O. T. Husanov konstitutsiyaviy


«Soliq tizim i ham bozor infrastrukturasining tarkibiy qism i



Yüklə 10,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/268
tarix01.12.2023
ölçüsü10,6 Mb.
#170776
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   268
Konstutsiyaviy Huquq O.T.Husanov

«Soliq tizim i ham bozor infrastrukturasining tarkibiy qism i
hisoblanadi. Uni hali chinakam iga tashkil qilishga to4g 4ri keladi.
Soliq xizm ati faqat soliq to4plash idorasigina bo4lib qolm asdan, balki
tadbirkorga u larn in g m oliyaviy faoliyatini tashkil etishda ham da
m oliya intizom iga rioya q ilin ish id a ko4m aklashish kerak»1, 
- deb 
Prezident soliq tizimini yaratish zarurligini va uning iqtisodiyotdagi o‘rnini 
ko‘rsatib bergan edi.
0 ‘zbekistonning soliq tizimi qanday bo‘lishi haqida tegishli rahbariy 
ko‘rsatmalar mavjud. Soliqlar davlat budjeti bilan mahalliy budjetlarni 
to‘ldirishning asosiy manbaidir. Soliqlar keng qamrovli, ayni paytda, har bir 
soha, tarmoq va korxonaga alohida qayishqoq va sharoitga moslashuvchi bo‘lishi 
kerak.
1 Karimov I.A. 0 ‘zbekistonn ing o ‘z istiqlol va taraqqiyot y o ‘li. - T: « 0 ‘zbekiston*( 1992. 57-bet.
3 7 6


Soliqlarning miqdorlarini turli yo‘Ilar bilan oshira borish davlatga va jamiyatga 
naf keltirmasligini anglash zarur. Soliqlar daromadlarning bir qismigagina 
solinishi, ayni vaqtda xalq xo‘jaligi va aholiga kerakli mahsulot hamda mollarni 
ko‘proq va yaxshiroq ishlab chiqarishga intilayotgan tashkilotlarni va kishilarni 
har jihatdan rag‘batlantirish lozim.
0 ‘zbekiston davlati zarur pul mablag‘iari fondlarini tashkil qilishda va turli 
ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishda soliqlardan foydalanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 123-moddasiga binoan: « 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi».
Soliq tizimi deganda, 0 ‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtda mavjud bo‘lgan, 
belgilangan tartibda soliqqa tortishning muhim shart-sharoitlari majmui tushuniladi.
Soliqqa tortishning muhim shart-sharoitlariga quyidagilar kiradi:
- soliqqa tortish tamoyillari;
- soliqlarni belgilash va joriy qilish tartibi;
- soliqlar tizimi;
- soliq nazoratini amalga oshirish shakli va usullari;
- soliq to‘lovchilarining huquqlari, majburiyatlari, ular manfaatlarini himoya 
qilish usullari;
- soliq munosabatlari ishtirokchilarining yuridik javobgarligi.
Demak, soliqqa tortishning muhim shart-sharoitlari yig‘indisi soliq tizimini 
tashkil etadi.
«Soliq tizimi» tushunchasi soliqlar tizimidan farq qiladi.
Soliqlar tizimi - bu tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy birlikka ega bo‘lgan 
alohida soliqlar yig‘indisidir.
Hozirgi paytda 0 ‘zbekiston soliqlar va majburiy to‘lovlar tizimida «Soliq 
kodeksi»ning 23-moddasiga asosan quyidagi soliqlar va majburiy to‘lovlar turlari 
belgilangan:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus soliqlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
Boshqa majburiy to‘lovlarga esa, quyidagilar kiradi:
- davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar: yagona ijtimoiy to‘lov, 
avtotransport yig‘imlari;
- davlat boji;
- bojxona to‘lovlari;
- ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim xizmatlarni 
ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar.
3 7 7


Bulardan qaysilari umumdavlat soliqlari va majburiy to‘lovlar bo‘lishi, 
qaysilari mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo‘lishi kodeksning shu 
moddasida belgilab qo‘yilgan.
Soliqlarni joriy qilish - bu hokimiyatning qonun chiqaruvchi organi bo‘lmish 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakolatidir. 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 123-moddasida: «Soliqlarni joriy qilishga faqat 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi haqli», - deb yozib qo‘yilgan.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘lishi uchun quyidagi elementlar 
bo‘lishi shart:
- soliq solish obyekti;
- soliq solinadigan baza;
- stavka;
- hisoblab chiqarish tartibi;
- soliq davri;
- soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
- to‘lash tartibi.
Soliq qonunida bu elementlarning bo‘lmasligi yoki noaniq ifodalanishi soliq 
munosabatlarida chalkashliklarning yuzaga kelishiga, qonun oldiga qo‘yilgan 
vazifalarni to‘liq bajarilmay qolishiga sabab bo‘ladi.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi 
100-moddasida 
mahalliy 
davlat hokimiyatlarining mahalliy soliqlar va yig‘imlarni belgilash vakolati 
mustahkamlangan. Budjet kodeksi 27-moddasi va «Mahalliy davlat hokimiyati 
to‘g ‘risida» qonuni 24-moddasida mazkur vakolat aniqlashtirilgan bo‘lib unga 
ko‘ra, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari mahalliy soliqlar 
va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan 
miqdorlar doirasida belgilaydi. Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida» qonuni
24-moddasiga binoan hokimlarga qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida 
soliqlar bo'yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga 
oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib 
boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish vakolati berilgan.
2018-yil 29-iyun « 0 ‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish 
konsepsiyasi to‘g ‘risida»gi Prezident Farmoni, mamlakatimiz soliq tizimini 
tubdan takomillashtirishni nazarda tutdi. Shu asosda Soliq kodeksiga kiritilgan 
o‘zgartirishlar soliq yukini kamaytirishiga, soliq ma’muriyatchiligini jahon 
talablari darajasida tashkil qilishga olib keladi. Bu esa fuqarolar daromadini, 
xususiy tadbirkorlar daromadlarini oshishiga, shu bilan birga davlat budjetini 
oshishiga olib keladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida 

Yüklə 10,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin