Konstitutsiyaga kiritilgan bu o‘zgartirishlarning ahamiyati, maqsadi,
mazmun-mohiyati haqida keyingi boblarda kengroq to‘xtalamiz.
Konstitutsiya asosiy qonun bo‘lganligi uchun, unga o‘zgartirish, qo‘shimchalar
kiritish alohida tartibda amalga oshirilishi Konstitutsiyaning o‘zida belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning oltinchi bo‘limi «Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish
tartibi», deb nomlangan va u ikki (127, 128-moddalar) moddadan iborat.
127-moddaga binoan 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgar-
tirishlar tegishincha 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki
qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun asosida yoki
referendum orqali kiritiladi. Oliy Majlisda oddiy qonunlarga o‘zgartirish kiritish
uchun oddiy ko‘pchilik ovoz bo‘lishi talab qilingan bo‘lsa, Konstitutsiyaga
o‘zgartirish kiritish uchun kamida uchdan ikki qism deputatlar va senatorlar
yoqlab ovoz berishi kerak.
Konstitutsiyamizning 128-moddasi o‘zgartirish kiritish tartibini kengroq
mustahkamlagan, unga asosan, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish taklifi Oliy
Majlisga kiritilgandan so‘ng, 6 oy mobaynida o‘zgartirish kiritish haqidagi taklif
keng muhokama qilinib, so‘ng qaror qabul qilinishi mumkin. Agar Oliy Majlis
o‘zgartirish kiritish taklifini rad etsa, bunday taklif bir yil muddatdan so‘ng
qayta kiritilishi mumkin.
Ayrim mamlakatlarda Konstitutsiyani o‘zgartirishning yanada murakkab
tartibi belgilangan. Rossiya Konstitutsiyasida kimlar Konstitutsiyaga o‘zgartirish
kiritish haqida taklif bilan chiqish huquqiga egaligi maxsus moddada (134-modda)
ko‘rsatilgan. Rossiya Konstitutsiyasining 135-moddasida, Konstitutsiyaning 1,
2, 3-boblari qoidalarini qayta ko‘rish (o‘zgartirish kiritish) mumkin emasligi
belgilangan. Bular: «Konstitutsiyaviy tuzum asoslari», «Inson huquq va
erkinliklari», «Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qayta ko'rish» boblaridir.
135-moddaning ikkinchi bandida agar Konstitutsiyaning shu boblariga
o‘zgartirish kiritishni, Federal Kengash (yuqori palata) va Davlat Dumasi (quyi
palata) a’zolarining beshdan uch qismi qo‘llasa, Konstitutsiyaviy qonunga binoan,
Konstitutsiyaviy kengash chaqiriladi. Konstitutsiyaviy Kengash yo Konstitutsiyani
o‘zgartirmaslikni, yo yangi Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishni hal qiladi.
Bu loyiha Konstitutsiyaviy Kengash a’zolarining uchdan ikki qismi ovozi bilan
qabul qilinadi yoki umumxalq ovoziga qo‘yiladi. Referendumda yarimdan ko‘p
saylovchilar ishtirok etib, ovoz berishda ishtirok etganlarning yarmidan ko‘pi
ovozi bilan ma’qullansa, Konstitutsiya qabul qilingan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: