« 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va K onstitutsiyaga amal q ilish n in g kafili sifatida jam iyatim izda qonun ustuvorligini ta’m inlashni, har bir fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilishni o‘zim nin g nafaqat vazifam, eng avvalo, muqaddas burchim, deb hisoblaym an»1. Huquqiy
d em o k ratik davlatning asosiy
s h arti
fuqarolar
manfaati
ustuvorligini t a ’minlashdir. Bunga Konstitutsiya, qonunlarga rioya qilish orqali
erishiladi. B u n in g uchun juda k atta tadbirlar belgilangan va m exan izm lar
yaratilgan.
Konstitutsiyaning 93-moddasi 21, 22, 23-bandlaridagi, ya’ni fuqarolarni
orden, medal va yorliqlar bilan mukofotlash, fuqarolik va siyosiy boshpana
berish masalalarini hal qilish, amnistiya to‘g ‘risida Senatga taklif kiritish, sudlar
tomonidan hukm qilinganlarni afv etish vakolatlari ham fuqarolar huquq va
erkinliklarini ta ’minlashga qaratilgan faoliyatdir.
2. Prezidentning m amlakat suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini
muhofaza qilish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir vazifa va vakolatlari.
Bu vazifa hamda vakolatlarga,
avvalo, Konstitutsiyaning 93-modda
2-bandiga asosan, shu masalalarga doir qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha
zaru r choralarni ko‘rish vakolatini kiritish mumkin.
Prezidentning bu sohadagi vakolatlari qatoriga, yuqorida tilga olingan
93-moddaning 3, 4, 18, 19-bandlarini ham kiritish mumkin. Bundan tashqari,
Konstitutsiyadagi (93-moddaning 20-bandi) Prezident Qurolli Kuchlarning Oliy
Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, degan qoida ham Prezidentning davlat suvereniteti,
mustaqilligi, xavfsizligini saqlashda tegishli vakolatga egaligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning 93-moddasi 24-bandida ko‘rsatilgan Prezidentning Milliy
xavfsizlik xizmatini tuzish, uning raisini lavozimiga tayinlash va ozod qilish,
keyinchalik bu farmonlarni Senat tasd ig‘iga kiritish vakolati uning xavfsizlikni
ta ’minlashga qaratilgan vakolatlaridan.
3. Prezidentning ichki va tashqi siyosat sohasidagi vakolatlari. Prezident
xalqaro munosabatlarda xalq nomidan ish olib boradi.
Prezident 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga davlat boshlig‘i
m am lakat ichki va tashqi siyosatini am alga oshirishning eng muhim masalalari
yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega.
Xalqaro m uzokaralarda ishtirok etadi, tegishli hujjatlarni imzolaydi,
m am lakat zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlar bajarilishini ta ’minlaydi,
diplomatik va chet ellarning boshqa vakillaridan ishonch yorliqlarini qabul
qilib oladi; 0 ‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini