O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 -§ . K o n stitu tsiy a m izg a o‘zg a rtirish va q o ^ h im ch a la r k iritish



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

6 -§ . K o n stitu tsiy a m izg a o‘zg a rtirish va q o ^ h im ch a la r k iritish
zaru rati ham da ta rtib i
Jamiyat rivoji, barqarorligi konstitutsiyaga, uning barqarorligiga bog‘liq. 
Konstitutsiya, avval qayd qilganimizdek, eng muhim .va asos hisoblanuvchi 
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Bu munosabatlar boshqa munosabatlarga 
nisbatan barqaror, uzoq yashovchi, tez-tez o‘zgarishga muhtoj bo‘lmagan 
munosabatlar hisoblanadi. Shuning uchun ham konstitutsiyalar boshqa 
qonunlarga nisbatan kam o‘zgarishlarga uchraydigan qonundir.
48


Lekin hayot doimo o‘zgarishga, ilgari yurishga moyil ekanligini inobatga 
oladigan bo‘lsak, asosiy ijtimoiy munosabatlar ham o‘zgaradi, ularni yangicha 
tartibga solish zarurati, turli davrdagi sharoitning xilma-xilligi konstitutsiyaga 
ham o‘zgartirish kiritish zaruratini vujudga keltiradi.
0 ‘zbekistonning rivojlanishi, unda olib borilayotgan islohotlar, albatta, 
ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Davlat qurilishi va 
boshqaruvi sohasida olib borilayotgan islohotlar esa, hokimiyat tuzilmalari 
tarkibi, faoliyatini takomillashtirish, hokimiyat tizimi bo‘linishi prinsipini yanada 
chuqurlashtirish, uning natijasida vakolatlarni yanada aniq belgilash zaruriyatini 
tu g ‘dirmoqda. Demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi, erkinlashtirish siyosati 
davlat boshlig‘i maqomida o‘zgarishlar bo'lishini, uning davlat boshlig‘i sifatidagi 
maqomini kuchaytirib, ijro hokimiyati tarkibidan chiqarishni, ayrim vakolatlarni 
Parlamentga, hukumatga o‘tkazish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Jamiyatda 
siyosiy hayotning rivojlanishi shu jarayonda ishtirok etuvchilarning faolligiga 
bog‘liq, bu avvalo, siyosiy partiyalar rolini oshirishni taqozo etadi. Bu ham 
Konstitutsiyaga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etdi. Demokratik 
talablarni belgilash, jahon davlatchiligi tajribasidagi ijobiy jihatlarni olishga 
intilish ham Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritilishiga olib kelishi mumkin.
0 ‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham 
shu asosda amalga oshirildi.
Konstitutsiyaga birinchi o‘zgartirish 1993-yilda kiritilib, unga asosan Oliy 
Kengash deputatlariningsoni 150 nafar bo'lishi haqidagi norma chiqarib tashlandi 
va qonunlarda deputatlar soni 250 nafar bo‘lishi belgilab qo‘yildi.
Konstitutsiyamizga eng katta va salmoqli o‘zgartirish 2003-yil 24-aprelda 
kiritildi. Buning asosi va sababi 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum 
natijalari bo‘ldi. Referendum natijasida xalq parlamentning ikki palatali bo‘lishi 
va Prezident vakolatini 5 yildan 7 yilga o‘zgartirishni ma’qulladi. Shu asosda 
«Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy 
prinsiplari to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi1. Qonunning 
birinchi moddasida: «Ushbu Qonun 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
moddalariga o‘zgartirish kiritish uchun asos bo‘ladi», — deb mustahkamlab qo‘yildi.
Shu asosda Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartirish 
va qo‘shimchalar kiritildi. Ularning natijasida, «Prezident bir vaqtning o‘zida 
Vazirlar Mahkamasi Raisi bo‘ladi», - degan qoida bekor qilindi, uning vakolat 
muddati 5 yildan 7 yilga o‘zgartirildi, ayrim vakolatlari Senatga o‘tkazildi;
- parlament ikki palatali tizimda (quyi va yuqori palata) tashkil qilindi. 
Senatni shakllantirish tartibi, uning vakolatlari, Qonunchilik palatasi vakolatlari, 
ularning birgalikdagi vakolatlari mustahkamlandi;
- Vazirlar Mahkamasini shakllantirish, uning ishida Prezident ishtiroki 
masalalari yangicha hal qilindi;

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin