ustuvorligining belgilanganligi, huquq va erkinliklarni ta’minlashda
davlat
mas’uliyatining belgilanganligi ham shu prinsipning ta’siridir. Mamlakatda
yashovchi barcha fuqaro, millat va elatlar tengligining o‘rnatilishi, biror-bir kishi
imtiyozga ega bo‘lmasligi, yordamga muhtoj toifadagi kishilarning huquqlari
davlat tomonidan alohida himoya qilinishi, ayollarning erkaklar bilan teng
huquqliligining o‘rnatilishi Konstitutsiyaning insonparvarligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning ustunligi prinsipi. Bu prinsip Konstitutsiyaning oliy
yuridik kuchga ega rasmiy hujjat ekanligidan kelib chiqadi. Davlat o‘z faoliyatini
Konstitutsiya prinsiplari va qoidalari asosida tashkil etadi.
Shuningdek, barcha
davlat organlari, tashkilot, korxona, muassasa, jamoat birlashmalari, fuqarolar,
mansabdor shaxslar Konstitutsiya asosida faoliyat yuritadi.
0 ‘zbekistonda amal qiladigan birorta ham normativ hujjat Konstitutsiyaga zid
bo‘lmasligi kerak, zidlik holatlari vujudga kelsa, Konstitutsiya normalari amal qiladi.
Konstitutsiyaning ustunligi yana Konstitutsiya
normalari boshqa huquqiy
hujjatlarning yaratilishi uchun asos bo‘lishida ham ko‘rinadi.
Konstitutsiyaning
kelajak
maqsad,
rivojlanishni
ko'zlashi
prinsipi.
Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni maqsad
qilib qolmay, u kelajakdagi vazifalarni ham belgilashi mumkin. Konstitutsiyaning
muqaddimasida belgilangan kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni
anglash, insonparvar demokratik davlatni barpo etishni ko‘zlash kabi da’vatlar va
ta’kidlar Konstitutsiyaning muhim g‘oyalaridir. Bu maqsadlar Konstitutsiyaviy
tartibda asoslantirilgan.
Konstitutsiya normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi prinsipi. Konstitutsiya
normalari oliy yuridik kuchga ega bo‘lishi bilan birga, ular to‘g ‘ridan-to‘g‘ri amal
qiladi. Yoki boshqacha qilib aytganda, uning normalarini hayotga tatbiq qilish
uchun (Konstitutsiyaning o‘zida shu talab ko‘rsatilmagan bo‘lsa) qo‘shimcha
maxsus qonunlar yoki qonun osti hujjatlar qabul qilish shart emas.
Ayrim
adabiyotlarda
ko‘rsatilayotgan
boshqa
bir
qancha
prinsiplar
Konstitutsiyaning prinsiplari bo‘lmasdan, boshqa Konstitutsiyaviy institutlarning
prinsiplaridir.
Masalan,
davlat
bilan
fuqaro
o‘zaro
mas’ulligi
prinsipi
Konstitutsiyaviy prinsip bo‘lib, unda fuqaro manfaatining ustunligi ta’minlanadi,
xalq
suvereniteti prinsipi, hokimiyat bo‘linishi prinsipi davlat hokimiyatini tashkil
etishning konstitutsiyaviy prinsipidir yoki Konstitutsiyaning 17-moddasidagi
prinsiplar davlatning tashqi siyosat olib borish prinsipi hisoblanadi. XXII bobdagi
prinsiplar esa, sud va sudlov prinsiplari hisoblanadi.
Konstitutsiya masalasini o‘rganishda konstitutsiyalarning xususiyatlarini
aniqlash muhim masaladir. Xususiyatlar umumiy, ya’ni umuman konstitutsiyaga
tegishli yoki alohida, ya’ni ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalariga tegishli
bo‘lishi mumkin. Konstitutsiyaning xususiyatlari orqali uning yuridik tabiati
ochiladi. Konstitutsiyalarning xususiyatlari uning huquq tizimidagi alohida o‘rni,
ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish mexanizmida aks etadi.
Bu xususiyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin.
30
1. Konstitutsiya maxsus subyektlar tomonidan alohida
tartibda qabul qilinadi
(legitimlik).
2. Konstitutsiya normalari ta’sis etuvchi, rahbariy ahamiyatga ega bo‘ladi.
3. Konstitutsiyaning tartibga solish doirasi keng va xilma-xildir.
4. Konstitutsiya kelajak maqsadni ko‘zlaydi.
5. Oliy yuridik kuchga ega, alohida tartibda qabul qilinadi va muhofazalanadi.
6. Huquq tizimi poydevori hisoblanadi.
1. Konstitutsiyalar, odatda, xalq nomidan yoki uning vakillari nomidan
qabul qilinadi. Konstitutsiya bevosita xalq nomidan referendum orqali (Rossiya
Konstitutsiyasi) yoki alohida, maxsus, faqat shu maqsadda tashkil qilinadigan
organ (Germaniya Konstitutsiyasi) yoki Qonunchilik organi - Parlament
( 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi) tomonidan qabul qilinadi.
2. Konstitutsiya normalari ta’sis etuvchi kuchga ega. Konstitutsiya
konstitutsiyaviy tuzum asoslarini belgilaydi, bular
shaxsning huquqiy holati
asoslari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, uning prinsiplari bo‘lib, shunday
normalar boshqa yuridik normalarni yoki munosabatlarni keltirib chiqaradi.
Jumladan, 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan «Xalq davlat hokimiyatining
birdan-bir manbaidir» degan qoida davlat hokimiyatining vujudga kelishi uchun
asos, ta’sis xarakteriga ega. Xuddi shuningdek, hokimiyatning bo‘linishi prinsipi
mustahkamlangan 11-modda, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati
oliy qadriyat ekanligi belgilangan 13-moddaning qoidalarida ham ta’sis
etuvchi
xususiyatni yaqqol ko‘rsa bo‘ladi.
3. Konstitutsiyaning tartibga soluvchi predmeti doirasining kengligi uning
yuridik xususiyatlaridan biri sifatida ko‘rsatiladi. Boshqa turli qonunlar alohida
bir ijtimoiy munosabatni tartibga solsa (masalan, mehnat huquqi - mehnat
munosabatlarini, moliya huquqi - moliya munosabatlarini), Konstitutsiyaviy
huquq tartibga soladigan munosabatlar doirasi turli-tumandir. Masalan, u shaxs
huquqiy holatini ham, hokimiyatni tashkil etish va faoliyatini ham, siyosiy,
iqtisodiy munosabatlarni ham tartibga soladi.
4. Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan
cheklanmay, unga da’vat ko‘rinishida bo‘lsa ham, kelajak maqsadlar belgilanadi.
Masalan, 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi muqaddimasida «demokratik huquqiy
davlat barpo etish» maqsadi ko‘rsatilgan.
5. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga egaligi, ustuvorligi uning muhim
xususiyatidir. Yuqorida tilga olingan 4 ta xususiyatning o‘zi ham Konstitutsiyaning
oliyligini ko‘rsatadi. Konstitutsiya barcha qonunlardan yuqori turadi, uning
normalariga boshqa qonunlar zid bo‘lmasligi kerak. Konstitutsiyaning oliyligi,
ustunligi uni qabul qilish va unga o‘zgartirish kiritish alohida tartibda
o‘rnatilganligida ham ko‘rinadi. Boshqa qonunlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan
qabul qilinsa, Konstitutsiya mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Konstitutsiyani himoyalash, muhofaza
qilishning alohida tartibi, mexanizmi
o‘rnatiladi. Buning uchun hokimiyat tizimida maxsus organlar tuziladi. Masalan,
31
Konstitutsiyaviy sud. Uning asosiy vazifasi Konstitutsiyani muhofaza qilish
hisoblandi.
6.
Konstitutsiyaning huquq tizimi poydevori bo‘lishi masalasi keyingi
bandlarda batafsil yoritiladi.
Har bir Konstitutsiya alohida mamlakatda vujudga keladi. Uning vujudga kelish
sharoitlari har xil bo‘lishi mumkin. Milliy qadriyatlar, xalq o‘tmishi, madaniyati,
tili ham konstitutsiyalarda aks etadi. Shuning uchun har bir mamlakatning
konstitutsiyasi yuqoridagi yuridik xususiyatlarga zid bo‘lmagan holda, maxsus
xususiyatlarning bo‘lishini ham taqozo etadi. Bu xususiyatlar mavjud
masalalarning
mohiyatini buzmagan holda turlicha belgilanishda, talqin qilinishda ko‘rinadi.
Konstitutsiyalarning tuzilishida ham alohida xususiyatlar uchrashi mumkin.
Masalan,
ayrim
mamlakatlarning konstitutsiyalarida
konstitutsiyaviy
tuzum asoslari alohida belgilangan (Rossiya Konstitutsiyasi). 0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari qatorida fuqarolar huquqlarining
kafolatlari, oila munosabatlarining alohida bobda ko‘rsatilganligi, saylov tizimi
uchun, mahalliy davlat hokimiyati uchun, prokuratura organlari uchun alohida
boblar ajratilganligini ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: