O. T. Husanov konstitutsiyaviy


M avzuni m ustahkam lash uchun savollar



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

M avzuni m ustahkam lash uchun savollar
1. Prezidentlik instituti vujudga kelishining davlat qurilishidagi ahamiyati 
qanday?
2. 0 ‘zbekistonda Prezidentlik lavozimining o‘rnatilishi sabablari nima?
3. Prezident lavozimining joriy etilishi qanday masalalarni hal qildi?
4. Prezident lavozimi joriy etilgandan to hozirgacha uning maqomida qanday 
o‘zgarishlar bo‘ldi?
5. 0 ‘zbekiston Prezidentining hokimiyat tizimidagi o‘rni qanday?
6. Prezidentning maqomi nima?
7. Prezidentning maqomiga nimalar ta ’sir qiladi?
8. Prezident saylovi qachon o‘tkaziladi?
9. Prezidentlikka nomzodlarga qanday talablar qo‘yiladi?
10. Saylov qanday tashkil etiladi?
11. Nomzodlarni kim ko‘rsatadi, ular qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?
12. O k ru g va uchastka saylov komissiyalari qanday tuziladi?
13. Saylov qanday tartibda o‘tkaziladi?
14. Ovoz berish tartibi qanday, natijalar qanday aniqlanadi?
15. Takroriy ovoz berish, takroriy saylov qachon o‘tkaziladi?
16. Prezident qachon vazifasini bajarishga kirishadi?
17. Prezident vakolatlari qaysi qonunlarda mustahkamlanadi?
18. Prezidentning vakolatlarini qanday g uruhlarga bo‘lish mumkin?
19. Prezidentning m as’uliyati nimalarda ko‘rinadi?
20. Prezidentning faoliyati qanday kafolatlanadi?
2 5 8


XXII bob. OZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY MAJLISI
l-§. 0 4zbekistonda Parlam entning vujudga kelishi
va parlament islohotlari
Rasmiy ravishda saylab qo‘yiladigan va qonun qabul qiladigan organ 
0 ‘zbekistonda mustaqillik davrigacha ham mavjud bo‘lib, u 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Soveti deb atalardi. Lekin u tub mohiyati bilan parlamentdan 
ancha yiroq organ edi. Boshqacha qilib aytganda, formal saylov asosida 
saylanadigan bu organning ko‘rinishi - shakli parlamentga o‘xshasada, 
mazm unan u kommunistik partiyaning xohish-irodasi bilan tashkil qilinadigan 
va unga xizmat qiladigan organ edi.
80-yillarning oxirida butun Ittifoq hududida mavjud rejimdan norozilik 
kuchaydi, xalqning o‘z huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishga intilishi 
kuchayib bordi.
Natijada, 1989-yilgi SSSR xalq deputatlari syezdi, 1990-yilda 0 ‘zbekiston 
Oliy Sovetiga bo‘lib o‘tgan saylovlar birinchi marta demokratik usullarda, eng 
muhimi, muqobillik asosida o‘tdi va Oliy vakillik organiga xalq xohish-istaklarini 
yaxshi his qilgan, o‘z fikrini ochiq aytadigan kishilar saylandi.
Shuning uchun, 0 ‘zbekistonda parlamentning vujudga kelishi 1990-yilda 
saylangan Oliy Sovet faoliyati bilan bog‘lansa, xato bo‘lmaydi.
Ittifoq davrida faoliyat ko‘rsatishni boshlagan bu Oliy Sovet 0 ‘zbekiston 
mustaqilligi, jamiyatda demokratiya rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi.
Turli fikrlilik, mustaqil fikr bayon qilish, ittifoq organlari, markazining 
noto‘g ‘ri xatti-harakatini ochiq tanqid qilish 1990-yilda saylangan Oliy Sovetdan 
boshlandi. Unda 0 ‘zbekistonning mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi. 
Ittifoqdan mustaqil ravishda qonunlar qabul qilish tajribasi boshlandi. Prezident 
tomonidan e’lon qilingan mustaqillik shu Oliy Sovetda rasmiylashtirildi va 
0 ‘zbekiston mustaqillik yo‘liga shu Oliy Sovetni o‘z parlamenti sifatida e’tirof 
etib qadam qo‘ydi. Keyinchalik Ittifoq davrida saylangan Oliy Sovet tarqatib 
yuborilmasdan, uning salohiyatidan vakolat muddati tugaguncha foydalanish 
to‘g ‘ri yo‘l bo‘ldi.
Shu Oliy Sovetda mamlakatimizning Asosiy qonuni - Konstitutsiyamiz 
qabul qilindi.
Konstitutsiyamizda oliy qonunchilik organimiz - Oliy Majlis o‘z tilimizda 
bayon etildi. Konstitutsiyamizning XVIII bobi « 0 ‘zbekiston Respublikasining 
Oliy Majlisi» deb nomlandi. Unga asosan, Oliy Majlis 0 ‘zbekiston fuqarolari 
tomonidan umumiy, teng, to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri saylov huquqi asosida yashirin 
ovoz berish orqali ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan, qonun chiqaruvchi 
hokimiyatni amalga oshiradigan oliy davlat organi deb belgilandi. Vakolat 
muddati besh yil qilib o‘rnatildi. Konstitutsiyaga asosan, Oliy Majlis bir palatali 
strukturada tashkil qilinishi nazarda tutildi.
259


1993-yil 28-dekabrda « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov 
to‘g ‘risida»gi1 (2003-yil 29-avgustda yangi tahrirda qabul qilindi), 
1994-yil 
22-sentabrda « 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g ‘risida»gi2 (Oliy 
Majlisning 2002-yil 12-dekabrdagi Qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan) qonunlar 
qabul qilindi.
1994>yil 25-dekabrda Oliy Majlisga saylov o‘tkazildi. Saylov eng demokratik 
prinsip va talablar asosida o‘tdi. Mamlakatda tashkil qilingan 250 ta saylov 
okrugidan 139 tasida uchtadan, 106 tasida ikkitadan nomzod qo‘yilib, saylov 
o‘tkazildi. Saylovlar ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tdi. Ayrim okruglarda takroriy 
ovoz berish, takroriy saylovlar o‘tkazilib, birinchi m arta mustaqiliik sharoitida 
mamlakat parlamenti shakllantirildi. Bu parlament 1995-yil 23-fevraldan o‘z 
ishini boshladi.
Oliy Majlisda davlat hokimiyati vakillik organlaridan saylangan 120 nafar 
kishidan iborat deputatlik bloki va 69 nafar deputatdan iborat Xalq demokratik 
Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin