O. T. Husanov konstitutsiyaviy


Kengash deganda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari nazarda tutilgan



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

1 Kengash deganda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari nazarda tutilgan.
2 8 8


M ansabdor shaxslar deputat so'roviga so‘rov olingan kundan o‘n kundan 
kechiktirmay javob berishlari kerak. Deputat so‘rovi bo‘yicha axborot kengash 
majlisida muhokama qilinishi mumkin.
Deputat so‘rovi ham parlament so‘rovi singari sud, surishtiruv, prokuratura 
faoliyatiga tegishli bo‘lmasligi kerak.
Parlament va deputat so‘rovi ijro organlari ustidan vakillik nazoratining 
muhim va samarali vositasidir.
Deputat va senatorlar maqomida odob va axloq masalasi ham e’tiborga olinadi.
Deputat, senator odob qoidalariga qat’iy rioya etishi lozim. Deputatning, 
senatorning o‘z maqomidan fuqarolarning, jamiyat va davlatning qonuniy 
manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanilishiga yo‘l qo‘yi!maydi.
Deputatlik, senatorlik odobi buzilgan taqdirda deputatning, senatorning xulq- 
atvori to‘g ‘risidagi masala tegishli palata tomonidan yoki uning topshirig‘iga 
binoan palataning organi tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Deputat va senator xalq vakili, shu bilan birga, vakillik hokimiyati organlari 
vakilidir. Ularning o‘z faoliyatini erkin, hech qanday to'siqlarsiz, hech kimga 
qaram bo‘lmasdan amalga oshirishlari uchun ularning faoliyati huquqiy jihatdan, 
iqtisodiy jihatdan maxsus kafolatlanadi.
Eng avvalo, ularning sha’ni, qadr-qimmati alohida muhofaza qilinadi.
Har bir deputatga, senatorga o‘z vakolatlarini moneliksiz hamda samarali 
amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolatlanadi, uning huquqlari, sha’ni va 
qadr-qimmati muhofaza qilinadi.
Deputatning, senatorning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar 
qonunga muvofiq ma’muriy, jinoiy yoki o‘zga tarzda javobgar bo‘ladilar. 
Deputatni, senatorni haqorat qilish, shuningdek, unga nisbatan tuhm at qilish 
qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Deputatlik, senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish maqsadida 
deputatga, senatorga, qanday tarzda bo‘lmasin, ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Deputat, senator oldidagi o‘z vazifalarini bajarmaydigan, uning ishiga 
to‘sqinlik qiladigan, bila turib unga yolg‘on axborot beradigan, deputat, senator 
faoliyatining kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga 
muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Deputat va senatorlar daxlsizlik huquqidan foydalanadi.
Deputat, senator o‘zining vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik huquqiga 
ega bo‘ladi.
Tegishli palataning, xalq deputatlari Kengashlarining roziligisiz deputat, 
senator jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki 
sud tartibida beriladigan m a’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Deputatni, senatorni majburiy keltirishga, shuningdek, uning uy-joyi, xizmat 
xonasini, yuki, shaxsiy va xizmat transport vositalarini, yozishmalarini, u 
foydalanayotgan aloqa vositalarini, shuningdek, unga tegishli hujjatlarni ko‘zdan 
kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
289


Deputat, senator tegishli palatada ovoz berish chog‘ida fikr bildirganligi 
yoki nuqtai nazarini bayon etganligi uchun hamda o‘z vakolatlarini amalga 
oshirishi bilan bog‘liq boshqa harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi mum kin 
emas, shu jumladan, vakolatlari muddati tugaganidan keyin ham javobgarlikka 
tortilishi m um kin emas. Agar shunday xatti-harakatlar munosabati bilan deputat, 
senator haqorat qilishga, tuhm at qilishga yoki qonun hujjatlarida javobgarlik 
nazarda tutilgan boshqa qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, u daxlsizlik 
huquqidan m ah ru m qilingan taqdirda javobgarlikka tortiladi.
Qonunchilik palatasi deputatini va senatorni daxlsizlik huquqidan m ahrum
qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Deputatni, senatorni daxlsizlik huquqidan m ahrum qilish to‘g ‘risidagi 
masala 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatasi tomonidan o‘n kun 
ichida hal etiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining deputatni jinoiy javobgarlikka 
tortish, ushlab turish, qamoqqa olish yoki sud tartibida beriladigan m a’muriy 
jazoni qo‘llashga rozilik olish to‘g ‘risidagi taqdimnomasi Qonunchilik palatasi 
tomonidan ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik palatasining sessiyalari oralig‘idagi 
davrda esa, uning Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, Qonunchilik palatasi 
Kengashining ushbu masalaga doir qarori keyinchalik Qonunchilik palatasining 
sessiyasida 
tasdiqlanadi. 
Senatorni daxlsizlik huquqidan 
m ahrum qilish 
to‘g ‘risidagi masala Senat tomonidan uning majlisida, S enatning majlislari 
oralig‘idagi davrda esa, Senatning Kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Qonunchilik palatasining, Senatningyoki palatalarKengashlariningdeputatni, 
senatorni daxlsizlik huquqidan m ahrum qilishga rozilik berish masalasiga doir 
qarori darhol 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga yuboriladi.
Deputatni, senatorni daxlsizlik huquqidan m ahrum qilishga rozilik olgan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori ish yuritish tam om langan kundan 
e’tiboran uch kunlik muddat ichida Qonunchilik palatasiga yoki Senatga ishni 
tergov qilish, sudda ko‘rib chiqish natijalari to‘g ‘risida xabar qilishi shart.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatasining deputatni, 
senatorni daxlsizlik huquqidan m ahrum qilishga rozilik berishni rad etishi unga 
nisbatan jinoyat ishini yuritishni yoki sud tartibida beriladigan m a’muriy jazoni 
nazarda tutadigan m a’muriy huquqbuzarlik to‘g ‘risidagi ishni yuritishni istisno 
etadigan va bunday ishlarni tugatishga sabab bo‘ladigan holatlar mavjud bo‘lgan 
taqdirda bekor qilinishi mumkin.
Mahalliy Kengash deputatlarini daxlsizlik huquqidan m ahrum qilish tartibi, 
asosan, shunga o‘xshaydi. Faqat bu yerda deputatlik daxlsizligidan m ahrum
qilish masalasi haqidagi taqdimnoma tegishli xalq deputatlari Kengashlariga 
viloyat, tum an, shahar yoki yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan kiritilishi 
mumkin. Deputatni daxlsizlik huquqidan m ahrum qilishga ruxsatni sessiyalar 
oralig‘ida hokim beradi va bu keyinchalik sessiyada tasdiqlanishi kerak. Deputatni
290


daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g ‘risidagi prokurorning taqdimnomasini 
yuqori turuvchi prokuror chaqirib olishi mumkin.
Deputat, senator o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda guvohnomasini 
ko‘rsatib, 0 ‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek, ularning rahbarlari 
hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan 
foydalanadi.
Faoliyati davlat siri hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan yoki boshqa sirlar 
bilan bog'Iiq korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga deputatning, senatorning 
kirish tartibi qonunda belgilanadi.
Qonunchilik palatasi deputati va Senatda doimiy ishlovchi senatorlarning 
ishlagan vaqti umumiy ish stajiga avvalgi ixtisosi bo‘yicha qo‘shib hisoblanadi.
Korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarning rahbarlari o‘z vakolatlarini 
ishlab chiqarish yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshirayotgan 
Mahalliy Kengash deputatlari va senatorni u o‘zining vazifalarini bajaradigan 
vaqtda, uning ish joyi (lavozimi) saqlangan holda, ishdan ozod qilishi shart. 
Senatorlik va deputatlik vazifalarini bajarayotgan vaqtda ularning o‘rtacha ish 
haqi saqlanib qoladi.
Qonunchilik palatasi deputatlari va doimiy ishlovchi senatorlarga har yili 
o‘ttiz olti ish kunidan iborat haq to‘lanadigan mehnat ta ’tili beriladi, qonun 
hujjatlarida ko‘proq muddatli ta’til nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Har yilgi mehnat ta’tili deputatga, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining 
sessiyalari oralig‘idagi davrda beriladi.
Qonunchilik palatasi yoki Senat tarqatib yuborilgan taqdirda deputatga yoki 
Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi 
hamda ishga joylashish davrida qonunda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi 
saqlanib qoladi.
Barcha deputatlar va senatorlar vakolat muddati davomida harbiy yig‘inlardan 
ozod qilinadilar.
Qonunchilik palatasi devoni, tegishli hokimliklar, Senat devoni tegishincha 
deputatni, senatorni hujjatlar, zarur axborot va ma’lumot materiallari bilan 
ta ’minlaydi, shuningdek, deputatlik, senatorlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar 
bo‘yicha mutaxassislarning maslahatlarini uyushtiradi.
Qonunchilik palatasi deputatiga, senatorga texnik vositalar, aloqa vositalari 
va m a’lumotlar bazalaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Qonunchilik palatasi deputatiga, senatorga deputatlik, senatorlik faoliyati 
bilan bog‘liq xarajatlar uchun har oyda eng kam ish haqining besh baravari 
miqdorida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydigan 
mablag' to‘lanadi.
Deputat, senator 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida havo, temir yo‘l, 
avtomobil yo‘lovchilar transportida (taksi va shahar yo‘lovchilar transporti 
bundan mustasno) tekin yurish huquqidan foydalanadi.
291


Deputat, senator aeroportlar va aerovokzallar, temir yo‘l vokzallari hamda 
stansiyalarining rasmiy shaxslar va delegatsiyalar uchun mo‘ljallangan zallaridan 
tekin foydalanish huquqiga ega.
Deputat, senator o‘z guvohnomasini ko‘rsatganidan keyin temir yo‘l 
vokzallari va stansiyalarining yotoqli yoki yumshoq o‘rindiqli vagonidan, 
samolyot salonidan navbatsiz joy berishlari shart. Deputat, senator palataning 
majlisiga borayotganda unga samolyot chiptasi parvozdan kamida ikki soat 
oldin, boshqa hollarda esa, kamida bir sutka oldin beriladi.
Chiptasida o'rindiqning tartib raqami ham ko‘rsatiladigan shaharlararo, 
shuningdek, 
shahar atrofida qatnaydigan avtobuslarda deputat, 
senator 
avtovokzallar va avtostansiyalarning kassalaridan navbatsiz olinadigan tekin 
chipta bilan yuradi. Qolgan barcha hollarda deputatning, senatorning yo‘lovchilar 
transportida yurishi (taksi va shahar yo‘lovchilar transporti bundan mustasno) 
deputatning, senatorning guvohnomasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Deputat, senator har bir transport turida amalda bo'lgan normalarga mos 
qo‘l yukini tekin olib yurish huquqiga ega.
Transport tashkilotlari bilan hisob-kitob qilish tartibi qonun hujjatlarida 
belgilangan.
Mahalliy Kengashlarning deputatlari ham transportdan tekin foydalanishi 
mumkin. Deputatlar tegishli viloyat, tum an, shahar hududida havo, temir yo‘l, 
avtomobil yo‘lovchilar transportida (taksi va shahar yo‘lovchilar transporti 
bundan mustasno) tekin yurish, shuningdek, yo‘l pattalarini navbatsiz sotib 
olish huquqidan foydalanadi.
Bularga qo'shimcha ravishda Qonunchilik palatasi deputati va senatorlar 
Oliy Majlis tegishli palatalari binosida talab darajasida jihozlangan xizmat 
xonasi (yoki xizmat xonasida ish joyi) bilan ta ’minlanadi.
Qonunda Qonunchilik palatasi deputati va doimiy ishlovchi senatorlarga 
xizm at turar joyi berish ham ko‘zda tutilgan.
Deputatga, Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorga, agar ular Toshkent 
shahrida turar joyga ega bo‘lmasa, bergan arizalariga binoan vakolatlari amal 
qiladigan muddatga oila a’zolari bilan yashash uchun Toshkent shahrida xizmat 
tu ra r joyi beriladi.
Deputat, senator o‘ziga ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq berilgan 
hamda o‘zi egallab turgan xizmat turar joyini deputatlik, senatorlik vakolatlari 
tugagan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay bo‘shatib berishi shart. 
M azk u r talabning bajarilmasligi sud tartibida majburiy bajartirishga sabab bo‘ladi.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin