O. T. Husanov konstitutsiyaviy



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«to'rtinchi ustuvor
vazifa — bank va moliya tizim idagi islohotlarni chuqurlashtirish»2
kerakligini ta’kidladi.
Ishlar natijasida qat’iy pul-kredit siyosatini o‘rnatish; inflyatsiya darajasining 
barqarorligini ta’minlash; milliy valyuta va uni almashuv kursi mustahkamligini 
saqlashda moliya-bank tuzilmalarining mas’uliyatini oshirish asosiy vazifa qilib 
belgilandi.
Prezident ko‘rsatmalari asosida banklarni kapitallashtirish; ularning nizom va 
aylanma fondlarini ko‘paytirish; mablag‘larini investitsiya maqsadlariga, birinchi 
navbatda, real iqtisodiyotga yo‘naltirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ko‘rildi.
Shuningdek, Mirziyoyev nutqida 
«bank aylanmasidan hali-beri chetda
qolayotgan salm oqli moliya m ablag4lari va pul oqim larini ushbu
tizim ga jalb qilish uchun aniq va qat’iy choralar ko‘rish» 
lozimligi3 
ta’kidlandi.
2010-yilga kelib moliya-bank tizimini rivojlantirish, barqarorligini ta’minlash 
maqsadida qabul qilingan qonunlar hamda ularga kiritilgan o‘zgartirishlar 
mazkur munosabatlarning huquqiy asoslarini ta’minlab kelmoqda. Bularga 
misol qilib «Banklar va bank faoliyati to‘g ‘risida», «Valyutani tartibga solish 
to‘g ‘risida»gi qonunlarni, Soliq kodeksidagi o'zgartirishlarni ko‘rsatish mumkin.
Bank tizimini yanada takomillashtirish zarurligi hozirgi kunda bu boradagi 
asosiy muammo haqida Sh. Mirziyoyev to‘xtalib: 
«Bugungi kunda bank
tizim idagi eng asosiy muammo - ular kapitalining asosiy qismi ya’ni,
83 foizi davlatga tegishli ekanidir. But o4z navbatida, bank sektorida
sog4lom raqobatga to4siq bo4lib, xizmat ko4rsatish sifatiga salbiy ta’sir
qilmoqda»4, 
- deb qayd qildi.
Shu bilan birga, xususiy banklar va xususiy mulkka asoslangan lizing, 
sug‘urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliyaviy tashkilotlar kabi 
moliyaviy institutlarni tashkil etishning qonunchilik asoslarini shakllantirish 
hisobiga moliya-bank sohalariga xususiy kapitalning jalb qilinishi muhim 
vazifalardan, deb belgilandi. Demak, moliya-bank tizimining bundan keyingi 
rivojlanishi xususiy kapitalning ishtiroki, uni jalb qilishga bog‘liqdir.

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin