- 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek, palata
va Kengash qarorlarining bajarilishini tekshirish haqida ko‘rib chiqilishi uchun
masalalar taklif etishga;
- palata va Kengash' majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga;
- fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini
buzish holiari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa holiari m a’lum bo'Iib
qolgan taqdirda ularga darhol chek qo‘yish choralarini ko‘rish talabi bilan tegishli
organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat etishga haqli.
Bulardan tashqari, Qonunchilik palatasi deputati qonunchilik tashabbusi
huquqiga, palatadagi deputatlar birlashmalari ishida ishtirok etish huquqiga ega.
Shuningdek, mahalliy Kengashlarda tuzilgan partiya guruhlari ishida ishtirok
etish huquqiga ega.
Deputat va senatorlarning majburiyatlari, burchlari ham qonunda aniq
belgilab qo‘yilgan.
Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar va
Senat majlislarida (sessiyalarida) shuningdek, ular saylagan organlar (qo‘mita,
komissiyalar) tarkibiga a’zo bo‘lsa, ularning ishida qatnashishi, ovoz berishda
shaxsan ishtirok etishi shart.
Majlis, sessiya, turli organlar ishida ishtirok etish imkoniyati bo‘lm agan
taqdirda deputat, senatorlar tegishlicha Spikerga, Senat Raisiga (qo‘mita,
komissiya raislariga) oldindan xabar qilib qo‘yishi shart.
Qonunlarga muvofiq, deputat va senatorlar zimmasiga boshqa majburiyatlar
yuklanishi mumkin.
Deputatlar faoliyatida eng muhim institutlardan biri parlament so‘rovi
(mahalliy Kengashlarda deputatlik so‘rovi) hisoblanadi.
Deputat, senator davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor
shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan
tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan parlament
so‘rovi yuborishga haqlidir.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament
so‘roviga javobni belgilangan muddatlarda tegishli palataning majlisida beradilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, Bosh prokuroriga, surishtiruv
va tergov organlarining rahbarlariga yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish
yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
Parlament so‘rovlari bo‘yicha axborot tegishincha Qonunchilik palatasi,
Senat majlisida muhokama qilinishi mumkin.
Deputat so‘rovida deputat tegishli hududda joylashgan davlat organlarining
mansabdor
shaxslariga
ularning
vakolatlariga
doir
masalalar
bo‘yicha
tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilinishni talab etib, so‘rov
yuborishga haqli.
Dostları ilə paylaş: