e)
ag ar shaxs chet davlatning fuqaroligini tu g ‘ilganlik bo‘yicha
yoxud chet
davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga
yetm agan yoshida olgan bo‘lsa va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet
davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa.
0 ‘zbekiston
fuqaroligini yo‘qotganlik uning erining (xotinining)
va
farzandining (bolalarining) fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.
5-§. Fuqarolarning huquqlarini himoya qilish
Shaxs fuqaro bo‘lgach, fuqaro va davlat o‘rtasida ma’lum munosabatlar orqali
uzviy bog‘lanish vujudga keladi. Bu bog‘liqlik o‘zaro huquq va majburiyatlar
orqali mustahkamlanadi.
Fuqaroning davlat oldidagi majburiyatlari uning Konstitutsiya va qonunlarda
belgilangan burchlari
orqali amalga oshirilsa, o‘z navbatida, davlatning fuqaro
oldidagi majburiyatlari ham Konstitutsiyada belgilangan m as’uliyati orqali
amalga oshiriladi.
Davlatning fuqaro oldidagi m as’ulligi konstitutsiyaviy tuzum prinsiplari
darajasiga ko‘tarilganligi (2-modda) mamlakat ichkarisida ham, tashqarida
ham davlat faoliyatini fuqarolarning huquqlarini,
manfaatini himoyalashga
yo‘naltirishga asos bo‘ladi.
Konstitutsiyaning 22-moddasida bu masalaning qonuniy ifodasi o‘z o‘rnini
topgan. Unga asosan, « 0 ‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning
tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik
ko‘rsatishni kafolatlaydi».
Fuqarolarni m amlakat hududida himoya qilish turli vositalar orqali amalga
oshiriladi. Bular:
- fuqarolar huquq va erkinliklarining Konstitutsiya va qonunlarda belgilab
qo‘yilishi;
- fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ta ’minlovchi, buzilgan huquqlarni
tiklovchi davlat organlari tizimining o‘rnatilishi;
- fuqarolarning huquqlarini himoya qiluvchi nodavlat
tuzilmalari faoliyatiga
ko‘maklashish.
Avval aytilganidek, fuqarolar huquqlarini ta’minlashda sud organlarining
faoliyati alohidadir. «Sudlar to‘g ‘risida»gi Qonunda sudlarning asosiy vazifasi
fuqarolar huquqlarini
himoya qilish, deb ko‘rsatilgan. Boshqa davlat organlarining
faoliyatiga tegishli qonunlarda ham fuqarolarning huquqlari, xavfsizligini
ta ’minlash vazifasi mavjudligini ko‘ramiz.
Konstitutsiyaning 100-moddasida, mahalliy hokimiyat
organlari ixtiyoriga
kiritilgan vazifalar qatorida, fuqarolarning xavfsizligini ta ’minlash ko‘rsatilgan,
bu «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g ‘risida»gi Qonunda yanada kengroq
ifodalangan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi,
Adliya vazirligi tarkibida inson huquqlarini himoya qiluvchi maxsus tuzilmalar
tashkil qilingan va ular samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
104
0 ‘zbekistonda fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi milliy institutlar tizimi
yaratilgan. Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)
va Inson huquqlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi inson
huquqlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynovchi milliy institutlardandir.
0 ‘zbekiston Respublikasi
fuqarolarining huquqlari, manfaatlari nafaqat
mamlakat ichkarisida, balki boshqa mamlakatlar hududida ham davlat tomonidan
himoya qilinadi. Bu vazifani bevosita 0 ‘zbekistonning chet mamlakatlardagi
diplomatik va konsullik idoralari bajaradi. 0 ‘zbekiston fuqarolari chet ellarda
surishtiruv, tergov, sud organlari tomonidan javobgarlikka tortilsa, davlat ularni
huquqiy himoya qilish, advokatlar bilan ta ’minlash choralarini ko‘rishi mumkin.
Bularning
barchasi
0 ‘zbekiston
Konstitutsiyasining
43-moddasida
mustahkamlangan:
«Davlat
fuqarolarning
Konstitutsiya
va
qonunlarda
m ustahkam langan huquqlari va erkinliklarini ta ’minlaydi», - degan qoidaning
amaliy ifodasidir. Davlatning fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta ’minlash
m as’uliyati mamlakat ichkarisida ham, xorijiy mamlakatlarda ham amalga
oshiriladi.
Fuqarolar huquqlarini himoya qilishda Ombudsman instituti muhim rol
o‘ynaydi, bu haqda Prezidentimiz shunday degan edi: «Oliy Majlis tarkibida
inson huquqlari masalasi bilan shug‘ullanuvchi vakillik tashkil etilsa, maqsadga
muvofiq bo‘lar edi, deb o‘ylayman. Bu Oliy qonunchilik
organimiz maqomiga
mos keladi. Muhimi u jamiyatimizda inson huquqlari muammosini hal etishni
yangi sifat darajasiga ko‘tarishga xizmat qiladi»1.
2004-yil
avgustda
«Oliy Majlisning Inson
huquqlari
bo‘yicha
vakili
(Ombudsman) to‘g‘risida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Ushbu Qonunda
Vakilni saylash tartibi takomillashtirildi. Shuningdek, uning huquqiy maqomi
birmuncha aniqlashtirildi. Uning asosiy vazifasi sifatida fuqarolarning qonuniy huquq
va manfaatlarini himoya qilish belgilandi. Bundan tashqari,
Vakilning huquqlari va
shikoyatlarni ko‘rib chiqish chog‘idagi huquqlari alohida tartibda belgilandi.
Xuddi
shuningdek,
1996-yil
31-oktabrdagi
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining Farmoni bilan tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha 0 ‘zbekiston
Respublikasi Milliy markazi fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda alohida
o‘ringa ega. Unga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- inson huquqlari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarini
amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga
ko‘maklashish;
- inson huquqlari sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
- mamlakatda inson huquqlari ahvoli haqida milliy ma’ruzalar tayyorlash
va boshqalar. M arkazga fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish,
Dostları ilə paylaş: