1991-yil 31-avgustda respublikamiz o‘z mustaqilligini e’lon qilgach, davlat
suverenitetiga ega bo‘ldi. Ya’ni mamlakat ichkarisida ham, tashqarisida ham
(tashqi faoliyatda) hech kimning roziligisiz, ishtirokisiz, ko‘rsatm asisiz har
qanday masalalarni hal qilish imkoniyati tu g ‘ildi. Bunga, eng avvalo, o‘zimiz
xohlagancha, o‘zimizga mos va milliy an’analarimiz aks etgan Konstitutsiyani
qabul qilganimiz misol bo‘ladi.
Konstitutsiya, eng avvalo, suverenitetning huquqiy asosi bo‘lib, davlat
suverenitetini qonuniy mustahkamladi. Konstitutsiyaning birinchi bobi «Davlat
suvereniteti» deb atalishi ham suverenitetning 0 ‘zbekiston uchun ahamiyati
yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning 1-moddasidagi « 0 ‘zbekiston - suveren demokratik
Respublika», degan prinsip normani 0 ‘zbekistonning kelajak hayotini belgilovchi
asos deyish mumkin. Bu qoida 0 ‘zbekistonning mustaqilligini o‘rnatadi,
mustaqillikning oliy maqsadi esa, eng avvalo, o‘zbek xalqining izzatini joyiga
qo‘yishdir. Mustaqiliik, suverenitet natijasida davlat faoliyatini yangicha qurish,
xalq manfaati yo‘lida xizmat qildirish imkoniyati vujudga keldi. Konstitutsiyaning
2-moddasida bu shunday ifodalanadi: «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning
manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va
fuqarolar oldida m as’uldirlar». Davlatning xalq manfaatlariga xizmat qilishiga
erishish demokratik jamiyat qurishda eng muhim shartdir.
Suverenitet natijasida 0 ‘zbekiston o‘zining milliy davlat va m a’muriy-hududiy
tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgiladi, ichki
va tashqi siyosatni amalga oshirish imkoniyati vujudga keldi (Konstitutsiyaning
3-moddasi). Ana shu imkoniyat tufayli 0 ‘zbekiston davlat boshqaruv shaklining
demokratik ko‘rinishi - respublika shaklini o‘rnatdi. Davlat vakillik hokimiyati
organlari tizimi: Oliy Majlis va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tizimini,
sud hokimiyati tizimini, ijro hokimiyati tizimini o‘rnatdi. Natijada, birinchi m arta
sud hokimiyatning mustaqil tarm og ‘i sifatida e’tirof etildi.
Prezidentlik boshqaruv shakli qonuniy mustahkamlandi, mahalliy miqyosda
«hokim» lavozimi joriy qilindi.
Keyingi vaqtlarda davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida erkinlashtirish
siyosati olib borilayotganligi, Parlament institutining rivojlantirilganligi, ikki
palatali parlamentga o‘tilganligi, hukum atning vakolatlari kengayayotganligi
0 ‘zbekistonning suverenitetga egaligi, uning natijasida ichki va tashqi
masalalarni mustaqil hal qilish huquqiga egaligi natijasidir.
Mustaqiliik va suverenitetning mazmun-mohiyati o‘xshash bo‘lsa-da, ularga
oid turli xil ta ’riflar mavjud. Eng lo‘nda, ishonarli va tushunarli ta ’rif Prezident
tomonidan berilgan ta ’rifdir. 0 ‘zbekiston Prezidenti mustaqillikni har tomonlama
his qilgan holda «Mustaqiliik bu - huquq demakdir» deb ta’rif bergan. Haqiqatan
ham, mustaqiliik 0 ‘zbekistonga, uning xalqiga keng imkoniyatlar va vakolatlar
berdi. Endigi masala ana shu vakolat va imkoniyatlardan to‘g ‘ri, vaqtida foydalana
bilish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: