O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«Xalq davlat organlariga em as, davlat



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«Xalq davlat organlariga em as, davlat
organlari xalqqa xizm at qilishi kerak» 
degan da’vati va bu prinsip barcha 
bo‘g ‘indagi rahbarlar faoliyatida asosiy qoidaga aylanishi kerak degan so‘zlari, 
davlat, davlat organlari va mansabdor shaxslarning m as’uliyatini yanada 
kuchaytirishga qaratildi1.
Sobiq Ittifoq davrida qabul qilingan birorta konstitutsiyada davlatning, davlat 
organlari va mansabdor shaxslarning fuqarolar oldida mas’ulligini belgilovchi 
(hatto deklarativ xarakterda bo‘lsa ham) qoida va normani uchratmaymiz. 
Aksincha, ularda fuqarolarning davlat oldidagi mas’uliyati haqida ko‘plab 
normalar mavjud edi.
Davlat, davlat organlari, mansabdor shaxslarning fuqarolar oldida m a s’ulligi 
fuqarolik jamiyatining ham asosiy shartlaridan, faqat fuqarolik jamiyatidagina 
bunday mas’ullik real voqeaga aylandi.
Davlat organlari faoliyati qanchalik ochiq bo‘lib, shuningdek, ularning 
faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilar ekan, davlatning 
fuqarolar oldidagi m as’uliyati kuchayib boradi va davlat fuqaro munosabatida 
fuqaro manfaati ustunligi ta ’minlanadi.
Davlatning 
fuqaro 
oldidagi 
m as’ulligining 
konstitutsiya 
normasida 
belgilanishi bilan ish tugam agan, davlat organlari, mansabdor shaxslarning 
fuqarolar oldida m as’ulligi boshqa joriy qonunlarda ham m ustahkam langan. 
M asalan, «Fuqarolarning murojaatlari to‘g ‘risida»gi Qonunda fuqarolarning 
murojaatlarini aniq muddatda ko‘rish zarurligi belgilangan. Bunday holatlarni 
boshqa qonunlarda ham ko‘rish mumkin.
4-§. Davlat suverenitetining am aliy ifodasi, m amlakat chegarasi
hamda hududining daxlsiz va bo‘linm asligi
Davlat suvereniteti har bir mamlakatga, har qanday masalalarni mustaqil 
hal qila olish imkoniyatini beradi. Eng avvalo, davlatning mustaqilligi unga 
o‘zining milliy davlat tuzilishini, m a’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati 
va boshqaruv organlari tizimini mustaqil, xalq xohish-irodasidan kelib chiqib hal 
qilish imkoniyatini beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasida davlat tuzilishining unitar shakli o‘rnatilgan. 
Ya’ni respublikamizda davlatning unitar shakliga xos barcha belgilar mavjud. 
Shu bilan birga, O ‘zbekistonning davlat tuzilishi shaklini unitar deb e’tirof 
etish bilan, uning unitar davlat sifatida o‘ziga xos xususiyati mavjudligini ham 
ko‘ramiz. Ya’ni mamlakatimiz tarkibida suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
mavjud bo‘lib, 0 ‘zbekiston bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin