0 ‘zbekistonning
xorijiy
davlatlardagi
vakolatxonalarida
ham
saylov
uchastkasi tuzish, ularni qaysi okrugga biriktirish
masalasini Markaziy saylov
komissiyasi hal qiladi.
Prezidentlikka saylovni Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov
komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi tashkil qiladi. Markaziy saylov
komissiyasi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi muassasa, u Oliy Majlis tomonidan
tuziladi.
O k ru g saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga
kamida yetmish kun qolganda rais, rais o‘rinbosari, kotib va kamida 6-8
nafar
a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga
kamida qirq kun qolganda 5-19 nafar a’zodan, shu jumladan, rais, rais o‘rinbosari,
kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya 7 nafargacha a’zodan iborat
tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Saylov komissiyalarini tuzish tartibi,
Saylov kodeksining 21-26-moddalarida belgilangan.
Saylov jarayonining eng muhim mas’uliyatli bosqichi Prezidentlikka nomzod
ko‘rsatish hisoblanadi. Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqiga tegishli
tartibda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan siyosiy partiyalar ega. Sohada
islohotlar amalga oshirilgunga qadar nomzod ko‘rsatish
huquqiga vakillik
hokimiyati organlari va bevosita fuqarolar ham (tashabbuskor tashkilotlar orqali)
ega bo‘lgan. Hozir bunday huquqqa faqat siyosiy partiyalar ega.
Prezidentlik o‘ta muhim, sharafli, mamlakat, xalq taqdirini hal qiluvchi
lavozim bo‘lganligi uchun Prezident bo‘ladigan shaxslar oldiga m a’lum talablar
qo‘yiladi. Bu talablar Konstitutsiyaning 90-moddasida, Saylov kodeksining
61-moddasida belgilab qo‘yilgan.
Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqi, ularni ro‘yxatga olish, uning
uchun taqdim qilinadigan hujjatlar, nomzod ko‘rsatish tartibi (imzolar to‘plash),
nomzodlik maqomidan voz kechish yoki nomzodlikdan
m ahrum qilish tartiblari,
shuningdek, saylovchilarni ro‘yxatga olish va u bilan tanishtirish, ro‘yxatdagi
kelishmovchiliklarni hal qilish, saylov byulletenlarini tayyorlash, tashviqot-
t a r g ‘ibot ishlari, kuzatuvchilar faoliyati, ishonchli vakillar faoliyati, nomzodlar
huquqlarining kafolatlari Saylov kodeksining tegishli moddalarida belgilangan.
Prezident saylovida ham ovoz berish soat 8 dan 20 gacha saylov uchastkalarida
maxsus jihozlangan xonalarda uchastka saylov komissiyasi a’zolari,
kuzatuvchilar
ishtirokida tashkil qilinadi. Saylov uchastkasiga kelish imkoniyati yo‘qlarga
turar joyida ovoz berish tashkil qilinadi. Saylov kuni boshqa yerda bo‘Iadiganlar
uchun avvaldan saylov varaqalari asosida ovoz berishga imkoniyat yaratiladi.
Saylovchi ovoz berish byulletenini olgach, bu haqda ro‘yxatga imzo qo‘yib,
yashirin ovoz berish kabinasida byulletendagi o‘zi xohlagan nomzod ro‘parasiga
«+», «V», «х» belgilarini qo‘yadi.
Ovoz berish vaqti tugagach, belgilangan tartibda saylov qutisi ochilib, ovoz
berish natijasi aniqlanib, bayonnoma tuziladi.
247
O krug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasi bayonnomasi asosida
natijani aniqlab, bayonnoma tuzib Markaziy saylov komissiyasiga taqdim qiladi.
Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalari bayonnomalari
asosida Respublika bo‘yicha natijani aniqlaydi.
Ovoz berishda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilganlarning 33 foizi ishtirok
etgan bo'lsa, saylov haqiqiy sanaladi.
Saylovda
ikkita nomzod ishtirok etib, ovoz berishda ishtirok etgan
saylovchilarning nisbiy ko‘pchilik ovozini olgan nomzod saylangan deb
hisoblanadi.
Saylovda ikkitadan ortiq nomzod ishtirok etgan taqdirda, nomzodlardan
birortasi ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining
ovozini ololmagan bo‘lsa, eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod ishtirokida takroriy
ovoz berish o‘tkaziladi.
A gar qonunda ko‘zda tutilgan sabablar asosida saylovda bitta nomzod
qolib, saylovda ishtirok etib, saylovda ishtirok etgan
saylovchilarning yarmidan
ko‘pining ovozini olsa, saylangan hisoblanadi.
Takroriy ovoz berish zaruriyati tu g ‘ilsa, takroriy ovoz berish kunini
M arkaziy saylov komissiyasi saylov o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir oy ichida,
lekin saylov o‘tkazilgan kundan kamida o‘n besh kun keyin o‘tkaziladigan qilib
tayinlaydi. Bu haqda OAVda e’lon qilinadi. Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan
saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan nomzod
saylangan hisoblanadi. Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etish
foizi e’tiborga olinmaydi. Qancha saylovchi ishtirok etishidan qat’iy nazar, saylov
o‘tgan hisoblanadi.
Prezident saylovi o‘tm ag an yoki haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa yoki
saylovda bitta nomzod ishtirok etib, yetarli ovoz ololmagan bo‘lsa, M arkaziy
saylov komissiyasi takroriy saylov tayinlaydi. Takroriy saylov asosiy saylov
o‘tganidan so‘n g qirq kun ichida o‘tkaziladi. Takroriy saylov ushbu qonun
talablari asosida o‘tkaziladi. Takroriy saylovni yangi okrug va uchastka saylov
komissiyasi tomonidan o‘tkazilishi haqida Markaziy saylov komissiyasi qaror
qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylovda tuzilgan saylovchilar ro‘yxati
asosida o‘tkaziladi.
0 ‘zbekiston Prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov
natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan
ikki oy ichida Oliy Majlis
palatalarining qo‘shm a yig‘ilishida qasamyod qilgan paytdan boshlab o‘z
lavozimiga kirishadi.
Amaldagi Prezident o‘z vakolatini yangi saylangan Prezident lavozimiga
kirishguncha bajaradi.
Konstitutsiya va qonunlarimizda Prezidentning vakolatini muddatidan
avval tugatish hollari ko‘zda tutilm agan. Faqat bir holda, Konstitutsiyaning
96-moddasida ko‘zda tutilgan holat yuz bersa, Prezident vakolati to‘xtatiladi.
Unga asosan: « 0 ‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vakolatlarini
248
bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch
oy
muddat ichida, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g ‘risida»gi
Qonunga to‘la muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi». 2016-yil
sentabrda mamlakat Prezidenti I. Karimov vafoti munosabati bilan shu yili
dekabr oyida prezident saylovi o‘tkazildi.
Dostları ilə paylaş: