qilishini belgilovchi qoidalar ham mavjudki, bular ham Prezidentning burchini
keltirib chiqaradi.
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahrirda tegishlicha Oliy Majlisning
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida
uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun Prezident
tomonidan o‘n to‘rt
kun ichida imzolanib, e’lon qilinishi shart. Bu ham
Prezidentning konstitutsiyaviy mas’uliyatidir.
Konstitutsiyaning 93-moddasi oxirgi qismidagi: «Prezident o‘z vakolatlarini
bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli
emas», degan qoida ham Prezidentning mas’uliyatini keltirib chiqaradi.
Prezidentning eng muhim mas’uliyati Konstitutsiya va qonunlarga amal
qilish bo‘lib, Konstitutsiyaning 15-moddasi qoidalari Prezidentga ham tegishlidir.
Uning qabul qilgan,
qiladigan normativ hujjatlari, Konstitutsiya normalari va
qonunlariga zid bo‘lmasligi kerak.
6-§. 0 ‘zbekiston Prezidenti faoliyatining kafolatlari
Prezidentlik davlat va jamiyat hayotida eng muhim rol o‘ynaydigan,
hokimiyat tizimida markaziy o‘rinda turadigan lavozimdir. Prezident millat faxri,
ramzi hisoblanadi. Shuning uchun, Prezident o‘z vakolatlarini samarali, hech
qanday to‘siqlarga uchramay, tazyiqlardan xoli olib
borishi uchun Konstitutsiya
va qonunlarda Prezidentlik faoliyati alohida tartibda muhofaza qilinadi.
Konstitutsiyaning 91-moddasi: «Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan
davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati
bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan sh u g ‘ullanishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi», - degan
qoidani o‘rnatish bilan Prezident faoliyatini muhofaza qilish asosini yaratgan.
Barcha mamlakatlarda bo‘lgani kabi, 0 ‘zbekistonda ham, 2003-yil 25-aprelda
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g ‘risida»gi
Qonun qabul qilingan. U Prezident faoliyati uchun zarur tartiblar va kafolatlar
yaratishni ko‘zda tutadi.
Qonunda
Prezidentning daxlsizligi, uni muhofaza qilish (qo‘riqlash),
faoliyatining ta ’minoti, uy-joy, tibbiy ta ’minoti belgilangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti daxlsizlik va im munitetga egadir.
Daxlsizlik uning turar joyiga, xizmat xonalariga, yukiga, shaxsiy va transport
vositalariga, yozishmalariga, aloqa vositalariga, tegishli
hujjatlariga tatbiq
etiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlarini bajarish bilan bog‘liq
harakatlar uchun jinoiy va boshqa turdagi javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Prezidentga nisbatan ushlab turish, so‘roq qilish, tintuv yoki shaxsiy ko‘zdan
kechirish mumkin emas.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizligini ta ’minlash, qonun
hujjatlarida belgilangan normalar va talablarga muvofiq, 0 ‘zbekiston Davlat
xavfsizlik xizmati zimmasiga yuklanadi.
257
Prezidentning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilinishiga,
shuningdek, uning
sha’ni, qadr-qimmatiga putur yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday holatlar
sodir etilgan bo‘lsa, qonun bilan jazolanadi.
Prezidentning mehnatiga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda amalga oshiriladi. Unga muddati o‘ttiz olti ish kunidan iborat yillik haq
to‘lanadigan ta ’til beriladi.
Prezident iste’foga chiqqach, umrbod Senat a’zosi bo‘lib qoladi.
Prezident Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida qarorgohlarga ega.
Prezident aloqa vositalarining barcha turi bilan ta ’minlanadi. Prezidentga
avtotransport, shuningdek, mamlakat ichkarisi
va chet ellarga qilinadigan
safarlar uchun samolyot va vertolyot ajratiladi. Prezidentga bepul tibbiy xizmat
ko‘rsatiladi va sanatoriya-kurortlarda davolanishi ta ’minlanadi. Yuqorida qayd
qilinganidek, Prezident hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni qonun bilan alohida muhofaza
qilinadi. Prezident hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, obro‘siga
qarshi qilingan harakatlar
uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 158-moddasida javobgarlik
belgilangan.
Prezident faoliyatining asosiy kafolati qoidalari eks-Prezident (sobiq
Prezident) va uning oila a’zolariga ham tatbiq qilinadi.
Dostları ilə paylaş: