Adabiyot va san’at O’zbekiston madaniyati va san’ati xodimlari o’zlarining qaynoq ijodi bilan xalqni mardona jang qilishga, fidokorona mehnatga ruhlantirib g’alabaga munosib hissa qo’shdilar. O’zbekistonga vaqtincha ko’chirib keltirilgan rus, ukrain, belorus va moldavan, boshqa milllatlarga mansub yozuvchi va shoirlar ham respublikamiz hayotida faol qatnashdilar. O’zbekistonlik hamkasblari bilan hamkorlik qildilar. «Biz engamiz» degan almanaxlar, «O’zbekiston shoirlari frontga» degan antologiya ana shunday hamkorlik mevasi bo’ldi. Hamid Olimjon, Uyg’un, Sobir Abdulla, Nikolay Pogodinlar birgalikda «O’zbekiston qilichi» musiqali dramasini yaratdilar. Urush yillarida yaratilgan Oybekning «Navoiy» va «Qutlug’ qon» romanlari, Abdulla Qahhorning «Oltin yulduz» qissasi jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovor bo’ldi. She’riyatda ulkan yuksalish bo’ldi. Hamid Olimjonning «Qo’lingga qurol ol», «Sharqdan G’arbga ketayotgan do’stga», «Jangchi Tursun» va «Roksananing ko’z yoshlari», G’afur G’ulomning «Sen etim emassan», «Men – yahudiyman», «Men seni kutaman, o’g’lim» va «Bizning ko’chamizda ham bayram bo’lajak», Uyg’unning «Qasam», «Bir qadam orqaga chekinilmasin» va «Maktub», Maqsud Shayxzodaning «Ona kuzatmoqda» va «Kapitan Gastello» she’rlari fashizm kirdikorlarini fosh etib, g’alaba qozonishga chuqur ishonchni kuylab, xalqning jangovor ruhini ko’tardi. Urush yillarida sahna san’ati rivojlandi. Toshkentda va Andijonda yangi teatrlar ochildi, respublikamizda hammasi bo’lib 36 teatr ishlab turdi. Teatrlarda urush mavzusiga bag’ishlangan «Davron ota», «Sherali», «O’zbekiston qilichi» musiqali dramalari, «Ulug’bek» va «Mahmud Torobiy» operalari, K.Yashinning «Bosqinchilarga o’lim», M.Shayxzodaning «Jaloliddin» pesalari ko’rsatildi. Toshkent badiiy filmlar studiyasi vaqtincha ko’chib kelgan yirik kinomatograflar bilan hamkorlikda «Ikki jangchi», «Nasridddin Buxoroda», «Vatanga sovg’a» nomli kinofilmlarni yaratdilar. O’zbekiston san’ati xodimlari mehnatkash xalqqa, jangchilarga xizmat qilib, ularning ruhini ko’tarib turdilar. San’atkorlardan tuzilgan 30 dan ortiq brigadalar frontdagi jangovor harbiy qismlarning askar va zobitlari uchun 400 dan ko’proq kontsert berdilar. Respublika hududida joylashgan harbiy qismlarda 15 mingta, gospitallarda 10 mingta kontsert uyushtirdilar. Ishchilar, paxtakorlar huzurida doimo xizmatda bo’ldilar. Bu tadbirlarda faol qatnashgan atoqli san’atkorlar - Halima Nosirova, Tamara Xonum, Abror Hidoyatov, Lutfixonim Sarimsoqova, Sora Eshonturaeva, Abbos Bakirov va boshqalar xalq hurmatiga sazovor bo’ldilar. Stalin va uning atrofidagi yugurdaklari tomonidan urush yillarida ham kichik xalqlar, etnik guruhlarga nisbatan adolatsizlik qilindi. Urushning dastlabki yillaridayoq Volgabo’yi nemislari Avtonom respublikasi tugatildi. Uning 300 mingda O’zbek xalqining badarg’a qilingan xalqlarga g’amxo’rligi
ortiqroq aholisi, «bosqinchilar ulardan yordam olishi mumkin» degan gumon bilan
yashab turgan joylaridan Sibir va Qozog’iston viloyatlariga ko’chirib yuborildi. 1943 yil oxiri, 1944 yil boshlarida qalmoqlar, qorachaylar, chechenlar, ingushlar,
bolkarlar, 1944 yil iyunda qrim tatarlari, greklar, keyinroq mesxeti turklari yashab turgan joylaridan O’rta Osiyo va Sibirga badarg’a qilindi. Ular fashistlar bilan «hamkorlik» qilishda ayblanib, ommaviy qatag’on qilindi, yashirin va shoshilinch ravishda ko’chirildi. Ko’pchilik odamlar, bolalar yo’lda halok bo’ldilar. O’zbekistonga 175 mingdan ortiq chechenlar, 157 ming ingushlar, 150 mingdan ortiqroq qrim tatarlari, 4500 bolkarlar, o’n minglab mesxeti turklari, greklar ko’chirilib keltirildi. O’zbek xalqi ularni beg’araz kutib oldi, ta’na toshi otmadi, ularni joylashtirishga, oziq-ovqat bilan ta’minlashga ko’maklashdi. O’zbek xalqi urush yillarida Vatanidan badarg’a qilingan xalqlarga moddiy va ma’naviy madad berdi. Respublika mahalliy hokimiyati ularga hosildor erlardan tomorqa er, uy qurish va xo’jalik yuritish uchun kredit mablag’lari ajratdi. Ko’chirib keltirilganlar ming mashaqqatlar bilan yangi joylarga asta-sekin moslashdilar. Stalincha milliy siyosat ko’plab xalqlarning milliy davlatchiligini buzdi, haqhuquqlarini paymol qildi. Eng dahshatlisi shundaki, butun-butun xalqlarning milliy madaniyati, qadriyatlari va an’analari oyoq osti qilindi. Zo’rovonlikning zararli oqibatlari uzoq yillar davomida to’la bartaraf etilganicha yo’q, to’la vaqti-vaqti bilan milliy nizolar, mojarolarning kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.
Dostları ilə paylaş: |