O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 -§. K onstitutsiyaviy huquq fan sifatid a



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

8 -§. K onstitutsiyaviy huquq fan sifatid a
«Konstitutsiyaviy huquq» fani ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi yuridik 
fanlarning tarkibiy sohalaridan biridir. Yuridik hodisalar, ularning kelib chiqishi, 
jamiyatdagi o‘rni turli yuridik fanlar tomonidan o‘rganiladi. Yuridik fanlar 
alohida masalalarni o‘rganadi, shuning uchun ularning o‘rganadigan predmeti 
alohida-alohidadir. Yuridik fanlar o‘z vazifasi va o‘rganadigan predmetiga qarab, 
umumnazariy, tarixiy, tarmoq, huquqiy-qiyosiy, amaliy fanlarga bo‘linib, bir- 
biridan farq qiladi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani tarmoq huquqiy fanlar qatoriga kiradi va 
nomiga mos ravishda konstitutsiyaviy huquqni huquq sifatida o‘rganish uning 
predmeti hisoblanadi. Shunday qilib, «Konstitutsiyaviy huquq» fani predmeti u 
o‘rganadigan huquq tarmog‘i hisoblanadi. Ushbu fan tegishli huquq sohasiga 
oid qonuniyatlarni, tushuncha va kategoriyalarni, Konstitutsiyaviy va boshqa 
sohalarga taalluqli qonunlarning mazmun-mohiyati, vazifasi, konstitutsiyaviy- 
huquqiy institutlarni o‘rganadi, tahlil qiladi, ular yuzasidan ilmiy fikrlar berib
xulosalar chiqaradi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani konstitutsiyaviy-huquqiy norma va institutlarni 
o‘rganish bilan cheklanmay, ularning amal qilish jarayonini ham o‘rganadi.
Shuning uchun uning predmetiga shu huquq sohasi bilan tartibga 
solinadigan 
ijtimoiy 
munosabatlar 
ham 
kiradi. 
KonsJjiw4^a^^huquqiy 
normalar qay darajada ijtimoiy munosabatlarni t a r ti b g a ^ ^ S $ ^ t |« H ^ ^ a a n d a y
hollarda huquqiy normalar eskirib qolganligi, ijtim o iy y ^ i^
17


solish uchun yetarli emasligi masalasi fan tomonidan o'rganiladi. Shu orqali fan 
huquqiy normalar samarasini, ta’sir kuchini o‘rganadi va tegishli ilmiy takliflarni 
ilgari suradi.
Davlat konstitutsiyaviy organlarini tashkil etish tartibi, faoliyati, bir-biri 
bilan munosabati ham «Konstitutsiyaviy huquq» fani tomonidan o‘rganiladi.
Shaxs masalasi, uning davlat bilan o‘zaro munosabati, shaxsning huquqiy 
holati masalalari Konstitutsiyaviy huquq o‘rganadigan bosh masaladir.
Konstitutsiyaviy huquqning huquq sifatidagi predmeti huquq normalari bilan 
tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar bo‘lsa, fanning predmeti shu ijtimoiy 
munosabatlar va ularni tartibga soluvchi normalar hisoblanadi. Huquqning 
predmeti tartibga solish bo‘lsa, fan predmeti o‘rganish hisoblanadi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani o‘rganadigan masala, hodisalar doirasi 
quyidagilardan iborat bo'ladi:
- konstitutsiyaviy huquqning umumiy tasnifi;
- konstitutsiyaviy nazorat asoslari;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning yaratilishi, mazmun- 
mohiyati, yuridik turi;
- konstitutsiyaviy tuzum asoslari;
- shaxs va davlat munosabati, shaxsning huquqiy holati;
- jamiyatning iqtisodiy asoslari, davlat va jamoat birlashmalari munosabatlari, 
oilaviy munosabatlar;
- davlat tuzilishi, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishi;
- davlat hokimiyatining tashkil etilishi.
Bu yerda «Konstitutsiyaviy huquq» fani o‘rganadigan masalalar yiriklashtirib 
ko‘rsatildi. Ko‘rsatilgan har bir yo‘nalish yoki hodisa aniq bo‘laklarga bo‘lib 
o‘rganiladi. Masalan, Konstitutsiyaviy huquqning umumiy tasnifi huquqning 
huquq tizimidagi o‘rni, huquqiy normalar, huquqiy institutlar, ijtimoiy 
munosabatlar, huquq manbalari va boshqalarni o‘rganish orqali tadqiq etiladi. 
Yoki shaxsning huquqiy holati fuqarolik, asosiy huquq va erkinliklar, burchlar, 
huquq va erkinliklar kafolatlari masalalarini o‘rganish orqali keng yoritiladi.
Yuqoridagilarni o‘rganish fan oldiga ma’lum vazifalarni qo‘yadi, ya’ni 
«Konstitutsiyaviy huquq» fanining aniq vazifalari mavjud.
Uning eng asosiy vazifasi konstitutsiyaviy huquqning mamlakat huquq 
tizimidagi o'rnini, ya’ni uning ham huquq tarmog‘i, ham yetakchi huquq 
ekanligini ko‘rsatishdir. Buning uchun konstitutsiyaviy-huquqiy normalarning 
yuridik kuchi (boshqa huquq normalari uchun ustuvorligi, ta’sir kuchi, asos 
ekanligi) ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish orqali ijtimoiy hayotning 
rivojlanishiga ta’siri orqali namoyon bo‘ladi.
Fanning vazifasi ma’lum huquqiy hodisalarni o‘rganish bilan cheklanmaydi, 
tegishli bilimlar bilan mutaxassislarni, fuqarolarni ta’minlash, ya’ni shaxsning 
huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirish ham fanning vazifasidir.
18


Fanning vazifasi hodisa va qonuniyatlarni passiv o'rganish bilan cheklanmaydi. 
0 ‘rganish orqali vujudga kelgan ilmiy xulosa va fikrlarni hayotga joriy qilish 
orqali ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish, konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni 
takomillashtirishga faol ta’sir ko‘rsatadi. Fanning xulosa va takliflari natijasida 
huquqiy normalar takomillashadi, yangilari vujudga keladi, eskirganlari bekor 
qilinadi.
Mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha belgilanayotgan ustuvor vazifalarni 
bajarish zarurati «Konstitutsiyaviy huquq» fani oldiga ham aniq vazifalarni 
qo‘yadi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 
ustuvor yo'nalishlarini belgilab bergan edi1. Shu asosda «Konstitutsiyaviy 
huquq» fani mutaxassislari tegishli ilmiy tadqiqotlar olib borish, maqolalar 
tayyorlash orqali mazkur masalalar yuzasidan ilmiy xulosa va mulohazalarni 
bayon qilmoqda va bu masalalarni hal qilishga ijobiy hissa qo‘shmoqda.
Murojaatda ijro hokimiyati organlarini takomillashtirish, mahalliy vakillik 
va ijro hokimiyati organlari hamkorligini kuchaytirish, davlat xizmatini 
isloh qilish, saylov qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar 
belgilangan edi2. Bu, o‘z navbatida, «Konstitutsiyaviy huquq» fani oldiga muhim 
va mas’uliyatli vazifalarni qo‘yadi. Bu vazifalarning bajarilishi, konstitutsiyaviy 
huquq normalarining takomillashuviga, uning natijasi esa, ijtimoiy munosabatlar 
rivojlanishiga olib keladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tasdiqlangan « 0 ‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi» - Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning 
ustuvor yo‘nalishlari, Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasida «Davlat va 
jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari», «Qonun 
ustuvorligini ta’minlash va sud huquqi tizimini yanada isloh qilishning ustuvor 
yo‘nalishlari» va shu boradagi aniq vazifalar belgilab berildi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin