- harbiy xizmatni sharafli ekanligini ta’minlash.
Mamlakatda mudofaa ishlarini tashkil qilish,
xavfsizlik, xavfsizlikni
saqlashga e’tibor hech vaqt va hech qanday holda susaytirilmasligi kerak.
Hozirgi davrda mamlakatimiz xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan
narsa -
bu terrorizm bo‘lib qolmoqda. Uning mudhish ishlaridan bir necha marta aziyat
chekildi va qurbonlar berildi. Shuning uchun bu xavfga qarshi kurash yo‘llari
haqida Birinchi Prezident o‘zining bir qator nutqlarida to'xtalgan1.
Mamlakat
mudofaasi, xavfsizlikni tashkil etish birgina davlatning ishi emas.
Albatta, bunda davlat asosiy rol o‘ynaydi. U mamlakatdagi barcha kuchlarni
mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashga safarbar qiladi.
Shu maqsadda fuqarolar
mudofaasi tashkil qilinadi. Bu ishga fuqarolar o‘rgatiladi, ko‘niktiriladi.
0 ‘zbekistonda «Fuqaro muhofazasi to‘g ‘risida»2 maxsus qonun mavjud
bo‘lib, unda fuqarolar muhofazasini tashkil etish bilan bog‘liq
barcha masalalar
huquqiy jihatdan hal qilingan.
Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mavjud xavf-xatarni oldindan aniqlash, uni
bartaraf etish choralarini oldindan ko‘rish juda katta foyda keltiradi.
Shuning
uchun mamlakatimizda xalqaro masalalar, bo‘lajak xavf-xatarlarni o‘rganish,
tadqiq qilish maqsadida yetarli tuzilmalar tashkil qilingan.
Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mamlakat Prezidenti
huzurida tuzilgan
maslahat organi - Xavfsizlik kengashi katta rol o‘ynaydi. U milliy xavfsizlik
bilan bog‘liq barcha masalalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi,
shunga mas’uldir.
Mudofaa, mamlakat xavfsizligi doimiy e’tibordagi masala.
Keyingi vaqtlarda
jahondagi bo‘layotgan voqealar ham buning dalilidir. 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy
Majlisga Murojaatnomasida
Dostları ilə paylaş: