Ikkinchi bo4lim
OZBEK ISTO N RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYAVIY
TUZUMI PRINSIPLARI
IV
bob. DAVLAT SUVERENITETI VA UNING
KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
l-§ . «Suverenitet» tu sh u n ch a si
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining birinchi bo‘limi «Asosiy
prinsiplar»
deb atalib, unda davlatning asoslari va konstitutsiyaviy tuzumning
prinsiplari mustahkamlangan. Mazkur bo‘lim 4 ta bobining har biri alohida
konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, ularning prinsiplarini mustahkamlagan.
Shuning uchun «Davlat suvereniteti», «Xalq hokimiyatchiligi», «Konstitutsiya
va qonunning ustunligi» va «Tashqi siyosat» konstitutsiyaning
prinsiplari
emas, konstitutsiyaviy prinsiplar yoki boshqacha aytganda, davlatning asoslari
hisoblanib, ularning har biri ma’lum prinsiplar asosida tashkil qilinadi. Bu
prinsiplar esa, shu boblarning tegishli moddalarida mustahkamlangan.
Konstitutsiyaning birinchi bo‘limi
1-bobi
«Davlat
suvereniteti»
deb
atalgan. Davlat suvereniteti, ayrim
mualliflar qayd qilganidek, prinsip emas,
davlatning asosi (tayanchi) hisoblanuvchi davlat-huquqiy institutidir. Ya’ni u
prinsipdan keng, boshqacha qilib aytganda, o‘zining prinsiplariga ega. Prinsipni
konstitutsiyaning birgina moddasida mustahkamlab qo‘yish mumkin bo‘lsa,
masalan, davlat hokimiyati tizimining bo‘linishi prinsipi (11-modda),
davlat
huquqiy institutlari bir nechta moddalarda mustahkamlanadi. Konstitutsiyaning
«Davlat suvereniteti»ga taalluqli 6 ta moddasi mavjud. Shunday qilib, suverenitet
institut bo‘lib, suverenitetni
hurmat qilish esa, prinsip hisoblanadi.
Umuman, suverenitet atamasi baynalmilal so‘z bo‘lib, fransuzcha so‘zdan
kelib chiqqan va «oliy hokimiyat» degan ma’noni beradi. Suverenitet
atamasi XVI asrdan beri shu ma’noda ishlatilib kelmoqda. Suverenitetning
«oliy hokimiyat, mustaqillik» degan tushunchasi fransiyalik J.
Boden tomonidan
ishlab chiqilgan Ьо‘ПЫ, u hozirgacha shu ma’noda barcha xalqlar davlatchiligida
ishlatib kelinadi. Ozodlik, mustaqillik uchun kurashlar «suverenitet» uchun
kurash bilan mustahkamlanib, xalqaro ahamiyat kasb etgan.
Suverenitet so‘zi davlat-huquqiy
masalalarda xalqqa, millatga va davlatga
nisbatan ishlatiladi. Davlat va mamlakat so‘zlari ko‘pincha aynan bir ma’noda
ishlatilgani uchun davlat suverenitetini mamlakat suvereniteti deb ham tushunish
Dostları ilə paylaş: