O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 -§ . «K onstitutsiyaviy huquq» fa n in in g vazifasi va riv o jla n ish i



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

9 -§ . «K onstitutsiyaviy huquq» fa n in in g vazifasi va riv o jla n ish i
«Konstitutsiyaviy huquq» fani O‘zbekistonning mustaqil davlat bo‘lishi, 
mamlakatning maqsadi, demokratiya bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning 
vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liqdir.
0 ‘zbekiston Respublikasida shaxs - davlat munosabatlarini belgilash, 
hokimiyatni tashkil qilish, davlat va jamoat birlashmalari munosabatini 
o‘rnatishda o‘ziga xos yo‘ldan borish bilan birga, dunyoda bu borada qo‘lga 
kiritilgan, umume’tirof etilgan prinsiplar rad etilgani yo‘q. Aksincha, ularning 
asosiy mohiyati va mazmunini buzmagan holda foydalanishga harakat qilindi.
1 Qarang: M irziyoyev Sh. Xalqim izning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan en g oliy bahodir. Т.:
« 0 ‘zbekiston», 2018. 2-tom, 88-104-betIar.
2 0 ‘sha asar, 89-90-b etlar.
19


Bunda konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni belgilash, ularni hayotga tatbiq 
etish jarayonida «Konstitutsiyaviy huquq» fani, uning yutuqlari, tavsiya, takliflari 
yordam berdi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani konstitutsiyaviy huquqni huquq tarm og‘i, 
yetakchi huquq sifatida rivojlanishiga hissa qo‘shar ekan, o‘zi ham rivojlandi. 
Konstitutsiyaviy huquqni tartibga soladigan masalalarni o‘rganish kengayib, 
chuqurlashib bordi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining shakllanishi yangi munosabatlarni 
vujudga keltirdi, ularni huquqiy tartibga solish kengayib bordi. Ana shu 
vazifalarni o‘rganish zarurati konstitutsiyaviy huquqning vazifalarini ham 
kengaytirib bordi.
0 ‘zbekistonda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligining 
e’tirof etilishi bu masalalarni amalga oshirish mexanizmlarining mavjud bo‘lishini 
taqozo etadi. Bundan tashqari, xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka 
singdirish zarurligi, ayniqsa, bu inson huquqlariga taalluqli bo‘lgani uchun 
«Konstitutsiyaviy huquq» fani oldiga yangi vazifalarni qo‘yadi.
Fuqarolik 
jamiyatini 
rivojlantirish 
vazifasi 
demokratik 
institutlarni, 
fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yanada takomillashtirish (bunda 
huquqiy asos alohida), davlat bilan nodavlat tashkilotlar munosabatini yangicha 
tashkillashtirish, ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, davlat organlari faoliyati 
ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
sud orqali himoya qilishni yanada kengaytirish kabilar «Konstitutsiyaviy huquq» 
fani oldiga ham yangi vazifalar qo‘yadi. Bu vazifalar chuqur tadqiqot ishlari olib 
borish zaruratini tu g ‘diradi.
«Konstitutsiyaviy huquq» fani o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarish uchun 
ma’lum usullarga tayanadi, ular: tarixiy, huquqiy-qiyosiy, tizimli, statistik, 
sotsiologik usul bo‘lishi mumkin.
Tarixiy usul - bu sohadagi avvalgi huquq normalari, ularning ijtimoiy 
munosabatlarga ta’sirini o‘rganish orqali hozirgi kun uchun ham to‘g ‘ri keladigan 
huquqiy normalarni qo‘llash, takomillashtirish imkonini beradi.
Huquqiy-qiyosiy usul orqali turli mamlakatlarning konstitutsiyaviy huquqi 
har jihatdan qiyoslanadi, tahlil qilib baholanadi va bizning sharoitga mos 
jihatlarini olish haqida taklif va tavsiyalar vujudga keladi.
Tizimli usul orqali konstitutsiyaviy huquq institutlarini o‘rganishga tizimli 
yondashiladi. Ular bir-biridan mutlaqo ajralgan holda emas, bog‘liq holda 
o‘rganiladi. Bu uslub orqali konstitutsiyaviy huquqning umumiy huquq tizimidagi 
o‘rni to‘g ‘ri aniqlanadi.
Statistik usul orqali konstitutsiyaviy huquq normalarining samaradorligi, 
ijtimoiy munosabatlarga ta’siri aniqlanadi. Statistika orqali haqiqiy ahvol 
aniqlanadi. Saylovlar davrida siyosiy partiyalar, ular tomonidan ko‘rsatilgan 
nomzodlar (bu saylovda muqobillikni ko‘rsatadi), saylovda ishtirok etgan 
saylovchilar soni, demokratik jarayonlar haqida real ma’lumot beradi.
20


Sotsiologik usul orqali ijtimoiy munosabatlar, ularni tartibga soluvchi 
normalar haqida fuqarolar fikri aniqlanadi. Shu asosda nimani o‘zgartirish, nimani 
bekor qilish, nimani yangidan o‘rnatish haqida jamoatchilik fikri o‘rganiladi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin