1991-yil dekabr oyida I. Karimov umumxalq tomonidan, muqobillik asosida
Prezident etib saylandi.
Shundan keyin mamlakatda boshqaruvni barqarorlashtirish, ijro hokimiyatini
kuchaytirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. 0 ‘zbekistonning yangi
Konstitutsiya loyihasi ustida ishlashi jadallashtirildi.
1991-yil 31-avgustda mamlakat Prezidenti 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy
Soveti minbaridan 0 ‘zbekistonni mustaqil davlat deb e’lon qildi. Bu katta
tarixiy voqea bo‘lib, o‘zbek xalqining azaliy orzusi ushalishi edi. Shundan
keyin Prezident rahbarligida 0 ‘zbekistonning mustaqilligini amalda saqlash
chora-tadbirlari ko‘riladi. Xavfsizlikni ta ’minlash maqsadida mamlakat qurolli
kuchlari tashkil qilinib, mustahkamlanib bordi. M amlakatning iqtisodiy tizimi
mustahkamlandi. M amlakat hududidagi barcha mulklar respublika mulki deb
e’lon qilindi. Hokimiyat tizimida rivojlangan mamlakatlar tajribasida qo‘llanib
kelgan hokimiyat bo‘linishi prinsipi qo‘llana boshladi.
Prezident rahbarligida qilingan yana bir muhim voqea bu - mustaqil
0 ‘zbekistonning Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilish bo‘ldi.
Konstitutsiya 0 ‘zbekistonning davlat suverenitetini mustahkamladi. Xalq
hokimiyatchiligini o‘rnatdi, inson va uning huquqlarini oliy qadriyat deb belgiladi.
Konstitutsiyada 0 ‘zbekiston demokratik, suveren respublika deb e’tirof etildi.
Davlat boshlig‘i sifatida Prezident belgilandi va Konstitutsiyada Prezidentni
saylash, Prezident nomzodiga qo‘yiladigan talablar, Prezident vazifasi hamda
vakolatlari belgilab qo‘yildi. 0 ‘zbekiston Prezidentiga taalluqli asosiy masalalar
Konstitutsiyaning « 0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti» degan XIX bobida
mustahkamlandi. Unda Prezident davlat va ijroiya hokimiyati boshlig‘i, degan
qoida bilan bir qatorda, Prezident bir vaqtning ozida Vazirlar M ahkam asining
ham Raisi, degan qoida o‘rnatildi.
0 ‘tish davrida, ayniqsa, ijroni ta ’minlashda bu to‘g ‘ri yo‘l edi.
0 ‘zbekistonning Birinchi Prezidenti m a’lum davrda shu mavqeni egallab,
0 ‘zbekistonda barqarorlikni ta’minlashga, milliy totuvlikka erishishda, iqtisodiy
tizimga bozor munosabatlarini joriy qilishda, mamlakat xavfsizligini, fuqarolar
manfaatini himoya qilish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. 0 ‘zbekistonning
jahon hamjamiyatida munosib o‘rinni egallashiga, xalqaro huquqning to‘la
huquqli subyekti sifatida e’tirof etilishiga katta hissa qo‘shdi.
M amlakatimiz XXI asrga qadam qo‘yar ekan, jamiyatni rivojlantirish ustuvor
yo‘nalishlarini Prezident rahbarligida belgilab oldi. Ustuvor yo‘nalishlardan biri
etib - mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada
erkinlashtirish belgilandi1.
Erkinlashtirish davlat qurilishi va boshqaruvidagi islohotlarning asosini tashkil
etib, u boshqa hokimiyat tarmoqlariga, shu jumladan, Prezidentning maqomiga
ham taalluqli bo‘ldi. Bu borada mamlakatimizda amalga oshirilgan voqealardan
Dostları ilə paylaş: