O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. Davlat va fuqaro munosabatlari



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

3-§. Davlat va fuqaro munosabatlari
Davlat va fuqaro munosabati davlatchilik tarixida markaziy masalalardan 
biri bo‘lib kelgan. Davlat va fuqaro munosabatini qanday tashkil qilishga davlat 
kim ning manfaatini himoya qilishi, kimning irodasini ifoda etishi hal qiluvchi 
omil bo‘lib xizmat qilgan.
Davlat va fuqaro munosabati davlat suverenitetiga nima aloqasi bor, degan 
savol tu g ‘ilishi mumkin.
Aytish 
mumkinki, 
bu 
munosabatni qanday tashkil qilishga davlat 
suverenitetining to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri aloqasi bor. Faqat davlat suveren davlat 
bo‘lgandagina fuqarolar bilan o‘zi xohlagancha, manfaatlar mutanosibligi asosida 
munosabatni o'rnatishi mumkin.
Bundan tashqari, suverenitet faqat davlat suvereniteti bilan cheklanmaydi, 
xalq suvereniteti ham mavjud bo‘lib, bu orqali xalq o‘z irodasini amalga oshirish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Konstitutsiyaning 2-moddasida davlat xalq irodasini ifoda etishi, uning 
manfaatlariga xizmat qilishi qonuniy mustahkamlab qo‘yilgan. Bu qoida davlat va 
fuqaro munosabatini tashkil etishda asosiy prinsip hisoblanadi. Konstitutsiyaning 
barcha davlat va fuqaro munosabatlariga taalluqli qoidalari, normalari shu qoidaga 
mos kelib, uni ro‘yobga chiqarishga qaratiladi. Masalan, Konstitutsiyaning 
42-moddasidagi: «Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga 
g ‘amxo‘rlik qiladi», 43-moddasidagi: «Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va 
qonunlarda m ustahkam langan huquqlari va erkinliklarini ta ’minlaydi» yoki 
53-moddadagi: «Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib...», 
degan qoida fuqaro manfaatini himoya qilishda davlat asosiy m as’ul ekanligini 
ko‘rsatadi.
Davlatning xalq irodasini ifoda etishi (xalq bu 0 ‘zbekiston fuqarolari), 
u ning m anfaatlariga xizm at qilishi, K onstitutsiyaning 2-moddasida yanada 
aniqlashtirilib, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar 
oldida m as’uldirlar, deb belgilab qo‘yildi. Sababi, davlat organlari (vakillik, ijro, 
sud) davlatning aniq vazifalarini hal qiladigan, shunga yarasha davlat tomonidan 
yetarli vakolatlar bilan ta’minlangan tuzilmadir. Xuddi shuningdek, mansabdor 
shaxslar ham davlat vakilidir. Davlat organlari va mansabdor shaxslar 
davlatning fuqarolar oldidagi m as’uliyatini amaliy jihatdan bajaradigan davlat 
vakilidir. Davlat juda keng tushuncha. Davlatning fuqarolar oldidagi mas’uliyati, 
umum iy m a’noda, deklarativ tushunchaga o‘xshab qoldi. Davlatning fuqarolar 
oldidagi m as’uliyati aniq usullar, mexanizmlar orqali hayotiy voqeaga aylanishi 
mumkin. Bu esa, davlat organlari va mansabdor shaxslarning fuqarolar oldida
61


m a s’uliyatining belgilanishi bilan davlat mas’uliyati ro‘yobga chiqarishini 
bildiradi.
0 ‘zbekiston Prezidentining 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin