O. T. Husanov konstitutsiyaviy


-§. K on stitu tsiyaviy huquq tiz im i



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

7-§. K on stitu tsiyaviy huquq tiz im i
Konstitutsiyaviy huquq konstitutsiyaviy-huquqiy institutlardan tashkil topadi. 
Konstitutsiyaviy-huquqiy institut - o‘xshash turdagi, lekin alohida mustaqil 
munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar birikmasidir. Konstitutsiyaviy 
huquqiy institutlar manbasi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, prezidentlik instituti 
manbasi Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy qonun, qonunlar hisoblansa, Vazirlar 
Mahkamasi (hukumat) institutlarining manbasi Konstitutsiya, Konstitutsiyaviy 
qonun, qonunlar, Prezident farmoni, Konstitutsiyaviy sud qarori bo‘ladi. Xuddi 
shunday, shaxsning huquqiy holati, saylov institutlari manbalari ham turlicha 
bo‘lishi mumkin.
Konstitutsiyaviy-huquqiy institutlar mustaqil turdagi normalardan iborat 
bo‘lsa-da, barcha institutlar o‘zaro bog‘liq va yaqin aloqada bo‘ladi. Ularni bir- 
biridan butunlay ajratib bo‘lmaydi, ana shu asosda yagona konstitutsiyaviy- 
huquqiy tartibga solish ta’minlanadi.
Konstitutsiyaviy huquq tizimini katta daraxtga o‘xshatish mumkin. 
Daraxtning tanasi, shoxi, bargi bo‘lgani kabi huquq tizimida ham turli tarkibiy 
qismlar mavjud. Daraxtning turli qismlari turli vazifani bajaradi, lekin ularning 
barchasini biriktirgan, hayotiyligini ta’minlagan ildizi bor. Huquq tizimida ildiz 
vazifasini yagona konstitutsiyaviy prinsiplar, xalq suvereniteti, tabiiy huquqlar,
16


huquq va erkinliklar ustuvorligi, hokimiyat bo‘linishi, mustaqil sud hokimiyati 
o‘ynaydi. Bular barcha institutlarda o‘z aksini topgan.
Konstitutsiyaviy huquq tizimi Konstitutsiya tizimi bilan bog‘liq yoki aytish 
mumkinki, Konstitutsiya tizimi konstitutsiyaviy huquq tizimi belgilanishida asosiy 
rol o‘ynaydi. Konstitutsiyaviy huquq tizimini tashkil etuvchi konstitutsiyaviy- 
huquqiy institutlar ahamiyatiga ko‘ra tartib bilan joylashtirilgan.
0 ‘zbekiston 
Respublikasining konstitutsiyaviy huquq 
tizimi 
quyidagi 
institutlardan tashkil topgan: konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplari; inson 
va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari; jamiyat va shaxs; 
ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi; davlat hokimiyatining tashkil etilishi.
Bu institutlar, o‘z navbatida, o‘z tizimiga ega. Ya’ni ular bir-biri bilan bog‘liq, 
lekin mustaqil institutlardan iborat. Masalan, «Inson va fuqarolarning asosiy 
huquqlari, erkinliklari va burchlari» instituti, «Fuqarolik», «Shaxsiy huquq 
va erkinliklar», «Siyosiy huquqlar», «Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar», «Inson 
huquqlari va erkinliklarining kafolatlari», «Fuqarolarning burchlari»dan iborat 
bo‘lsa, «Davlat hokimiyatini tashkil etish», « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi», « 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti», «Vazirlar Mahkamasi», 
«Mahalliy davlat hokimiyati asoslari», «Sud hokimiyati», «Saylov tizimi» va 
boshqa institutlardan iborat.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin