O. T. Husanov konstitutsiyaviy


 - § . P r e z id e n t n in g m a s ’u liy a t i



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

5 - § . P r e z id e n t n in g m a s ’u liy a t i
255


Barcha mamlakatlarning prezidentlari qasamyodi matnida umumiylik 
mavjud bo‘lib, bular:
- xalqqa va Vatanga sadoqat hamda vijdonan xizmat qilish;
- inson va fuqarolar huquq, erkinligini ta ’minlash;
- Konstitutsiya va qonunlarni himoya qilish, ularni ta ’minlash vazifasini o‘z 
zimmasiga olishi hisoblanadi.
Bulardan tashqari, turli mamlakatlar prezidentlarining qasamyodlarida 
yuqoridagilardan tashqari, majburiyatlarni yaqqolroq ifodalovchi holatlarni, 
milliy xususiyatlarni ko‘rish mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyodida Prezident zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishi alohida ko‘rsatilsa, Rossiya Federatsiyasi 
Prezidenti qasamyodida davlatning yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligini, 
xavfsizligini himoya qilish burchi alohida ko‘rsatilgan.
Konstitutsiyalarda Prezident qasamyodining matnidan tashqari, qaerda 
qasamyod qabul qilish ham belgilab qo‘yilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Oliy Majlis yig‘ilishida, Rossiya Prezidenti Federatsiya Kengashi, Dalat Dumasi 
a’zolari, Konstitutsion sud sudyalari ishtirokida qasamyod qabul qiladi. Bu eng 
tantanali marosimlardan biri hisoblanib, voqeaga purviqorlik baxsh etadi.
Prezidentning burchlari faqat qasamyod matni bilan chegaralanm agan. 
Bu faqat Prezident burchlarini kuchaytiruvchi, muqaddasligini ta ’minlovchi 
vositadir. Prezident burchlari Konstitutsiya matnlarida ham uchraydi. Ularda 
shu narsa aynan burch deb ko‘rsatilmasdan, Prezident vakolatini ko‘rsatuvchi 
qoidalar bo‘lsa-da, ba’zi qoidalarning m azmuniga chuqurroq e’tibor berish shu 
narsa burch ekanligini ko'rsatadi.
M asalan, 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
93-moddasining
1-bandidagi 
Prezidentning 
«fuqarolarning 
huquqlari 
va 
erkinliklariga, 
0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining 
kafilidir», buni Prezident Sh. Mirziyoyev alohida ta ’kidlaydi1, Konstitutsiyaning
2-bandidagi: « 0 ‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy 
yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarini 
amalga oshirish yuzasidan zaru r chora-tadbirlarni ko‘radi», degan qoidalar 
Prezidentga shu sohada burchlarni yuklaydi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 18,
19, 24, 25-bandlarida ham Prezidentning burchini ko‘rsatuvchi qoidalar mavjud. 
Konstitutsiyaning 91-moddasi Prezidentning o‘z vazifasini bajarib turgan davrda 
boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati 
bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan s h ug ‘ullanishi mum kin emasligini belgilab, 
Prezidentga m a’lum burch yuklagan.
Bundan tashqari qonunlarda, Prezidentning Parlamentda qabul qilingan 
qonunlarni belgilangan muddat (o‘ttiz kun ichida) ko‘rib chiqishi va e’lon

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin