi qat’iy 
e’tirof etilar, bu narsa yashirilmas edi.
Hozirgi demokratik jamiyatlarda hokimiyat mexanizmi bu kelishuvchilikdir 
(sheriklik), chunki jamiyatda siyosiy kuchlar turli-tuman bo‘lib, hokimiyat uchun 
kurashuvchi subyektlar soni cheklanmagan. Hokimiyatdagi kelishuvchilik (sheriklik) 
istalmasa-da, ixtiyoriylik asosida bo‘lib, umumiy maqsadga erishishda manfaatdorlik 
bo‘lishidan, hokimiyat va erkinlik masalasini qonun asosida hal qilish zarurligidan 
vujudga keladi. Shuning uchun hozirgi konstitutsiyalar, hatto eng kuchli bo‘lsa ham, 
ayrim, ijtimoiy sinflarning manfaati uchungina xizmat qila olmaydi.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi sinfiylikdan xoli, xalq manfaatini ifoda etuvchi 
konstitutsiyadir. 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin