EXHT bilan hamkorlik O’zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot -Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti -EXHT ga a’zo bo’lib kirdi. I.Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo’lgan Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so’zlashi va Kengashning 10 iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallayotganligining dalilidir. I. Karimov o’z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bo’lgan mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yo’l qo’ymaslik muammolari bilan shug’ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta’sirchanligini oshirish, hujjatlar mojarolarni oldini olish, yo’l qo’ymaslik ruhida bo’lishini ta’minlash takliflarini ilgari surdi. 1999 yil noyabr oyida bo’lgan EXHTning Istanbul sammiti Islom Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma’qullandi. 1996 yil fevral oyida O’zbekiston bilan Evropa Ittifoqi o’rtasida hamkorlik o’rnatish bo’yicha muzokaralar bo’ldi. Shu yil iyul oyida Florentsiya shahrida Evropa Itgifoqibilan O’zbekiston o’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risida Bitim imzolandi. Bu hujjat O’zbekistonning Evropa Ittifoqi va unga a’zo bo’lgan 15 ta mamlakat bilan o’zaro munosabatlarining huquqiy negizi bo’lib siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi. Evropa Ittifoqi bilan hamkorlik O’zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish bo’yicha Vena Konventsiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar xaqidagi Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo’llashni taqiqlovchi Konventsiyaga, Yadro qurolini tarqatmaslik xaqidagi shartnomaga qo’shilgan. Shunday qilib, O’zbekiston tarixan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo’shildi, xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko’tarildi. 1996 yilda Shanxayda, 1997 yilda Moskvada bo’lib o’tgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa, «Shanxay forumi» yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan edi. 2001 yil 14-15 iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo’lib o’tdi. Uning ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O’zbekistonning «Shanxay forumi»ga to’la huquqli a’zo bo’lishi to’g’risida bayonot imzolandi. O’zbekistonning «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay hamkorlik tashkiloti – ShHT,deb o’zgartirildi. O’zbekiston uning asoschilaridan biri bo’ldi. 2001 yil iyunda bo’lgan sammit yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish to’g’risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konventsiyasi imzolandi. 2002 yil 6-7 iyun kunlari ShHT ga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt- Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta’sis hujjati - ShHT Xartiyasi, ShHTga a’zo davlatlar o’rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. 2003 yil 29 may kuni Moskvada bo’lib o’tgan sammitda ShHT ning doimiy amal qiluvchi idoralari – Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo’mitasini ishga tushirishga qaror qildi. Bu tashkilotlar 2004 yil yanvardan boshlab ish boshladilar. 2004 yil 17 iyun kuni Toshkentda ShHT ga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi. Unda ikki asosiy masala – xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha muzokaralar bo’ldi. Sammitda 2004 yil mart oyida O’zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat O’zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo’lganligi, terrorchilarning bazalarini yo’qotish, odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi. Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo’mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilik oldini olish vazifasi yuklangan. ShHT ning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda ShHT ga a’zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir, deb ta’kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi yo’nalishlarini rag’batlantirishga kelishib olindi:
transport infratuzilmasini rivojlantirish;
tabiiy mineral xomashyo zahiralarini o’zlashtirish;
suv-energetika zahiralaridan unumli foydalanish;
ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish;
investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu sohadagi to’siq va muammolarni bartaraf etish.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi XU Tszintao Xitoy hukumati ShHT doirasadagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 900 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratishini ma’lum qildi. Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, ShHT ning vakolatlari va immunitetlari to’g’risidagi konventsiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to’g’risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar – jami o’nta hujjat imzolandi. GUUAM tashkiloti1996 yilda Venada Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon va Moldova davlatlari rahbarlari uchrashib, ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida o’ziga xos tuzilmaga asos solgan edi. 1999 yil aprel oyida O’zbekiston ham unga qo’shildi va bu tashkilot uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritiladi. GUUAM mamlakatlari 1993 yilda Bryuselda asos solingan Evropa-Kavkaz-Osiyo transport yo’laginibarpo etishni ko’zda tutuvchi TRASEKA loyihasini amalga oshirish masalasida hamkorlik qilmoqda. TRASEKA dasturining amalga oshishi xalqaro yuk tashishning global tizimini shakllantirish, Sharq va G’arb mamlakatlarini bog’lovchi Buyuk ipak yo’lini tiklash, mamlakatlar o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.