O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 -§ . K on stitu tsiyaviy huquq m an balari



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

6 -§ . K on stitu tsiyaviy huquq m an balari
Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar turli shakllarda ifodalangan bo‘lib, ular 
konstitutsiyaviy huquq manbalari hisoblanadi. Ular konstitutsiya, qonun, farmon 
va boshqa huquqiy hujjatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Konstitutsiyaviy huquq shakllari (manbalari) bir-biri bilan bog‘liq va biri 
ikkinchisi uchun yuqori yuridik kuchga ega. Masalan, Konstitutsiya boshqa 
qonunlar, farmonlar uchun yuqori yuridik kuchga ega bo‘lsa, Prezident farmoni 
hukumat qarori uchun yuqori kuchga ega.
Konstitutsiyaviy huquq manbalarining har biri o‘z vazifasiga ega va ular bir- 
birining o‘rnini egallashi mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, Konstitutsiya 
bilan tartibga solinishi kerak bo‘lgan masalani qonun bilan, farmon bilan yoki
14


qonun bilan tartibga solinadigan masalalarni hukumat qarorlari bilan tartibga 
solib bo‘lmaydi.
U yoki bu hujjatni huquq manbasi sifatida e’tirof etish ma’lum bir huquqiy 
oqibatlarni keltirib chiqaradi. Chunki bunday hujjat fuqaro uchun ma’lum 
huquqlarni yoki burchlarni o‘rnatishi mumkin, fuqaro esa, unga asosan o‘z 
huquqini himoya qilishni talab etishi mumkin.
Konstitutsiyaviy huquq manbalari orasida Konstitutsiya alohida o‘rin 
egallaydi. Chunki Konstitutsiya faqat konstitutsiyaviy huquq manbasigina 
emas, balki boshqa huquqlar uchun ham manbadir. Konstitutsiyaning huquq 
manbalari orasidagi alohida mavqeini uning davlatning asosiy qonuni ekanligi 
ham belgilaydi.
Konstitutsiya eng muhim norma va prinsiplarni o‘rnatadi hamda keyinchalik 
ulardan boshqa huquqiy tartibga solish shakllari vujudga keladi (turli sohadagi 
qonunlar, farmonlar). Ayrim Konstitutsiyaviy normalar to‘g ‘ridan-to‘g‘ri amal 
qilib, qo‘shimcha tartibga solishga muhtoj emas.
Masalan, Konstitutsiyaning 92-moddasiga binoan, Prezident Oliy Majlis 
yig‘ilishida qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan 
hisoblanadi, degan qoidani amalga oshirish uchun hech qanday qo‘shimcha 
norma, hujjat zarur emas.
Konstitutsiya normalarini o‘zgartirishning alohida tartib va qoidalari 
o‘rnatilganligi ham Konstitutsiyaning huquq manbasi sifatidagi alohida maqomini 
ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaviy huquq manbalari orasida qonunlar muhim rol o‘ynaydi. 
0 ‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunlarni ikki guruhga bo‘lish 
mumkin. Birinchisi, Konstitutsiyaviy qonunlar, ikkinchisi, oddiy qonunlar. 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasida 
qanday 
masalalar 
bo‘yicha 
Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilish kerakligi belgilanmagan. Ayrim mamlakatlar 
Konstitutsiyalarida qanday masalalar yuzasidan Konstitutsiyaviy qonunlar qabul 
qilinishi zarurligi belgilangan. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 13 ta 
moddasida Konstitutsiyaviy qonun qabul qilishga doir masalalar berilgan. Bizning 
qonunchilik tajribamizda har qanday holatga konkret yondashilib, konstitutsiyaviy 
darajada hal qilinishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan Konstitutsiyaviy 
qonunlar qabul qilinadi. Hozirga qadar mamlakatimizda quyidagi Konstitutsiyaviy 
qonunlar qabul qilingan: «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati 
tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g ‘risida»gi, « 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g ‘risida»gi, « 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Senati to‘g ‘risida»gi, «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada 
demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar 
rolini kuchaytirish to‘g ‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunlar. Bular ham to‘liq 
konstitutsiyaviy huquq manbasi bo‘ladi.
Keyingi manba, bu - qonunlar. Yuqoridagilardan farq qilib, faqat 
konstitutsiyaviy-huquqiy mazmundagi qonunlargina konstitutsiyaviy huquq
15


manbasi 
bo‘ladi. 
M asalan, 
«O‘zbekiston 
Respublikasining 
fuqaroligi 
to‘g ‘risida»gi, « 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g ‘risida»gi 
qonunlar va « 0 ‘zbekiston Respublikasining saylov kodeksi» va boshqalar.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
konstitutsiyaviy-huquqiy 
mazmundagi farmon va farmoyishlari konstitutsiyaviy huquq manbalari 
hisoblanadi. Masalan, hukumat tarkibi (tayinlash, vazifasidan ozod qilish), 
markaziy davlat idoralarini tuzish, Konstitutsiyada belgilangan boshqa 
mansabdor shaxslarni lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish 
to‘g ‘risidagi farmonlar va shu kabi bir qator hujjatlar.
Oliy 
Majlis 
palatalarining 
ayrim, 
ya’ni 
konstitutsiyaviy-huquqiy 
mazmundagi qarorlari ham konstitutsiyaviy huquq manbasi bo‘lishi mumkin. 
Ular tomonidan qabul qilingan reglamentlar ham manba hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy huquq manbalari qatoriga yana hukumat qarorlari, sud 
qarorlari (Konstitutsiyaviy sud), mahalliy davlat hokimiyati organlarining 
qarorlari ham kiritilishi mumkin. Faqat shunga alohida e’tibor berish kerakki, 
bu hujjatlar konstitutsiyaviy huquq tartibga soluvchi munosabatlar doirasida 
qabul qilingan, hamma uchun majburiy xarakterga ega, fuqarolarning huquq va 
erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lsagina konstitutsiyaviy huquq manbasi 
bo‘ladi.
Konstitutsiyalarning muqaddimasida xalqaro huquqning umume’tirof etilgan 
qoidalari ustunligi tan olinishi e’tirof etilgan, shu sababli, aytish mumkinki, 
xalqaro huquq normalari ham konstitutsiyaviy huquq manbasi bo‘lishi mumkin.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin