davlatimiz rivojlanishining dastlabki bosqichlarida 0 ‘zbekistonda prezidentlik
respublikasiga xos xususiyatlar ko‘proq edi va yaqqolroq namoyon bo‘ldi.
2000-yillarga kelib ko‘plab masalalar hal bo‘ldi. Siyosiy partiyalar shakllandi,
xalqning ongi, madaniyati, qarashlari o‘sdi, turmush
tarzi ijobiy tomonga
o‘zgardi, farovonlik rivojlanib bordi. Hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida hamkorlik
o‘rnatildi.
Bular endi demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirishni
taqozo etdi. Natijada, Prezident zimmasidan ba’zi vazifalar olinishi uchun
sharoit yaratildi. Avvalgi bandda aytilganidek, avval Prezident bir vaqtning
o‘zida Vazirlar M ahkam asining Raisi bo‘lishi qoidasi bekor bo‘ldi. Keyinchalik
Prezidentning ijro hokimiyatining boshlig‘i vazifasi bekor bo‘lib, u faqat davlat
boshlig‘i hisoblandi. Prezidentning ayrim vakolatlari Senatga o‘tkazildi. Vazirlar
M ahkam asi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qaror qabul qilish huquqi
yo‘q bo‘ldi. Bundan
tashqari, Prezident Bosh vazir nomzodini Oliy Majlis
palatalariga to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri yoki o‘zi mustaqil taqdim qilmay,
saylovlarda
ko‘p o‘rin olgan siyosiy partiyalar tavsiya qilgan nomzodni Oliy Majlisga
taqdim qiladigan bo‘ldi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar
fraksiyalarining talabi bilan, Bosh vazirni lavozimdan ozod qilish masalalarini,
viloyat, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari talabi
bilan hokimlarni vakolat muddatidan avval lavozimdan ozod qilish masalasini
hal qilish va nihoyat Qonunchilik palatasi deputatlari tashabbusi bilan Bosh
vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi belgilangan tartibda amalga oshirilganda,
Bosh vazirni iste’foga chiqarish kabi Prezidentning vakolatlari vujudga keldi.
Bularning hammasi Prezidentning maqomi demokratlashib borayotganligini,
Prezident boshqa siyosiy tuzilmalarning fikri bilan kelishgan holda faoliyat
yuritishini ko‘rsatadi.
2007-yil
il-apreldagi Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g ‘risidagi
Qonunga asosan Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilib, uning 89-moddasi
quyidagi tahrirda bayon qilindi: « 0 ‘zbekiston Republikasining Prezidenti davlat
boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini
hamda hamkorligini ta ’minlaydi». Bu norma 0 ‘zbekiston Prezidentining davlat
hokimiyati tizimidagi o‘rnini, asosini, Prezidentning
maqomini va eng asosiy
vazifasini belgiladi.
Shunga asosan, Prezident har qanday davlat hokimiyati tarmoqlaridan xoli,
ularning birortasi tarkibiga kirmaydi, shunday ekan, hokimiyatning bo‘linishi
prinsipi unga ta ’sir qilmaydi, lekin shu prinsipning amal qilishini ta ’minlaydi.
0 ‘zbekiston Prezidenti faqat davlat boshlig‘i qilib belgilangan, lekin uning
huquqida shu maqomdagi boshqa davlat prezidentlaridan katta farq ham mavjud.
Prezident ijro hokimiyatiga boshchilik qilmasligi va faqat davlat boshlig‘i
maqomida bo‘lishi aslida, parlamentar respublikaga xos xususiyat va ularda
prezident parlament tomonidan yoki maxsus chaqirilgan organ tomonidan
saylanadi.
0 ‘zbekiston Prezidenti faqat davlat boshlig‘i maqomiga ega bo‘lib,
Konstitutsiyada unga keng vakolatlar berilgan, u siyosiy hayotda (amaliyotda)
ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 0 ‘zbekistonda Prezident hokimiyati mustaqil,
u parlament tomonidan nazorat qilinmaydi, parlament oldida m as’ulligi yo‘q.
Prezident amaliyotda barcha hokimiyat tarmoqlaridan ustun turadi. Buning
eng asosiy sabablaridan biri shundaki, 0 ‘zbekiston
Prezidenti xalq tomonidan
saylanadi va xalqdan to‘g ‘ridan-to‘g ‘ri vakolat oladi.
Prezident barcha hokimiyat tarmoqlaridan ustun, degan fikr quyidagilar
bilan isbotlanadi.
Prezident davlat hokimiyat organlariningkelishilgan holda faoliyat yuritishini
hamda hamkorligini ta’minlash bilan cheklanmaydi. 0 ‘zbekiston Prezidenti
qonunchilik, ijro, sud organlarini tashkil bo‘lishiga, faoliyatiga turli yo‘llar bilan
ta ’sir qiladi.
Qonunchilik
hokimiyati
-
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Oliy
Majlisining
shakllanishiga, Senatning bir qismi (16 ta senatorni)ni tayinlash va Senat raisi
nomzodini taqdim etish bilan ta’sir qilsa, Prezidentning Konstitutsiya qonunlarida
ko‘zda tutilgan hollarda, Oliy Majlis faoliyatini, uning palatalarini tarqatib yuborish
bilan to‘xtatish vakolatining mavjudligi Prezidentning Qonunchilik hokimiyatiga
nisbatan ustuvor mavqeini ko‘rsatadi. Prezident vakillik hokimiyati hisoblanuvchi
viloyat, Toshkent shahar, kengashlarini ham tarqatib yuborishi mumkin.
0 ‘zbekiston
Prezidenti
Vazirlar M ahkamasini
shakllantirish,
viloyat
hokimlarini (Toshkent shahar hokimini ham)
qonunga asosan tayinlash,
lavozimidan ozod qilish, Vazirlar M ahkam asi tarkibini har qanday vaqtda
o‘zgartirish, Vazirlar M ahkam asi va viloyat hokimlarining qarorlarini bekor qilish
orqali ijro hokimiyati faoliyatiga ta ’sir o‘tkazadi va bu yerda ham Prezidentning
ijro hokimiyatiga nisbatan ustuvor maqomini ko‘ramiz.
Prezident sudlov ishlariga aralashm agan holda barcha sud tarmoqlarini
tashkil qilishda ishtirok etadi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 19-bandiga muvofiq,
Oliy Majlis Senatiga Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud tarkibiga, shuningdek,
Respublika Sudyalar oliy kengashining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim
etadi. Shu moddaning 14-bandiga asosan, Sudyalar oliy kengashining taqdimiga
binoan viloyatlar, Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rinbosarlarini,
Respublika harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi. Sudyalar oliy
kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi. Shuningdek, Sudyalar oliy
kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan sudyalar bo‘yicha rozilik beradi.
Bundan tashqari, Prezidentda sud tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etish
huquqi ham mavjud.
Bulardan tashqari, Prezident 0 ‘zbekistonda faoliyat yuritadigan, lekin
biror-bir hokimiyat tizimiga kirmaydigan m u assasalar rahbarlarini lavozimga
tayinlashda ishtirok etadi. M asalan, M arkaziy bank boshqaruvi raisi, Bosh
prokuror, Hisob palatasi raisi, Davlat xavfsizlik xizmati raisi. Yuqoridagi fikrlar
0 ‘zbekiston Respublikasida boshqaruvning aralash shakli mavjudligini, u
244
kuchli prezident hokimiyatiga asoslanganligini ko‘rsatadi. Shunga mos ravishda
Prezidentga yetarli vakolatlar berilgan.
Konstitutsiyaning
94-moddasiga
asosan,
0 ‘zbekiston
Prezidenti
respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega boMgan farmonlar, qarorlar
va farmoyishlar chiqaradi. Bu ham Prezidentning huquqiy maqomini ko‘rsatuvchi
omillardan. Prezidentning 0 ‘zbekiston Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni
hisoblanishi va Qurolli Kuchlarning Oliy qo‘mondonlarini
tayinlash, vazifasidan
ozod qilishi ham uning maqomini xarakterlovchi omillardandir.
Prezident maqomi deganda, unga yuklatilgan vazifalar, ularni bajarish uchun
zarur vakolatlar va shu vakolatlarni amalga oshirishni ta’minlovchi huquqlar
hamda Prezidentning m as’uliyati, uning faoliyatining kafolatlari yig‘indisi
asosidagi prezidentlik huquqiy holati tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: