«...har qanday d avlatn in g K onstitutsiyasi unda yashovchi x a lq n in g irod asin i, ruh iyatini, ijtim oiy ongi va m ad aniyatin i aks ettiradi»2, - degan
so‘zlari ham ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun Konstitutsiyamizda uning o‘ziga
xos jihatlari ham bo‘lishi tabiiydir. Konstitutsiyamizning o‘ziga xos jihatlari,
eng avvalo, unda tarixiy davlatchiligimiz tajribasi va milliy qadriyatlarimiz aks
etganligi va Konstitutsiyaga milliy ma’naviyatimiz, madaniyatimiz, axloqimiz
singdirilganligidan kelib chiqadi.
Konstitutsiyamizda davlat o‘z faoliyatini ijtimoiy adolat va qonuniylik
prinsiplari asosida olib borishining belgilanishi (14-modda) o‘zbek davlatchiligi
adolatga tayanishi, uni ro‘yobga chiqarishga intilish an’ana bo‘lib qolganligidandir.
Davlat boshqaruvida mahalliy miqyosda hokim instituti mustahkamlanganligi,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruvida mahalla asosiy makon deb olinishi tarixiy
davlatchilik tajribasiga murojaat qilinganligidan dalolat beradi (99, 101, 102,
103, 104, 105-moddalar).
Oila munosabatlarining Konstitutsiyada belgilanishi ham qadriyatlarimizni
asrab-avaylashga qaratilgan maqsad ifodasidir. Konstitutsiyamizda bitta bob
(XIV bob) «Oila» deb nomlangan. Konstitutsiyaning tegishli moddalarida oila
jamiyatning asosiy bo‘g ‘ini hisoblanib, jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lishi,
voyaga yetgunga qadar farzandlarni tarbiyalash va boqishdagi ota-ona majburiyati,
voyaga yetgan farzandlarning ota-ona oldidagi majburiyati belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, Konstitutsiya qabul qilinishida o‘zbek davlatchiligi rivojining
tarixiy tajribasiga tayanilganlik va ijtimoiy adolatga sadoqatni namoyon qilish
Konstitutsiya muqaddimasida bayon qilingan.
5 -§ . K o n stitu tsiy a n in g tu z ilish i Konstitutsiya - davlatning asosiy qonuni. Shuning uchun u o‘ziga xos
tuzilishga ega. Konstitutsiya tuzilishi - Konstitutsiyada o‘z o‘rnini topadigan
normalarning maqsad hamda vazifalariga qarab turkumlash va ularning
ahamiyatiga qarab ketma-ketlikda joylashuvidir.