2-§. 0 ‘zbekiston - respublika shaklidagi davlat
Konstitutsiyaning
1-moddasida:
« 0 ‘zbekiston
-
suveren
demokratik
respublika», deb qonuniy mustahkamlab qo'yilishi mamlakatimiz respublika
shaklidagi davlat ekanligini ko‘rsatadi.
U muman, dunyodagi barcha mamlakatlar, boshqaruv shakliga ko‘ra, ikki turda
bo‘ladi, ya’ni ayrim mamlakatlar monarxiya boshqaruvida, ayrim mamlakatlar
respublika boshqaruv shaklida mavjud. Boshqaruvning qaysi shaklini tanlash,
shu asosda yashash mamlakatlardagi xalqning xohish-irodasiga bog‘liq. Davlat
boshqaruvining respublika shakli monarxiyaga nisbatan keyinroq vujudga
kelgan bo‘lib, ko‘pincha monarxiya boshqaruv shakli xalq xohish-irodasiga to‘g ‘ri
kelmay qolgan, taraqqiyotga to‘sqinlik qilgan paytlarda respublika shakliga
o‘zgartiriladi. Masalan, Fransiya, Eron, Italiya avval monarxiya davlati bo‘lgan,
hozir esa respublikadir. Bu degani boshqaruvning monarxiya shakli yomon
(salbiy), respublika shakli yaxshi (ijobiy) degan xulosani keltirib chiqarmasligi
kerak. Chunki shunday monarxiya davlatlari borki, masalan, Angliya, Yaponiya,
Gollandiya, Shvetsiya va hokazolardagi demokratiya respublika davlatlaridan
kam emas.
M amlakatni monarxiya yoki respublika shaklidagi boshqaruv deb hisoblashga
eng birinchi va asosiy sabab, davlat boshlig‘ining qanday yo‘l bilan lavozimga
kelishidir. Monarxiya davlatlarida monarx-davlat boshlig‘i umrbodga, avloddan-
avlodga o‘tish asosida lavozimga kelsa, respublika shaklidagi davlatlarda davlat
boshlig‘i faqat saylov orqali va ma’lum muddatga lavozimni egallaydi. Saylov har
xil bo‘lishi mumkin, prezidentlar ayrim mamlakatlarda umumxalq tomonidan,
ayrim mamlakatlarda parlament tomonidan, ayrim mamlakatlarda maxsus
tashkil qilinadigan organlar tomonidan saylanadi.
Prezidentni monarxdan farqi u saylagan xalq, organ oldida mas’uliyatli bo‘ladi.
Davlat boshqaruv shaklida davlat boshlig‘ining lavozimga kelishi usulidan
tashqari, boshqa hokimiyat organlarining tashkil etilishi, shakllantirilishi
va faoliyati shakllari, hokimiyat tuzilmalarining bir-biri bilan munosabati o‘z
xususiyatlariga ega. Ya’ni ularga respublika yoki monarxiya shakli ta ’sir qiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyotini respublika boshqaruv shaklida
ko‘rdi va respublika boshqaruv shaklini Konstitutsiyada mustahkamladi.
Bu degani, O ‘zbekistonda davlat boshlig‘i Prezident bo‘lib, u ma’lum
muddatga, respublika fuqarolari tomonidan umumiy, to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri, teng
saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
Respublika boshqaruv shaklining bir necha turlari mavjud, ayrim manbalarda
u ning ikki turi1, ayrim manbalarda uch turi2 ko‘rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: