Shu vazifalarni bajarish uchun u tegishli yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi va
aniq vakolatlarga ega.
Prokuratura organlari faoliyatining yo‘nalishlari:
Birinchi yo‘nalish - vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, tashkilotlar,
muassasalar va boshqa organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi;
- fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlarning
ijrosi;
- qurolli kuchlarda, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning harbiy
tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish.
Ikkinchi yo‘nalish - tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv, dastlabki tergovni
amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat
olib borish hamda ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini
muvofiqlashtirish.
Uchinchi yo‘nalish - jinoyatlar ustidan dastlabki tergov olib borish;
To‘rtinchi yo‘nalish - sudlarda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda davlat
ayblovini quvvatlash, sudlarda fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g ‘risidagi ishlarni hamda xo‘jalik nizolarini koVishda ishtirok etish va
qonunlarga zid hujjatlarga protest keltirish.
Beshinchi yo‘nalish - soliq intizomini mustahkamlashga, soliq, valyuta
sohasidagi jinoyatlar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek,
davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga qaratilgan qonunlarning ijro
etilishi ustidan nazorat o‘rnatish.
Oltinchi yo‘nalish - ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash
joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro
etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borish.
Yettinchi yo‘nalish - qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatning
huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishida ishtirok etish.
Ko‘rinib turibdiki, prokuratura organlari faoliyati ko‘p qirralidir. Ularni
amalga oshirish uchun prokuraturaga yetarli vakolatlar berilgan.
Jumladan, Prokurorning hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni
taqdim etish, taftish, tekshirishlar o‘tkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga
kelish va aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish,
qonunbuzarliklarni, ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni
bartaraf qilish, shuningdek, qonunga rioya etish to‘g ‘risidagi o‘z vakolatlari
doirasida
Dostları ilə paylaş: