1 M irziyoyev Sh.M . Xalqim izning roziligi bizning faoliyatim izga berilgan en g oliy bahodir. T.
« 0 ‘zbekiston*. 2018, 2-tom 40-bet.
252
tayinlash uchun Senatga taqdim etadi. Tashqi siyosatimizning ustuvor
yo‘nalishlarini belgilaydi. Mamlakat hayotining eng muhim masalalarini yechish
maqsadida referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi.
4. Prezidentning turli davlat organlari, muassasa va tashkilotlarni tuzish,
hokimiyat tarmoqlarini tashkil qilish, ularni bahamjihat ishlashini ta’minlash
sohasidagi vakolatlari.
Prezidentga davlat boshlig‘i sifatida davlat hokimiyati organlarining
kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda ularning hamkorligini ta ’minlash
vazifasi yuklatilgan.
Prezident barcha hokimiyat tarmoqlarini tashkil qilish hamda maxsus
organlarning rahbarlarini tayinlash va saylash, markaziy organ va muassasalarni
tashkil qilish, tugatish bo‘yicha vakolatlarga ega.
Prezidentning bu sohadagi vakolatlariga Senat a’zolarining 16 nafarini
tayinlash (Konstitutsiyaning 77-moddasi); Senat Raisi lavozimiga saylash uchun
nomzod taqdim etish (93-moddaning 9-bandi); Oliy Majlis palatalariga ko‘rib
chiqish va tasdiqlash uchun Bosh vazir nomzodini taqdim etish va lavozimidan
ozod etish (10-band); Hukumat a’zolarini tayinlash; 0 ‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlash va lavozimidan ozod qilish
(12-band); Oliy Majlisning Senatiga Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud tarkiblariga,
shuningdek, Sudyalar oliy kengashining raisi, Markaziy bank raisi lavozimlariga
nomzodlarni taqdim etish (13-band); Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlash
va lavozimidan ozod qilish (24-band); Oliy Majlisni tarqatib yuborish (95-modda)
vakolatlari kiradi.
0 ‘zbekiston
Prezidenti
Vazirlar
M ahkam asining
taqdimiga
binoan,
vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini
tuzadi va tugatadi (8-band).
Qonunlarga asosan, Prezident Senatning navbatdan tashqari majlisini
chaqirishni talab qilish, Markaziy saylov komissiyasi raisligiga nomzod taqdim
qilish huquqiga ega.
5. Prezidentning qonunchilik sohasidagi vakolatlari. Bu, avvalo, uning
qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligida ko‘rinadi (83-modda). Hozirgi kunda
amalda bo‘lib turgan ko‘plab qonunlar Prezident tashabbusi bilan qabul qilingan
yoki ozgarishlar kiritilgan. Prezident Parlamentda qabul qilingan qonunlarni
imzolaydi va e’lon qiladi. Zarur bo‘lsa, qonunga e’tirozlarni ilova qilib, uni
takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun Oliy Majlisga qaytarishga
haqli (93-moddaning 17-bandi).
Prezident qonunchilikka parlament qo‘shma majlislarida mamlakatning ichki
va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan qilgan murojaatlari orqali
kuchli ta ’sir qiladi. Murojaatdagi holatlar qonunchilikda aks etadi. Yangi qonunlar
qabul qilinadi yoki amaldagilarga o‘zgartirish kiritishga olib keladi. Parlament
palatalarining qo‘shma majlisidagi murojaatlarida Prezident tomonidan shaxsni
ushlab turish, hibsga olish, shuningdek, boshqa protsessual majburiy choralarini
253
qo‘llash uchun sanksiya berish huquqlarini sudlarga o‘tkazish, moliyaviy va
ma’muriy jazolarni faqat sud tomonidan tayinlash tizimiga o‘tish haqidagi va
Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi Konsepsiyasida ilgari surilgan
fikrlar, Prezident tavsiyalari qonunchiligimizga katta o‘zgartirishlar kiritishga
asos bo‘ladi.
2017-yil 22-dekabrda, 0 ‘zbekiston Prezidenti birinchi m arta o‘zining
Konstitutsiyaviy vakolatlaridan foydalanib, Oliy Majlisga murojaat bilan chiqdi.
Unda o‘tgan 2017-yilga har tomonlama, xolisona baho berilib, kelajakdagi
siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy sohaning eng muhim yo‘nalish
va vazifalari belgilab berildi. Undagi ayrim ko‘rsatma, taklif, mulohazalar
Konstitutsiya, qonunlarga o‘zgartirish kiritishni, Konstitutsiyada belgilangan
qoida, prinsiplarni amal qilishini, kuchayishini nazarda tutadi.
Masalan: Parlamentda barcha siyosiy kuchlar uchun teng sharoit yaratish
maqsadida Qonunchilik palatasidan Ekologik harakat vakillari uchun m axsus
o‘rin ajratishdan voz kechish vaqti kelganligi haqidagi fikr saylov huquqining
to‘g ‘ri, teng prinsipini amal kilishini yanada kengroq ta ’minlaydi. Bu masala
Saylov kodeksida hal qilindi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd qilingan vakolatlari,
birinchidan, Konstitutsiyada, Konstitutsiyaviy qonunlarda va boshqa qonunlarda
belgilanganligini; ikkinchidan, bir guruh vakolatlari mustaqil ravishda, boshqa
hokimiyat tuzilmalarining ishtirokisiz hal qiladigan vakolatlarga egaligini
(senatorlarni tayinlash, ishonch yorlig‘ini qabul qilish, diplomatik vakolatxonalarga
vakillar tayinlashni tavsiya qilish, fuqarolikka qabul qilish, siyosiy boshpana
berish, fuqarolarni mukofotlash va boshqalar); uchinchidan, Prezident hal qilib,
keyinchalik Oliy Majlisda tasdiqlanadigan vakolatlarga egaligini (vazirliklar,
davlat qo‘mitalarini tuzish va tugatish, urush holati, favqulodda holatlar e’lon
qilish, Bosh prokurorni, Hisob palatasi raisini tayinlash, Davlat xavfsizlik xizmati
raisini tayinlash va vazifasidan ozod etish); to‘rtinchidan, Oliy Majlis yoki uning
palatalariga taqdim qilish, tavsiya qilish bilan bog‘liq vakolatlarga egaligini
(Bosh vazir nomzodini taqdim etish, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud tarkibini
taqdim etish, M arkaziy bank boshqaruvi raisi, Senat raisi lavozimlariga nomzod
taqdim etish); beshinchidan, boshqa hokimiyat tuzilmalari va tashkilotlar
bilan maslahatlashib yoki ularning taqdimiga ko‘ra hal qiladigan vakolatlarga
egaligini (Bosh vazir taqdimiga ko‘ra, Vazirlar M ahkam asi a’zolarini tayinlaydi,
siyosiy partiyalar tavsiyasiga ko‘ra, Bosh vazir nomzodini Oliy Majlisga taqdim
etadi, viloyat (Toshkent shahar) hokimlarini Kengashdagi partiya guruhlari
bilan maslahatlashib taqdim etadi; Oliy Majlisni Konstitutsiyaviy sud bilan
maslahatlashib tarqatib yuboradi) ko‘ramiz.
Prezident bu vakolatlarni farmon, qaror, farmoyish chiqarish bilan am alga
oshiradi. Prezidentning Konstitutsiya va qonunlarga zid hujjatlarini 0 ‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bekor qilishi mumkin.
254
Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, mamlakat taraqqiyotini belgilovchi shart
Prezident vakolatlarining ko‘p yoki oz miqdorda belgilanishi emas, Prezidentlar
qonunlarda belgilangan vakolatlardan mas’uliyat bilan foydalanishidir.
Har bir mamlakatning Prezidenti keng vakolatlarga ega bo‘lishi, ijtimoiy
hayotning turli jabhalariga samarali ta’sir qilishning keng mexanizmlaridan
foydalanish bilan birga, albatta, ma’lum burchlarga, mas’uliyatga ham ega.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy va siyosiy maydonda, davlat-
huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchilar orasida markaziy figura bo‘lganligi
uchun uning mas’uliyati, burchi ham o‘z ko‘lami, mohiyati, mazmuniga ko‘ra
juda ulkandir.
Prezidentning
mas’uliyati,
burchining
muqaddasligi,
eng
avvalo,
ularning Prezident qasamyodi matnida aniq belgilanganida, qasamyod matni
Konstitutsiyada qoida sifatida mustahkamlab qo‘yilganligida hamda Prezident
faqat qasamyod qabul qilgandan so‘ng lavozimiga kirishishi mumkinligining
belgilanishida ham ko‘rinadi.
Har bir mamlakatning Prezidenti qasamyodida shu mamlakatning taraqqiyoti,
milliy xususiyati, belgilangan ustuvor vazifalari aks etadi.
Prezidentning Konstitutsiyada belgilangan matndagi qasamyodni qabul
qilishi, uning ushbu lavozimga kirishishiga faqat tantana baxsh etmay, qasamyod
qabul qilish bilan shu lavozimga munosib hisoblangan shaxs o‘z zimmasiga
sharafli va o‘ta mas’uliyatli majburiyat (burch)ni oladi.
Turli mamlakatlarda Prezidentni saylash tartibining har xilligi, maqomi
va vakolatlaridagi farqdan qat’iy nazar, Prezident institutidagi umumiylik,
Prezident lavozimini xarakterlovchi xususiyat ularning qasamyod qabul qilishi
va shu orqali tegishli burchga ega bo‘lishidir.
Agar AQSh Konstitutsiyasi toYtinchi asr yuzini ko‘rayotgan eng ko‘hna
Konstitutsiya ekanligi va unda Prezident qasamyodi belgilanganligini e’tiborga
olsak, Prezident qasamyodi uzoq davrdan beri Prezidentlikda e’tirof etib
kelinayotgan qoida ekanligini va bu tajriba boshqa davlatlarda ham qabul
qilinganligini ko‘ramiz.
H ar bir mamlakatda belgilangan qasamyod matni - mamlakatning asosiy
strategik yo‘li, ko‘zgusidir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qasamyodi Konstitutsiyada quyidagi
matnda belgilangan:
« 0 ‘zbekiston xalqiga sadoqat
bilan xizmat
qilishga,
respublikaning
Konstitutsiyasi va qonunlariga q at’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va
erkinliklariga kafolat berishga, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman»
(Konstitutsiyaning 92-moddasi).
Dostları ilə paylaş: |