0 ‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
122-moddasining
ikkinchi
bandi 0 ‘zbekiston Respublikasining davlat budjetiga bag‘ishlangan bo‘lib,
0 ‘zbekistonning Davlat
budjeti
respublika
budjetidan,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iborat ekanligi ko‘rsatiIgan.
2000-yil 14-dekabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan
bizning respublikamizda birinchi marta budjetga oid qonun, ya’ni 0 ‘zbekiston
Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risidagi»gi Qonuni qabul qilindi. 2013-yil
26-dekabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi qabul qilinishi bilan
yuqoridagi qonun o‘z kuchini yo‘qotadi va 0 ‘zbekiston Respublikasida budjetga
oid barcha masalalar mazkur qonunga asosan hal qilinadi. Davlat budjeti
loyihasini o‘z ichiga olgan Budjetnoma 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan tayyorlanadi va 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
joriy yilning 15-sentabriga qadar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasi loyihani keng
muhokamadan o‘tkazib, ma’qullangandan so‘ng, joriy yilning 15-oktabriga qadar
0 ‘zbekiston Respublikasi Hisob Palatasi xulosasi bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy majlisi palatlariga kiritadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan
budjetnoma 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan
ko‘rib chiqiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari soliq va budjet
siyosatining asosiy yo‘nalishlarini, prognoz yil uchun Davlat budjetini, davlat
maqsadli jamg‘armalarining budjetlarini hamda kelgusi ikki yilga oid budjet
mo‘ljallarini qabul qiladi.
Davlat budjeti - bu davlat hokimiyati vakillik organi tomonidan
tasdiqlanadigan markazlashgan pul fondlarining tashkil topishi, taqsimlanishi
va foydalanishning asosiy moliyaviy rejasi bo‘lib, davlatning barcha vazifalari va
funksiyalarini ta’minlashga xizmat qiladi. 0 ‘zbekistonning Davlat budjeti ikki
qismdan: daromadlar va xarajatlardan iborat.
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat
budjeti ijrosini nazorat qilishni amalga oshirish chog‘ida:
- turli darajadagi budjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi;
- turli darajadagi budjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g ‘risida soliq va
bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlardan
axborotlar oladi.
Budjet mablag‘lari oluvchidan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning
tushumi va sarfi to‘g ‘risida ma’lumotlarni talab qilib oladi:
- qonun hujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag‘lari xarajati
to‘g ‘risida ma’lumotlar oladi;
- budjet mablag‘lari oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘z vakolatlari
doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan o‘tkazadi.
Dostları ilə paylaş: