Shuningdek, doimiy asosda ishlaydigan quyi - Qonunchilik
palatasining vakolati
va huquqlarini kengaytirish muhimligi ham ko‘rsatib
0
‘tildi1.
Bu ko‘rsatmalarga amal qilinganligini, Qonunchilik palatasining roli
kuchaytirib borilayotganligini quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin:
1. 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan va 2008-yil 1-yanvardan kuchga kirgan
«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish
hamda mamlakatni
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g ‘risida»gi
Konstitutsiyaviy qonunga asosan, Bosh vazir nomzodi Prezident tomonidan
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuv
o‘tkazilgandan so‘ng parlamentda ko‘rib chiqish va tasdiqlash
uchun taqdim qilish
tartibining o‘rnatilishi, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga
Prezidentga Bosh vazirni lavozimidan ozod qilish bo‘yicha taklif kiritish huquqining
berilishi Qonunchilik palatasining mavqei kengayganligini ko‘rsatadi.
2. Prezident Konsepsiyasi va u asosida Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish
va qo‘shimchalarga asosan, Bosh vazir va Qonunchilik palatasi o‘rtasida
ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy
sonining uchdan bir qismi ovozi bilan Bosh vazirga
nisbatan ishonchsizlik
votumi bildirish masalasini ko‘tarish huquqining berilishi ham Qonunchilik
palatasi mavqei oshib borayotganini ko‘rsatadi.
3. «2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha H arakatlar Strategiyasi»da, «Davlat va jamiyat
qurilishi tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalishlari»
belgilanib, unga asosan,
«Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda
Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish» nazarda tutildi2.
Bu hujjatda nazarda tutilgan masalalarni hal qilish yo‘llari 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berildi3.
4. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasida H ukum at a’zolarini parlament oldida m as’uliyatini
oshirish
maqsadida, Vazirlar M ahkam asi a’zolarini Oliy Majlis tomonidan
tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etdi. Bu parlament rolini yanada
kuchayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: