ona tilini esdan chiqara boshladi. 0 ‘zbek tili davlat miqyosida emas, oilalardan
ham siqib chiqarildi.
S huning uchun Ittifoqning oxirgi yillarida ilg‘or fikrlovchi ziyolilar, demokratik
kuchlar o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish orqali o‘zbek tilining mavqeini
saqlab qolish uchun kurash olib bordi.
0 ‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish uchun kurash mustaqillik uchun
kurashning debochasi bo‘ldi. Natijada, 1989-yil 21-oktabrda «Davlat tili
to‘g ‘risida»gi
Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu
Ittifoq davrida mustaqillik uchun, suverenitet uchun qilingan eng katta harakat
edi. Shu paytdan boshlab o‘zbek tili rivojlanishining yangi bosqichi boshlandi.
Amaldagi Konstitutsiyamizning4-moddasida: «O‘zbekiston Respublikasining
davlat tili o‘zbek tilidir», - deb belgilandi. Bu qoida «Davlat suvereniteti»
bobida bejiz belgilanmadi. M a’lumki, davlat tiliga ega bo‘lish suveren davlatga
xos xususiyat. O ‘zbekistonning suveren davlat bo‘lishi, bir tomondan, o‘zbek
tilining ta ’minlanishi, rivojlanishiga imkon yaratsa, o‘z navbatida,
aniq tilning
(o‘zbek tilining) davlat tili maqomiga ega bo‘lishi suverenitetni ta ’minlovchi
vosita hisoblanadi. Suverenitet va davlat tili bir-biri bilan bog‘liq hodisadir
(kategoriyadir).
0 ‘zbek tilining davlat tili maqomiga ega bo‘lishi, birinchidan, barcha
qonunlar, qonun osti hujjatlari davlat tilida tayyorlanishini va amal qilishini
ta ’minlaydi. Bu narsa fuqarolarga qonunlarni yaxshi tushunish imkoniyatini
yaratadi. Ikkinchidan, barcha davlat idoralarida ish yuritish,
hujjatlarni tayyorlash
o‘zbek tilida olib borilishini ta ’minlaydi. Bu ham aholi ko‘pchilik qismining davlat
idoralarida o‘zi tushunadigan, biladigan tili orqali zarur ishlarda, tadbirlarda
ishtirok etishiga imkoniyat yaratadi. Uchinchidan, o‘zbek tilining davlat tili
hisoblanishi bu tilni boshqa millat vakillari tomonidan ham o'rganish zaruratini
vujudga
keltiradi, o‘zbek tili mamlakat doirasidan chiqib, boshqa davlatlar
hududida ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. 0 ‘zbekiston bilan aloqa qiluvchilar o‘zbek
tilini o‘rganishga e’tibor beradi.
Xalqaro munosabatlarda, anjumanlarda o‘zbek tilida ma’ruzalar qilish ham
0 ‘zbekiston suverenitetining to‘la ifodasi bo‘ladi.
0 ‘zbekiston demokratik jamiyat qurar ekan, taraqqiyotga xavf soluvchi
millatchilik va buyuk davlatchilik shovinizmining har qanday ko‘rinishlarini rad
etdi va bular mamlakatimizda hech qachon bo‘lmasligining choralarini ko‘rdi.
0 ‘zbekiston ko‘p millatli davlat hisoblanadi. M amlakatda yashovchi barcha millat
va elatlarning tengligini ta ’minlamay turib, barqarorlikka erishib bo‘lmaydi.
Millat va elatlarning tengligi faqat qonunlarda belgilab qo‘yish
bilangina emas,
amalda ta ’minlansa, ijobiy natija beradi. Millat va elatlarning jamiyat hayotida
tengligini ta ’minlashda ko‘plab vositalar mavjud bo‘lib, ular orasida barcha millat
va elatlarning, birinchidan, tillarini hurmat qilish va uning rivojlanishiga sharoit
yaratish, ikkinchidan, millat va elatlarning an’analarini hurmat qilish,
ularning
rivojlanishiga sharoit yaratish ta’sirli, kuchli va samarali vositadir.
65
M am lak atim izda turli (rus, qozoq, tojik, turkm an) tillarda o‘qish tashkil
qilingan m ak tab larn ing mavjudligi, turli tillarda ommaviy axborot vositalari
(jurnal, gazeta, eshittirishlar) faoliyat ko‘rsatishi buning amaliy ifodasidir. Faoliyat
ko‘rsatayotgan turli millatlarning milliy-madaniy markazlari, kamchilikni tashkil
etayotgani millatlarning milliy an’analari yo‘q bo‘lib ketmasligi,
ularning millat
sifatida yashab, rivojlanishiga yordam beradi.
Ayrim
sobiq
Ittifoq
respublikalari
(Boltiqbo‘yi
respublikalari)
kabi
0 ‘zbekistonda boshqa millat va elatlarning tili, urf-odatlarini cheklashga
qaratilgan hech qanday urinish yo‘q va bunday cheklashlarni qonun hujjatlarida
ham uchratmaymiz.
0 ‘zbekiston o‘z taraqqiyotini m amlakatda yashovchi barcha millatlarning
tengligi, milliy madaniyatining rivojlanishi natijasida ko‘radi.
0 ‘zbekistonning davlat suvereniteti, barcha millatlarning rivojlanishiga teng
imkoniyat yaratib bergan va bu Konstitutsiyada o‘z ifodasini topgan. « 0 ‘zbekiston
o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari,
urf-odatlari
va an ’analari hurm at qilinishini ta ’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit
yaratadi», - deyiladi Konstitutsiyaning 4-moddasida.
Respublikada yashovchi boshqa millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va
an’analarini hurm at qilish, ular haqida hech qanday cheklovchi qoidalar yo‘qligi
hamda ularni himoya qilish va rivojlanishiga olib keluvchi turli jarayonlarni
yaratish, tadbirlarni belgilash bilan amalga oshiriladi.
« 0 ‘zbek tili bayrami»ni qonun bilan mustahkamlanishi, tarixda birinchi
m arta BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida 0 ‘zbekiston Prezidenti o‘zbek
tilida nutq so‘zlashi o‘zbek tili maqomini yanada yuksak darajaga ko‘tardi.
Dostları ilə paylaş: