prinsiplari bilan Konstitutsiyaviy prinsiplarni aniqlashtirishga alohida e’tibor
qaratildi. Chunki avvalgi nashr etilgan darsliklarda shu masalalarda noaniqliklar
uchrar edi.
D.arslik tizimi, asosan, Konstitutsiya tizimiga mos tushadi. Lekin ayrim
mavzular aniq Konstitutsiyada
belgilangan tartibda emas, ijtimoiy hayotdagi
o‘rniga qarab ketma-ketligi belgilandi va yoritildi. Masalan, «Saylov tizimi»ga
oid bob Konstitutsiyada davlat hokimiyat tarmoqlaridan keyin berilgan. Lekin
hokimiyat
tarmoqlari, asosan, saylov yo‘li bilan yoki saylov ta’siri asosida
vujudga keladi. Shuning uchun ularni o‘rganishni saylovdan boshlash uslubiy
jihatdan, o‘rganuvchilarga qulaylik tu g ‘dirishi mumkin.
Yoki Konstitutsiyamizda
Prezident instituti Oliy Majlis - Parlament institutidan so‘ng tartibga solingan.
Darslikda Prezident instituti hokimiyat tizimiga bag‘ishlangan bo‘limda birinchi
o‘rinda berildi. Sababi, hozir Prezident ijro hokimiyati tizimiga kirmaydi,
u barcha
hokimiyat tarmoqlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi va hamkorligini
ta ’minlash vakolatiga ega eng yuqori hokimiyat subyekti - davlat boshlig‘idir.
Bundan tashqari,
Prezident ham Parlament, ham Vazirlar Mahkamasi, ham Sud
hokimiyatini tashkil etishda ishtirok etadi. Shuning uchun
Prezident institutining
avval berilishi mantiqiy, uslubiy jihatdan to‘g ‘ri deb hisoblandi.
Darslikning mazkur nashrida Konstitutsiyaga shu davrgacha kiritilgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar e’tiborga olingan.
Umumlashtirib
aytganda, mamlakatimiz tarixining keyingi davri amaldagi
Konstitutsiya bilan bogliq.
Dostları ilə paylaş: