«Fuqarolik» bobida fuqarolikka ega bo‘lish asoslari, fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar va chet el fuqarolarining huquqlari belgilangan. Konstitutsiyaning
alohida-alohida boblarida fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
huquqlari hamda erkinliklari, huquq va erkinliklarining kafolatlari va
fuqarolarning burchlari belgilangan.
Konstitutsiyaning uchinchi bo‘limi «Jamiyat va shaxs» deb nomlangan.
Uning boblarida jamiyatning iqtisodiy negizlari, ya’ni, 0 ‘zbekistonda bozor
munosabatlari o‘rnatilishi, iqtisodiyotning negizini xilma-xil shakldagi mulk
tashkil etishi, xususiy mulk daxlsiz ekanligi, u davlat himoyasida bo‘lishi,
iste’molchi huquqi ustuvorligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat faoliyati
erkinligi, umummilliy boyliklar doirasi va ulardan foydalanish, ularni muhofaza
qilish belgilangan. «Jamoat birlashmalari» bobida jamoat birlashmalari tizimi
(turlari), qanday jamoat birlashmalari tuzish mumkin ekanligi, davlat va
jamoat birlashmalari o‘zaro munosabatlarining huquqiy asoslari, siyosiy partiya
va kasaba uyushmalarining asosiy vazifalari, jamoat birlashmalarini tarqatib
yuborish yoki faoliyatini cheklash tartibi, dinga munosabat tartibga solingan.
To‘rtinchi bo‘lim «Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi» deb nomlangan, unda
mamlakatimiz ma’muriy-hududiy tuzilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining
huquqiy holati alohida-alohida boblarda belgilangan.
Konstitutsiyaning eng yirik beshinchi bo‘limi «Davlat hokimiyatini tashkil
etish» deb nomlangan va u XVIII-XXVI boblarni o‘z ichiga olgan.
« 0 ‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi» (XVIII bob), «O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti» (XIX bob) boblarida ularni saylash tartibi, vakolatlari,
o‘zaro munosabatlari asoslari belgilangan. «Vazirlar Mahkamasi» (XX) bobida,
«Mahalliy davlat hokimiyati asoslari» (XXI) bobida, « 0 ‘zbekiston Respublikasining
sud hokimiyati» (XXII) bobida tegishli organlarni tashkil etish tartibi, prinsiplari,
vazifalari, sud hokimiyati, mahalliy hokimiyat tizimi mustahkamlanib qo‘yilgan.
XXIII bob 0 ‘zbekistonning saylov tizimi, fuqarolarning saylov huquqi prinsiplarini
o‘rnatgan bo‘lsa, XXIV bob Prokuratura organlarining Konstitutsiyaviy maqomini
belgilaydi. Konstitutsiyaning XXV bobi moliya va kredit masalalarini, XXVI bobi
mudofaa va xavfsizlik masalalarini belgilagan.
Konstitutsiyaning oxirgi oltinchi bo‘limi (u boblarga bo‘linmagan, faqat ikki
moddadan iborat) «Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi»ga bag‘ishlanadi.
Dostları ilə paylaş: