O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


-1985 yillarda Respublika sanoati, uning bir tomonlama



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə97/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

5. 1946-1985 yillarda Respublika sanoati, uning bir tomonlama
rivojlantirilishi
Tiklanish Urushdan keyingi yillarda O’zbekistonda sanoatni tiklash va rivojlantirish hukmron Markaz oliy manfaatlaridan kelib chiqilib, uning «sotsializm va kommunizm jamiyati» qurishdan iborat bosh strategik vazifalari, dasturiy rejalariga asoslanib hamda O’zbekistoning boy xomashyo va mineral resurslaridan maksimum foyda olishni ko’zlab bu sohaga e’tibor qaratib borilgan. O’zbekiston iqtisodiyoti va uning muhim bo’g’ini sanalgan sanoati urushdan keyingi 1946-1950 yillarda tiklandi va rivojlanib bordi. 1946-1950 yillarda 150dan ziyod yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Quvvatiga ko’ra SSSRda uchinchi o’rinda turuvchi Farxod GESning birinchi va ikkinchi navbatlari qurib bitkazildi. 1- Oqqovoq, 1-Bo’zsuv, 2-Bo’zsuv va boshqa gidroelektr stantsiyalar qurildi. Qora metallurgiya sanoati rivojlandi. O’zbek metallurgiya kombinatining «300» prokat stani va yubqa listli «700» prokat stani qurildi, marten va prokat tsexlari loihada belgilangan quvvatga etdi. «Toshselmash», «O’zbekselmash», «Chirchiqselmash», Samarqandagi «Krasniy dvigatel» va boshqa zavodlar paxtachilik bilan bog’liq mashinalar ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’ydilar. 1950 yilda 4803 ta chigit seyalkalari, 7784 ta traktor kultivatorlari tayyorlandi. 1950 yilda 4641 ta SX-40 paxta terish mashinalari tayyorlandi. Paxta tozalovchi mashinalar ishlab chiqarish 1946 yilda 363 ta bo’lgan bo’lsa, 1950 yilga kelib ularning soni 1251 taga etdi. Shuningdek yoqilg’i sanoati tiklandi va rivojlandi. Farg’ona vodiysida Moylisoy, Shahrixon, Surxondaryoda Kokaydi va Lalmikor neft konlari ochilib foydalanishga topshirildi. Oltiariq neftni haydash zavodi kengaytirildi. Neft ishlab chiqarish 1950 yilda respublikada 163 mln. tonnadan oshib ketdi. Polvontosh-Asaka gaz quvuri qurildi. 237 Engil sanoat o’sib bordi. Farg’ona va Qo’qonda yangi to’qimachilik kombinatlari, Toshkentda trikotaj fabrikasi, Buxoro, Samarqand va Namanganda ip yigirish fabrikalari qurilib ishga tushirildi. Agar 1941 yilda 107 mln. metr ip-gazlama ishlab chiqarilgan bo’lsa, 1950 yilda 161 mln. metr ip-gazlama tayyorlandi. 1950-1985 yillar O’zbekiston tarixidagi murakkab davrlardan biridir. Bir tomondan, O’zbekiston xalqining fidokorona, bunyodkorlik mehnati tufayli Respublika iqtisodiyoti anchagina rivojlandi. Ikkinchi tomondan, sobiq Ittifoqda hukumron bo’lgan totalitar tuzum, ma’muriy buyruqbozlikning kuchayishi natijasida ijtimoiy, iqtisodiy va manaviy hayotda bir qator muammolar, nohush xolatlar to’planib borib pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi. Energetika va yoqilg’i sanoati 50-80 yilar elektr energiyasi tarmog’i kengaytirildi. 7- Shahrixon GESi, ikkita Namangan GESlari, ikkita Bo’zsuv GESlari, Chorvoq GESi, Xojikent GESi qurilib ishga tushirildi. Gaz bilan ishlaydigan Angren, Taxiatosh, Navoiy, Sirdaryo, 2-Angren GRESlari qurilib ishga tushirildi. 1985 yilda O’zbekiston elektrostantsiyalarining umumiy quvvati 9,9 mln, kilovatdan ortdi. Shu yili 47,9 milliard kilovatt-soat, ya’ni 1940 yilga nisbatan 100 baravar, 1950 yilga nisbatan 18 baravar ko’p elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Elektr uzatgich liniyalari qurilishi kengaydi. Respublikaning barcha elektr stantsiyalari O’zbekiston yagona energosistemasiga ulandi. Shuningdek O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalarining yirik elektr stantsiyalari Markaziy Osiyo yagona elektr sistemasiga ulandi. Natijada sanoat, qurilish, transport, qishloq xo’jaligini elektrlashtirish ancha kengaydi, xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash yaxshilandi. Yoqilg’i sanoati o’sdi. 50-yillarda Surxondaryo viloyatidagi Sharg’un toshko’mir koni o’zlashtirildi va yuqori sifatli qo’ng’ir ko’mir qazib chiqarila boshlandi. 60-yillarda Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi Gazli, Jarqoq, Sho’rtepa, Sho’rchi neft konlari o’zlashtirildi. 70-yillarda Farg’ona vodiysida yangi neft konlari ishga tushurildi. 1959 yili qurilib foydalanishga topshirilgan Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi ancha kengaytirildi. Zavodda texnika moylari, benzin, dizil yoqilg’isi, parafin va boshqa 35 xil mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda gaz sanoati Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yirik gaz
konlarining izlab topilishi va o’zlashtirilishi bilan bog’liq ravishda yuksalib bordi. 50-yillarning ikkinchi yarmida “O’zbekneftegazrazvedka” tresti amalga oshirgan geologikqidiruv ishlari natijasida 1956 yili gaz zahiralari 500 miliard kubometrga teng bo’lgan, foydalanishga eng qulay Gazli koni ochildi. Shuningdek, Muborak, O’rtabuloq, Qultog’, Shapatti, Uchqir, Jarqoq, Qoravulbozor, jami 100 dan ortiq neft va gaz konlari topildi. Ularda 2 trillion kubometr gaz, 250 mln tonna neft zahiralari borligi aniqlandi. 1959 yili Buxoroda neft va gaz qazib olishni yo’lga qo’yish maqsadida “Buxoroneftegaz” boshqarmasi tuzildi. 1958-1960yillarda 767 km uzunlikdagi “Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent” gaz quvuri qurib bitkazildi. Uning yillik quvvati 4,5 mlrd kub-metr gazga teng edi. 1964-1966 yillarda Muborak-Toshkent-Chimkent-Almati gaz quvuri qurilib foydalanishga topshirildi. Uzunligi 1317 km, diametri 720 mm po’lat quvurlari orqali Qashqadaryo 238 gazidan O’zbekistonning ko’pgina shaharlari, shuningdek, Qozog’iston va Qirg’iziston xalqi bahramand bo’ldi. Keyingi yillarda Toshkent-Bishkek-Almati oralig’ida ikkinchi gaz quvuri qurildi. Shunday qilib, 1958-1980 yillarda Buxoro va Qarshi, Gazli rayonlaridan Toshkent-Bishkek-Almatigacha yotqazilgan gaz quvurlarining umumiy uzunligi 5686 km (uning 3618 km O’zbekistonda yotqazilgan ), yillik quvvati 23 mlrd kub-metr gaz yoqilg’isini tashkil etardi. 70 yillarda Muborakda qurilgan eng yirik gazni qayta ishlash zavodi yiliga 10 mlrd kubometr gazni tozalab berib turdi va yiliga 160 ming tonna oltin gugurt ishlab chiqarishni ta’minladi. 1974-78 yillarda Ursatevsk-Farg’ona quvuri yotqazildi. Uzunligi 677,8 km dan iborat bo’lgan bu gaz yo’lining 425,8 km O’zbekiston, qolganlari Tojikiston hududidan o’tdi. Qashqadaryo va Buxoro “Zangori yoqilg’i”sidan qardosh Tojikiston xalqi ham bahramand bo’ldi. O’zbekistonliklar respublikamiz hududidan ko’plab boy tabiiy gaz konlarining topilishi va o’zlashtirila boshlanishidan behad xursand bo’ldilar. Har bir oila o’z xonadonida “Zangori yoqilg’i” dan foydalanishni orzu qilardi. Ammo o’zbek xalqi
respublikamiz hududida topilgan gaz konlariga xo’jayin emas edi, ularning xo’jayini uzoqda - Moskvada edi. O’zbekiston gazidan qanday foydalanishni Markaziy hokimiyatda o’tirganlar belgilardi. Markaziy hokimiyat O’zbekiston gazidan, avvalo, Uraldagi, SSSRning Evropa qismidagi shahar va posyolkalarni, korxona va xonadonlarni gazlashtirishda foydalanishga kirishdi. 1961-63 yillarda zudlik bilan Buxoro-Ural o’rtasida gaz quvuri yo’lining 1-nchi, 2-nchi va 3-nchi navbatlari qurildi. Umumiy uzunligi 6100 km dan uzun bo’lgan Buxoro- Ural gaz transport sistemasining yillik o’tkazuvchi quvvati 21 mlrd kub metr o’zbek zangori oloviga teng edi. Markaziy hokimiyat bu bilan cheklanib qolmadi, O’zbekiston va Turkmaniston gazini bir yo’la katta miqdorda G’arbiy viloyatlarga uzatish rejalarini tuzdilar. Bu reja O’rta Osiyo-Markaz gaz quvuri nomini oldi. 1965-75 yillarda 2750 km uzunlikdagi O’rta Osiyo-Markaz gaz yo’li qurildi. Ikki yo’llik O’rta Osiyo-Markaz gaz quvurining umumiy uzunligi 5500km bo’lib, bu yo’llar yiliga 80 mlrd kub-metr yoqilg’i uzatish quvvatiga ega bo’ldi. Shunday qilib, o’zbek “zangori yoqilg’isi” uzoq-uzoq joylardagi korxonalar va xonadonlarni isitdi, o’zbekistonliklar, asosan qishloq aholisi yonginasidan o’tgan gaz quvurlariga ming alam bilan qarab qolaverdi, bu mamlakatimiz qaramligining oqibati edi, albatta. 1985 yilga kelib respublikada attigi 2,8 mln kvartira jumladan qishloqlardagi 1,3 mln kvartira gazlashtirilgan edi, xolos. Kimyo sanoati Kimyo sanoatini rivojlantirishda gaz, neft, oltingugurt, ozokrit, oshtuzi, ohak, grafit, rangli metallurgiya chiqindilari, paxta va kanopni qayta ishlashdan hosil bo’ladigan chiqindilar boy xomashyo bo’lib xizmat qildi. 50-yillarda mineral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi Samarqand superfosfat zavodi, 1962 yilda Farg’ona azot o’g’iti zavodi, 1965 yilda Navoiy kimyo kombinati, 1969 yilda Olmaliq kimyo zavodi qurilib ishga tushirildi. 1985 yilda respublika kimyo korxonalarida 7,8 mln tonna mineral o’g’itlar 239 ishlab chiqarildi, bu 1960 yildagidan 7 marta, 1950 yildagiga nisbatan 15 marta ortiq edi. Respublika qishloq xo’jaligi mineral o’g’itlar bilan ta’minlandi va boshqa respublika, viloyatlarga o’g’itlar chiqarildi. O’zbekistonda kimyo tolalari (Farg’ona kimyo tolalari zavodi ), plastmassalar (Ohangaron “Santexnik” zavodi, Jizzax plastmassa turbalari zavodi), maishiy kimyo mahsulotlari (1971 yilda barpo etilgan Olmaliq maishiy kimyo zavodi, Quvasoy, Namangan kimyo zavodlari, 1971 yilda Toshkent yog’-moy zavodi tarkibida qurilgan sintetik yuvish vositalari zavodi) ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Respublika kimyo sanoatida zaharli vositalar, kislotalar ishlab chiqarish katta o’rin
tutardi. Andijon gidroliz zavodi, Farg’ona furan birikmalari zavodi, Yangiyo’l bioximiya zavodi paxta, sholi, paxta chiqindilaridan spirt, oqsil, drojjilari, furan va boshqa mahsulotlar tayyorladilar. Farg’onada triatsetiltsellyuloza, Navoiyda kotaran, Chirchiqda kaprolaktam ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 1960 yilda 235,4 ming tonna sulfat kislotalari ishlab chiqarilgan bo’lsa, 1985 yilda 2,3 mln tonna tayyorlandi. Markaziy hokimiyat tomonidan zaharli kimyo vositalari ishlab chiqarish respublikaga tiqishtirildi. 1985 yilda 47,9 ming tonna turli zaharli ximikatlar ishlab chiqarildi. Zaharli vositalarining respublika paxta maydonlarida haddan tashqari keng qo’llanilishi natijasida atrof-muhit, ekologik vaziyat buzildi, odamlar turli - tuman kasalliklarga chalindi. Odamlar sog’lig’i hisobiga paxta xom ashyosiga ko’rsatilgan «g’amxo’rlik» xalqqa qimmatga tushdi. Metallurgiya sanoati 1962 yilda O’zbekiston metallurgiya sanoati kombinatida uzluksiz po’lat quyuv qurilmasi ishga tushirildi. 1970-1980 yillarda elektr yordamida po’lat eritish kompleksi va uning ikkita pechi qurib ishga tushirildi. Kombinatda po’lat idishlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Po’lat eritish 1985 yilda 1,2 million tonnaga etdi. 50-yillarda Olmaliq -Angren tog’ sanoati rayonida mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, molibden va boshqa nodir metallar koni topildi, ularni o’zlashtirish jarayonida yirik Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bunyod etildi. O’zbekistonda 60-yillarda oltin qazib olish sanoati bunyod etildi. Muruntov, Chodak, Konbuloq oltin konlari, Farg’ona vodiysidagi daryo o’zanlaridan sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog’larida oltin tarkibli kvarts tomirlari va rudalar mavjudligi aniqlandi. Respublika hududida 30 ta oltin koni aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntov tog’ boyitish kombinati, Marjonbuloq kombinati qurildi. «O’zbek oltin» birlashasi tuzilgach, uning tarkibida Chodak boyitish kombinati(1965), Angrenda oltin saralash fabrikasi qurilib ishga tushirildi. O’zbekiston hududidagi rangli metall konlariga, shuningdek, oltin konlariga, ulardan noyob va nodir metallar qazib olishga respublika xo’jayinlik qilmasdi, ularga Ittifoq hukumati xo’jayinlik qilardi. O’zbekiston hukumati bu konlar va korxonalarda qancha oltin, mis, qo’rg’oshin, rux, volfram, molibden va boshqa nodir metallar qazib olinayotganini, ularni kimlar qaerga olib ketayotganini, qaerda va qancha pulga sotilayotganini bilmas edi. Bu haqda gapirish va yozish ham taqiqlangan edi. Bu holat 240 o’sha paytlarda «O’zbekiston suveren respublika» degan iboraning naqadar yolg’on, quruq gap ekanligini yoqqol ko’rsatuvchi misoldir. Mashinasozlik sanoati 50-80-yillarda O’zbekiston mashinasozlik industriyasi ko’p tarmoqli sohaga aylandi. 1985 yilda respublika sanoatida faoliyat ko’rsatgan 1549 ta ishlab chiqarish birlashmalari, kombinatlari va korxonalarining 100 dan ortig’I mashinasozlik tarmog’iga tegishli bo’lib, ularda tayyorlangan mashinalar salmog’i butun sanoat mahsulotining 16 foizini tashkil etardi. Respublikada, birinchi navbatda, paxtachilikka xizmat qiluvchi mashinasozlik tarmog’ini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Toshkent qishloq xo’jaligi mashinasozligi zavodi (Tashselmash) qishloq xo’jaligi mashinasozligining bosh korxonasi hisoblanardi. «Tashselmash» zavodida 1960 yilda 3184 ta paxta terish mashinasi ishlab chiqarilgan bo’lsa, 1985 yilda 9425 ta shunday mashina tayyorlanadi. 1957 yilda paxta tozalash sanoati uchun mashinalar ishlab chiqaruvchi «Tashxlopkomash» zavodi bazasida yirik «Tashavtomash» zavodi barpo etildi. Zavodda paxtani qop- qanorsiz tashuvchi transport vositalari va gaz-51 yuk avtomobili uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bu zavod 1967-1971 yillarda qayta jihozlanib, traktor ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi va unga Toshkent traktor zavodi nomi berildi. 1948 yildan boshlab O’zbekiston qishloq xo’jaligi (O’zbekselmash) zavodi o’rish mashinalari, diskli baranalar, charxlash stanoklari, nasos changlagich-purkagichlar, motigalar, chigit ekish mashinalari ishlab chiqarardi. 1960 yilda bu zavodda ko’rak chuvish mashinasi, 1965 yilda erga to’kilgan paxtani teradigan, g’o’zapoya yuladigan mashinalar tayyorlash yo’lga qo’yildi. 1956 yilda qurilib ishga tushirilgan Andijon irrigatsiya mashinasozligi zavodida yangi erlarni o’zlashtirish, kanallar va suv omborlari qurilishi bilan bog’liq zovur kovlaydigan mashinalar, suv nasoslari, avtobenzotsisternalar, er tekislaydigan buldozerlar va skreperlar, greyderlar va kanallar tozalaydigan mashinalar, yuk ortib tushiradigan murakkab mexanizm va uskunalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 50-60-yillarda qurilgan Toshkent mashinasozlik zavodi, Andijon «Kommunar» zavodida paxta tozalash mashinalari, linterlar, paxta toylarini qabul qilish, saqlash, xillashning ko’p mehnat talab qiladigan jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish mashinalari, quritish-tozalash asboblari, yuk tashish mashinalari ishlab chiqarish o’zlashtiriladi. O’zbekiston aviatsiya sanoati ham o’sib bordi. Toshkentda 1941 yilda Ximki shahridan keltirilgan zavod asosida aviatsiya zavodi barpo etilgan edi. Dastlab u PS-84 va IL-2 samoletlarini ishlab chiqara boshladi. Toshkent aviatsiya zavodida 1953 yilda IL-14, 1958 yilda turli tipdagi transport samolyotlari, 1966yilda esa AN-22 samolyotlari tayyorlash yo’lga qo’yildi. 1972 yilda V.P. Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Uyushmaga Toshkent aviatsiya zavodi (bosh korxona), Andijon mexanika zavodi, Farg’ona mexanika zavodi va Toshkent kislorod zavodi birlashtirildi. Birlashmada samolyot yig’iladi, uning turli detal va uzellari tayyorlanadi, shuningdek xalq iste’moli buyumlari ishlab chiqariladi. O’zbekiston Prezidenti I.Karimov 241 1961 yildan boshlab besh yil davomida Toshkent aviatsiya zavodida muhandis, etakchi muhandis-konstruktor bo’lib ishladi va toblandi. Qurilish sanoati 50-80-yillarda O’zbekistonda qurilish materiallari sanoati rivojlandi. 1985 yilda qurilish materiallari sanoatining 1851 korxonasi, 11ta yirik panelli uysozlik kombinatlarida turli xil qurilish materiallari- tsement shifer, asbotsement quvurlar, pardozlash plitalari, issiqni saqlaydigan (termoizolyatsion), gidroizolyatsion materiallari, keramika quvurlari, emallangan cho’yan vannalari, rakavinalar, cho’yan kanalizatsiya quvurlari, keramika buyumlari, sopol quvurlari ishlab chiqarildi. Mahalliy sanoat korxonalarida alibaster, ganch, ohak, cherepitsa, chiy, qamish, plitalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgandi. Engil sanoat Respublikada engil sanoatni ustun darajada rivojlantirishga imkon beruvchi barcha omillar - ko’plab paxta, pilla, kanop xomashyosi, yog’ilg’i-energetika, etarli darajada mavjud edi Qolaversa, Respublikaning tez ko’payib borayotgan aholisi engil sanoat mahsulotlarining asosiy istemolchisi ham edi. Tarix bunday omillar davlat mustaqilligi sharoitidagina to’la hisobga olinishi mumkin ekanligini ko’rsatdi. 50-80-yillardagi qaramlik sharoitida O’zbekistonda engil sanoat bir tomonlama rivojlanishga yo’naltirildi. Asosiy e’tibor paxta qabul qilish, paxta tozalash, pillakashlik, qorako’l teriga va kanop tolasiga dastlabki ishlov berish, jun yuvish tarmoqlarini rivojlantirishga qaratildi. O’zbekiston bunday xomashyolardan tayyor
mahsulotlar tayyorlash imkoniyatiga ham, xuquqiga ham ega emas edi. Bu masalani markaziy hokimiyat hal qilardi. Tayyor xomashyo Ittifoqning boshqa shaharlariga olib ketilardi va tayyor mahsulotga aylantirilardi, ortib qolgan xomashyo boshqa mamlakatlarga sotilardi va undan katta daromad olinardi. Respublikada 80-yillarda 107 ta paxta tozalash zavodi, ko’pchiligi quritish tozalash
tsexlariga ega bo’lgan 490 paxta manzillari ishladi. 70-80 yillarning boshlarida respublika to’qimachilik sanoati korxonalari - Buxoro to’qimachilik kombinati (1973), Andijon ip gazlama kombinati (1979), Nukus ip gazlama kombinati (1983), Jizzax paxta yigiruv fabrikasi, yirik to’qmachilik kombinatlarining Qo’rg’ontepa, Marhamat, Yangiqo’g’on, Beshariq, Rishton, Vobkent, G’ijduvon filiallari qurildi. Toshkent va Farg’ona to’qimachilik kombinatlari tarkibidagi bir qator fabrikalar qayta jihozlandi. Ip-gazlama ishlab chiqarish 1960 yildagi 234,7 million metrdan 1985 yilda 395,7 millon metrga ko’paydi. Yiliga Respublikada 1,5 million tonna paxta tolasi etishtirib berilardi. Respublika to’qimachilik sanoati etishtirilgan paxta tolasining atigi 10 foizini qabul qilish va tayyor mahsulotlarga aylantirish imkoniyatiga ega edi. 90 foizi esa olib ketilardi. Oziq-ovqat sanoati O’zbekistonda mahalliy xomashyoni qayta ishlashga asoslangan oziq-ovqat sanoatining yog’-moy, konserva, non, un yormasi, qandolat, go’sht, sut, baliq, choy, tamaki, vino etishtiruvchi tarmoqlari ishladi. 1985 yilda oziq-ovqat sanoati kompleksida 271 korxona faoliyat ko’rsatdi. Tarmoqning respublika sanoat mahsulotlari umumiy hajmidagi salmog’i 14 foizni tashkil etdi. Bu tarmoqda yog’ moy sanoati etakchi o’rinda turardi. 1970 yillarda respublkada ishlaydigan 17 ta yirik yog’-moy korxonasi 2,2242 million tonna paxta chigitini qayta ishlab, 294 ming tonna paxta yog’i ishlab chiqargan bo’lsa, 1985 yilda O’zbekistonda 451 ming tonna paxta yog’i ishlab chiqarilgan. Respublikada go’sht kombinatlari 1960 yilda 97,4 ming tonna go’sht, 18 ming tonna kolbasa mahsulotlari ishlab chiqargan bo’lsa, 1985 yilda 232,3 ming tonna go’sht, 54 ming tonna kolbasa mahsulotlari etishtirilgan. 24 ta sut zavodida 1985 yilda 554 ming tonna sut mahsulotlari, 1167 tonna sir, 10,9 ming tonna mol yog’i etishtirilgan. Respublikada qandolat sanoati ham birmuncha o’sdi. 50-yillarda Namangan va Buxoro shaharlarida konditer-makaron fabrikalari, 1964 yilda Yangiyo’l konditer fabrikasi ishga tushirildi. Yigirmanchi yillarda qurilgan Toshkent «O’rtoq» konditer fabrikasi 1965 yilda tubdan rekonstruktsiya qilindi. 1968 yilda Yangiyo’l drojji (achitqi) zavodi qurildi. 1985 yilda qandolat sanoati tarmog’iga qarashli 60 ga yaqin zavod va tsexlarda 165 ming tonna qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Transport 50-80-yillarda temir yo’l transporti ancha rivojlandi. 50-yillarda uzunligi 627 km bo’lgan Chorjo’y-Qo’ng’irot temir yo’li qurildi va Quyi Amudaryo shahar va tumanlari O’zbekistonning boshqa hududlari hamda Ittifoq markazi bilan temir yo’l orqali bog’landi. 1962 yilda qurilgan, uzunligi 280 km bo’lgan Navoiy-Uchquduq temir yo’li yangi topilgan konlarni sanoat markazi bilan bog’ladi. Mirzacho’l, Jizzax, Qarshi cho’llarida yangi erlarni o’zlashtirish bilan bog’liq ravishda 1962 yilda Jizzax- Mehnat (133 km), 1970 yilda Samarqand-Qarshi (144 km) temir yo’llari qurildi va yangi tashkil etilgan xo’jaliklar Respublika markazi va sanoat markazlari bilan qisqa masofada tutashtirildi. 1974 yilda Termiz-Qo’rg’ontepa (218 km), 1975 yilda Taxiatosh-Nukus (13 km) temir yo’llari qurilib ishga ishga tushirildi va Qoraqalpog’iston poytaxti respublikaning temir yo’l tarmog’i bilan bog’landi. 1972 yil Qo’ng’irot-Beynov (408 km) temir yo’lining qurilishi natijasida O’zbekiston va boshqa O’rta Osiyo respublikalaridan sobiq SSSR Evropa qismi va
Kavkazga ikkinchi temir yo’l ochildi. Respublika temir yo’llarining uzunligi 1985 yilda 3,5 ming kmni tashkil etdi. Avtomobil transporti tez sur’atlar bilan o’sdi. 50-70-yillarda respublikada zamonaviy avtomobil yo’llari -Katta O’zbekiston trakti (Toshkent-Termiz) ta’mirlandi, Toshkent-Olmaliq, Toshkent-Buxoro-Nukus, Mo’ynoq-Zarafshon, Samarqand-Chorjo’y, Farg’ona xalqa yo’li, Toshkent xalqa yo’li qurilib foydalanishga topshirildi. To’rtko’l shahridan Amudaryoning so’li sohili bo’ylab Nukus shahri orqali Taxtako’pirga olib boruvchi Qoraqalpog’iston trakti qurildi. Qizilqum cho’lini kesib o’tuvchi va qorako’lchilik xo’jaliklarini viloyat va respublika markazlari bilan bog’lovchi Buxoro-Gazli-Sazakino avtomagistrali, Qamchiq davoni orqali respublika poytaxtini qisqa masofada Farg’ona vodiysi bilan bog’lovchi Toshkent-Angren-Qo’qon avtomobil yo’li qurildi. Toshkentdan barcha viloyat markazlariga va yirik shaharlarga, tuman markazlaridan kolxoz va sovxozlarga, posyolka va qishloqlarga qatnaydigan avtomobil marshrutlari tashkil etildi. Respublikada 70 dan ortiq avtobus va taksomotor parklari barpo etildi va ular o’z davrining texnika vositalari bilan ta’minlandi. Respublikaning avtomobil yo’llari uzunligi 80,4 ming km ni, shu jumladan usti qattiq qoplama bilan 243 qoplangan yo’llar 66,7 ming km ni tashkil etdi. 1985 yilda avtomobil transporti 1960 yilga nisbatan 5,5 marta ko’p yuk tashidi yoki 1985 yilda 1,1 mlrd tonna xalq xo’jaligi yuklarini tashidi. Umumiy foydalanishdagi avtobuslarda passajirlar tashish 1985 yilda 2,5 mlrd kishini tashkil etdi, bu 1960 yilga nisbatan 7 marta ortiq edi. Havo transportining ahamiyati ortib bordi. Havo yo’llari respublikaning 120 dan ortiq shahar va aholi manzilgohlarini bog’ladi. Toshkent shahri havo yo’llari orqali Ittifoqning markaziy shaharlari, respublikalarning poytaxtlari, yirik sanoat markazlari bilan bog’landi. Shahar yo’lovchi transporti ham kengaydi. 1947 yilda Toshkentda temir yo’l vokzali bilan eski shahar orasida uzunligi 18 km bo’lgan birinchi trolleybus yo’li qurilib, troleybus qatnay boshladi. 1946-47 yillarda shaharlarda taksi mashinalari orqali passajirlar tashish yo’lga qo’yildi. Troleybus qatnovi Samarqand (1956), Olmaliq (1968), Farg’ona (1970), Andijon (1971), Namangan (1973) shaharlarida ham yo’lga qo’yildi. Respublikaning 80 ta shahar va poselkalarida avtobuslar qatnovi tashkil etildi. Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatishda Toshkent metropolitenining o’rni katta. Toshkent metrosi 1972 yildan boshlab qurila boshlandi, uning 12, 1 kmlik birinchi yo’nalishi 1977 yilda, ikkinchi yo’nalishi 80-yillarda foydalanishga topshirildi. Aloqa vositalari Respublikada aloqa vositalari tarmog’i kengaydi. Urushdan keyingi yillarda shaharlararo telefon, telegraf aloqalarining keng tarmoqlari vujudga keldi. Kabel va radiorele liniyalari qurildi. 1965 yilda Toshkent Moskva va Ittifoqning boshqa shaharlari bilan koaksial kabeli orqali bog’landi. 1971 yilda Toshkentda shaharlararo kuchli avtomatik telefon stantsiyasi ishga tushirildi. 1972 yilda Samarqand, Buxoro, Termiz, keyinroq Namangan,Qarshi, Farg’onada AMTS-IM tipidagi shaharlararo avtomotik stantsiyalar ishga tushirildi. Natijada shahar telefon tarmoqalarining 160 ming abonenti o’z telefonlaridan kod yordamida shaharlararo avtomatik telefon aloqasi bilan bog’lanish imkoniyatiga ega bo’ldi. 1985 yilda shaharlardagi telefon stantsiyalarining abonent telefonlari soni 953,9 mingtaga etdi. Kolxoz va sovxozlar telefonlashtirildi. 1985 yilda respublikada 4166 pochta, telegraf va telefon aloqasi korxonalari ishladi. Radio eshittirish tarmoqlari kengaydi. 1956 yil 5 noyabrda O’zbekistonda birinchi marta Toshkent televizion markazi ishlay boshladi. 60-yillarning oxirlarigacha Farg’ona vodiysi, Samarqand viloyati ham televizion ko’rsatuvlar bilan ta’minlandi. 1977 yilda Samarqand va Andijonga Toshkent televideniesining ikki programmasini rangli tasvirda uzatishga erishildi. 1978-1979 yillarda Toshkentda balandligi 350 metrli television minora qurildi. Urganch va Nukusda televizion markaz qurilib ishga tushirildi. Xulosa qilib aytganda, Respublika sanoati bir tomonlama rivojlantirildi, boshqa mintaqalardagi korxonalar uchun xomashyo bazasiga aylantirildi. Oltin, mis, qo’rg’oshinrux, volfram molibden kabi nodir metallar xomashyo sifatida boshqa mintaqalarga olib ketilardi. Paxta, kanop mahsulotlarining mo’l-ko’lligi engil sanoatni ustun darajada rivojlantirish va katta daromad olish imkoniyatini berardi, ammo bu imkoniyatlar nazarpisand qilinmadi. Respublika aholisi boy tabiiy resurslardan, og’ir mehnat evaziga etishtirilayotgan qimmatbaho paxta xomashyosidan bahramand bo’lolmadilar. 244 Respublikada anchagina sanoat korxonalari qurilgan bo’lsada, ular mustaqil ravishda tayyor mahsulot ishlab chiqaraolmas edi. Bu korxonalarda tayyorlanadigan mashinalar, asbob-uskunalar uchun zarur bo’lgan butlovchi qismlar mintaqalardan keltirilar edi, Respublika korxonalari Ittifoqning g’arbiy respublikalaridagi korxonalarga qaram edi. 70-yillarga kelib chuqur turg’unlik holatiga mahkum bo’lgan O’zbekiston iqtisodiyotining tahlili shundan dalolat beradiki, bunda sanoat ishlab chiqarishini rejalashtirishda ilmiy aniqlik, real yondashuv, mantiqiy izchillikning yo’qligi asosiy sabablardan biri bo’lganligi shubhasizdir. Mustabid sovet hokimiyati belgilagan 8,9,10,11,12 - besh yilliklar rejalarining norealligi, noizchilligi, etarli ilmiy asoslanmaganligi, konkret hayot amaliyoti bilan bog’lanmaganligi oxir-oqibatda ularning oldindan barbod bo’lishiga olib keldi. Buning oqibatida xo’jalik tarmoqlarida zo’riqish, uzilish holatlari yuz berdi, ishlab chiqarish quvvatlari to’la ishga solinmadi, mehnat unumdorligi muttasil kamayib bordi, milliy daromad salmog’i 3-4 baravarga kamayib ketdi. 80 yillarga kelib O’zbekistonning eksport salohiyati keskin pasaydi. Buning natijasida respublikaning eksport balansida sanoat mahsulotining salmog’i atigi 11 foizni tashkil etardi, xolos. Respublika sanoat ishlab chiqarishidagi bunday turg’unlik, nomutonosiblik holatlarining yuzaga kelishi, ishlab chiqarish quvvatlarining qisqarib, uning salohiyat darajasining pasayib borishi oqibatda O’zbekiston iqtisodiyotining umumiy holatiga, aholi keng ijtimoiy qatlamlarining turmush darajasiga salbiy ta’sir etmasdan qolmadi. Ijtimoiy ehtiyojlar uchun mablag’lar taqsimlashning qoldiq printsipi va taqsimotda tekischilik tartibining ustun bo’lishi ijtimoiy adolatsizliklarning avj olishiga bois bo’ldi. Ijtimoiy tanglik ichkilikbozlik, giyohvandlik, poraxo’rlik singari salbiy illatlarning keng yoyilishiga olib keldi. Ijtimoiy munosabatlarda mehnatni rag’batlantirish tizimi buzila bordi. Ko’p hollarda yuqori malakali mehnatga haq to’lash kamsitildi. Bu aholining mehnatga qiziqishi va faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida jiddiy etishmovchiliklar, og’riq nuqtalar yaqqol ko’zga tashlanib bordi. Iqtisodiyot va ijtimoiy turmushning tobora yorqin namoyon bo’layotgan inqiroziy holatlarini bartaraf etish, O’zbekistonni yuqori taraqqiyot darajasiga olib chiqish uchun yangicha yo’l tutish zaruriyati to’liq etilgan edi.
245

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin