O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston qishloq xo’jaligi, paxta yakkahokimligi



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə96/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston qishloq xo’jaligi, paxta yakkahokimligi



Garchi ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari sovetlar mamlakati foydasiga hal bo’lib, bundan keyin uning xalqlari oldida ijtimoiy taraqqiyotning yangi marralari ochilgandek ko’rinsada, biroq tez orada totalitar tuzumning ularga zug’umi, zo’ravonligi, ta’sir-tazyiqi yangidan kuchaya bordi. O’zbekiston iqtisodiyotini bir tomonlama rivojlantirish, uni mamlakatning asosiy paxta bazasiga aylantirish, bu hududda paxta yakkahokimligini kuchaytirish - Ittifoq hukmdorlarining bosh maqsadiga aylandi. SSSR XKS va VKP (b) MQning 1945 yil 15 iyuldagi «O’zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada rivojlantirish choralari to’g’risida» gi va SSSR XKSning 1946 yil 2 fevraldagi «1946-1953 yillarda O’zbekistonda paxtachilikni qayta tiklash va yanada yuksaltirish rejasi va tadbirlari to’g’risida» qabul qilgan qarorlari ham shu maqsadga qaratilgan edi. Tub aholi manfaatlariga hamohang bo’lmagan, paxta yakkahokimligini kuchaytirishga yo’nalgan bu qarorlar O’z KP MQning 1945 yil sentyabrida bo’lgan XII plenumida muhokama etilib, ijro etish uchun qabul qilindi. O’zbekiston xalq xo’jaligini rivojlantirishga mo’ljallangan mablag’larning katta qismi paxtachilikka ajratildi va uning bilan bog’liq bo’lgan tarmoqlarga sarflandi. Respublika traktor parki sezilarli ko’paydi, kolxozlarga texnik xizmat ko’rsatuvchi MTS lar soni 245 taga etdi, ulardagi traktorlar soni 1950 yilda 29,5 mingtani, paxta terish mashinalari soni 3617 tani tashkil etdi. Respublika qishloq xo’jaligining yuk avtomobillar parki 1950 yilda 7934 ta yuk avtomobillari va avtotsisternalarni tashkil qildi. 1950 yilga kelib amalga oshirilgan muhim tadbirlardan yana biri, bu mavjud jamoa xo’jaliklarining yiriklashtirilishi bo’ldi. O’zbekiston SSRda 1777 ta mayda kolxozlar o’rniga 752 ta yirik kolxozlar tashkil etildi. Hukmron sovet mafkurasining zo’r berib yurt odamlari o’rtasida soxta vatanparvarlik, mehnatsevarlik, fidoyilik g’oyalarini yoyishi, doimiy mehnat safarbarligining o’tkazilishi va shu singari zo’rma-zo’raki tadbirlar natijasida respublikada paxtachilik va boshqa sohalar butun choralar bilan rivojlantirib borildi. Agar 1940 yilda gektaridan 14,9 ts. paxta hosili olingan bo’lsa, 1950 yilda respublika paxtakorlari 2282,4 ming tonna paxta xomashyosi etishtirdilar, hosildorlik gektariga 20,1 ts.ni tashkil qildi. 50-yillardan boshlab Markaz amri bilan respublika mehnat ahlining butun e’tibori taqir va bo’z erlarni o’zlashtirish va u erlarda paxtachilik xo’jaliklarini yangidan tashkil etishga qaratildi. Sobiq KPSS MQ va SSSR Ministrlar Sovetining 1956 yilgi «paxta etishtirishni ko’paytirish uchun O’zbekiston SSR va Qozog’iston SSRdagi Mirzacho’l qo’riq erlarini sug’orish to’g’risida»gi, 1958 yilgi «O’zbekiston SSR, Qozog’iston SSR va Tojikiston SSR dagi Mirzacho’lni sug’orish va o’zlashtirish ishlarini yanada kengaytirish va jadallashtirish to’g’risida»gi qarorlariga asosan Mirzacho’lda katta maydonlarda qo’riq erlarni o’zlashtirish ishlari olib borildi. Yangi erlarni o’zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ularning xo’jalik binolari, aholi yashaydigan poselkalar bunyod etish bilan birga olib borildi. 1956-65 yillarda Mirzacho’lda 84 ming gektar yangi er o’zlashtirildi, 16 ta paxtachilikka ixtisoslashgan, bitta bog’dorchilik-uzumchilik sovxozlari tashkil etildi. Shu yillarda o’zlashtirilgan joylarda 456 ming kv metr turar joy binolari, o’nlab maktablar, bolalar bog’chalari,
kasalxonalar, oshxonalar, madaniy maishiy muassalar barpo etildi. 170 kmli temir va 759 km avtomobil yo’llar qurildi, 637 km elektr liniyalari o’tkazildi, xo’jaliklar, turar joy binolari gazlashtirildi. Mirzacho’l erlarini sug’orish, meliorativ holatni yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Janubiy Mirzacho’l kanali qurildi. 1957 yilda Yangier va 1961 yilda Guliston shaharlari vujudga keldi. 1963 yil 16 fevralda markazi Guliston shahri bo’lgan Sirdaryo viloyati tashkil etildi. Viloyatda paxta ekiladigan er maydonlari 1956 yildagi 130 ming gektardan 1965 yilda 211 ming gektarga, paxta xom-ashyosi etishtirish esa 243 ming tonnadan 441 ming tonnaga ko’paydi. Markaziy Farg’ona, Qoraqalpoq ASSR, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham sug’oriladigan erlarni kengaytirish, irrigatsiya qurilishi ishlari keng ko’lamda olib borildi. Qoraqalpog’istonda yangi sholikorlik sovxozlari ishga tushdi. Buxoro viloyatida 1963 yilda Amu-Qorako’l mashina-kanali, 1965 yilda Amu-Buxoro mashina-kanali qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada Buxoro viloyatida 90 ming gektar er, jumladan 26 ming gektar yangi er maydonlari sug’oriladigan, Qizilqum sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga suv boradigan bo’ldi. 1953-1963 yillarda Markaziy Farg’ona cho’llarida 72,4 ming gektar er o’zlashtirildi, 16 ta yangi kolxoz va 2 ta yangi sovxoz vujudga keldi. 50-60 yillarda Kosonsoy, Qamashi, Farg’ona, Pachkamar, Chorvoq, Quyimozor, Janubiy Surxon, Chimqo’rg’on, Toshkent, Ohangaron suv omborlari, suvdan tejab foydalanish maqsadida 545 km beton ariqlar qurildi. 235 Sobiq KPSS MQning 1966 yil May Plenumining meliorativ ishlarni kengaytirish haqidagi qarori O’zbekistonda yangi erlarni o’zlashtirsh va sug’orish ishlarini yanada kengaytirshga asos bo’ldi. Jizzax cho’lida 70 ming gektardan ko’proq yangi erlar o’zlashtirildi. O’zlashtirilgan erlarda Mirzacho’l (1967), Do’stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. Sanoat korxonalari barpo etilgan, aholi zichroq yashaydigan poselkalar bazasida Paxtakor (1974), Do’stlik(1974), Gagarin (1974), Ul’yanovsk(1974), Il’ich (1980) shaharlari vujudga keldi. Jizzax cho’lida 1454 ming kv metr turar joy binolari, 21,9 ming o’rinli maktablar, 6800 o’rinli bolalar bog’chalari, klublar, shifoxonalar, oshxonalar qurildi. 1973 yilda Jizzax viloyati tashkil etildi. Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg’ona, Samarqand, Xorazm viloyatlarida, Qoraqalpog’iston ASSRda ham suv xo’jaligi, yangi erlar o’zlashtirish ishlari keng miqyosida olib borildi. 70- yillarda Amudaryo suvi hisobiga eng yirik Tuyamo’yin,
Kampirovot daryosi bo’yida Andijon, Namangan viloyatida Chortoq va Eskar, Samarqand viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloyatida Dexqonobod suv omborlari bunyod etildi. Katta Namangan, Parkent va boshqa kanallar qurildi. Shunday qilib, O’zbekiston hududida 1946-65 yillarda qariyib 600 ming gektar yangi sug’oriladigan erlar ishga tushirilgan bo’lsa, 1966-85 yillarda 1,6 million gektar yangi erlar o’zlashtirilib foydalanishga topshirildi. 1985 yilda 10 miliard kubometr suvni to’plovchi 23 suv ombori. 197 ming km uzunlikdagi kanallar, 900 ta sug’orish tarmog’i, 92 ming gidrouzellar ishlab turdi. O’zlashtirilgan qo’riq erlarda 160 sovxoz tashkil etildi. 7,7 mln kv m turar-joy, 37 ming o’rinli maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, 102 ming o’rinli umumta’lim maktablari barpo etildi. Qishloq xo’jaligining moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Xo’jaliklarni elektr energiyasi bilan ta’minlash, ularga traktorlar va boshqa qishloq xo’jalik mashinalari, mineral o’g’itlar etkazib berish ishlari ancha yaxshilandi. Masalan, 1985 yilda kolxoz va sovxozlarda 189 ming traktor, 37 ming paxta terish mashinasi va boshqa turdagi texnika vositalari bor edi. Cho’llarni o’zlashtirish uchun ming-minglab odamlar safarbar etildi. Bu joylarni obodonlashtirish, paxta plantatsiyalarini ko’paytirish uchun yuz minglab aholi oilalari bilan yashab turgan so’lim maskanlarini tashlab, majburan ko’chirildi. Qanchalab yoshlar, yigit-qizlar komsomol yo’llanmasi bilan bu dasht-biyobonli erlarga kelib, og’ir mehnat mashaqqatini chekib, davlatga ko’proq «oq oltin» etkazib berish uchun ter to’kdilar. Respublikada paxta yakkahokimligining kuchayib borganligi faktini shunda ko’rish mumkinki, agar 1950 yilda 1,1 mln gektar erga g’o’za ekilgan bo’lsa, 1985 yilga kelib bu ko’rsatkich 2 mln gektargacha etdi. Paxta xomashyosi shu yillarda 2,3 mln. tonnadan 5,4 mln. tonnaga ko’paydi. Hosildorlik har gektar hisobiga 20,1 ts dan 27,0ts. ga ko’tarildi. Respublika qishloq xo’jaligida paxta etishtirish salmog’ining ortib borishi davomida o’zbek halqi nomini ne zamonlar dunyoga mashhur qilgan muhim ziroatchilik sohalari: shirin-sharbat meva, poliz, sabzavot, sohibkorlik, donchilik va boshqa mahsulotlar etishtirish asta-sekin kamayib, qisqarib bordi. Eng achinarlisi shuki, xalqimizning azaliy mashg’uloti samarasi bo’lgan bu xil mahsulotlarning ko’pi bora-bora respublikamizga chetdan keltiriladigan bo’lib qoldi. Masalan, bug’doy, arpa etishtirish 236 imkoniyati katta bo’lgani holda, uni ekish uchun sug’oriladigan erlar ajratilmas, shu bois bu ekin turlari asosan lalmikor erlarda etishtirilardi. Hosildorlik ham gektar boshiga atigi 5-8 tsentnerni tashkil etardi, xolos. 1985 yilda respublika bo’yicha atigi 387,9 ming tonna g’alla etishtirilgan. Bu uning ehtiyojini mutlaqo qanoatlantirmas edi, albatta. Chorvachilik, parandichilik, baliqchilik sohalarini rivojlantirishda respublikaning imkoniyat darajasi qanchalik keng va va katta bo’lmasin, biroq bular ham sovetlar davrida etarli foyda va daromad bilan ishlaydigan xo’jalik tarmoqlariga aylana olmadi. Buning ustiga paxta maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, ob-hayot bilan ta’minlash borasida ham jiddiy muammolar kelib chiqib, ularning yillar davomida hal etilmay kelishi esa ko’plab noxush hollarning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Atrofmuhitning buzilishi, suv havzalarining ifloslanishi, kasallik turlarining ortishi, erlarning kimyoviy moddalar bilan zaharlanishi kabi holat vujudga keldi. Ekin maydonlarining surunkali zararli kimyoviy o’g’itlar, aralash birikmalar bilan ishlanishi nafaqat erlarning yaroqsiz holatga, tuproq eroziyasiga olib kelib qolmasdan, balki ayni paytda ming-minglab dala mehnatkashlarining umriga ham zavol bo’ldi, sonsanoqsiz kasalliklarning vujudga kelib, keng tarqalishiga olib keldi.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin