O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


O’zbekistonliklar Stalingrad janglarida



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə118/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

O’zbekistonliklar Stalingrad janglarida O’zbekistonliklar 62- va 64-armiyalar safida turib tarixiy Stalingrad jangida qahramonona jang qildilar. Janglar avjiga chiqqan paytda Stalingradga Samarqand va Farg’onada tuzilgan 90- va 94-o’qchi brigadalari etib kelib jangga kirdilar. Bu brigadalar asosan o’zbek yigitlaridan tuzilgan bo’lib, komandirlari orasida S.Nuritdinov, V.Umarov, A.Murodxo’jaev, F.Norxo’jaev va boshqalar bor edi. 21-otliq askarlar diviziyasining jangovar ruhda jang qilishida diviziya komissari Mullajon Uzoqovning xizmati katta bo’ldi. O’zbekistonlik jangchilardan 2738 kishi «Stalingrad mudofaasi uchun» medali bilan mukofotlandi. 1943 yil yozida Kursk yonida bo’lgan qattiq janglarda O’zbekistonda tuzilgan 62-va 69-o’qchi diviziya jangchilari jasorat ko’rsatdilar. O’zbekistonliklar 5-va 15-o’qchi diviziyalar hamda 5-gvardiyachi va 62-gvardiyachi o’qchi diviziyalar tarkibida ham jang qildilar. «Oryol» diviziyasi faxriy nomini olgan 5-o’qchi diviziya tarkibida farg’onalik Ahmadjon Shukurov ham bor edi. Zolotoryovka uchun qattiq janglarda Ahmadjon Shukurov matonat ko’rsatdi, dushmanning 110 ta askar va zobitlarini er tishlatdi va 15 tasini asir oldi. Bu jasorati uchun unga Qahramon unvoni berildi va Zolotoryovka qishlog’i o’sha paytdan boshlab Shukurovka deb ataladigan bo’ldi.
Kurskdagi porloq g’alabadan so’ng Qizil Armiyaning 2000 km uzunlikdagi frontda
qudratli strategik hujumi boshlanib ketdi. Dneprni birinchi bo’lib kechib o’tganlar orasida O’zbekistonliklarning «Tub burilishga» qo’shgan hissasi G’ijduvon tumanidagi Lavzekaron qishlog’idan chiqqan starshina Vali Nabiev, andijonlik Qambarali Do’smatov, qoraqalpoqlik Xudoybergan Shoniyozov, shofrikonlik Sharif Ergashev, Buxorodan chiqqan T.A.Tixonov va boshqalar bor edi. Dneprni kechib o’tishda, uning o’ng qirg’og’idagi istehqomlarni egallashda ko’rsatgan jasorati uchun jami 2348 jangchiga, shu jumladan, 26 o’zbek yigitlariga Qahramonlik unvoni berildi. Kurskdagi g’alaba va dushmanning Dneprdan uloqtirib tashlanishi natijasida jahon urushining borishida tub burilish yasaldi, harbiy strategik tashabbus dushmandan batamom tortib olindi. Stalingraddagi g’alaba Gitler Germaniyasining engilishi muqarrarligini ko’rsatgan bo’lsa, Kursk va Dneprdagi g’alaba nemis fashist qo’shinlarini halokatga mahkum etdi. O’zbekistonlik jangchilar Leningrad qamalini yo’q qilish, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va Boltiqbo’yi respublikalarini dushmandan ozod qilish uchun bo’lgan janglarda ham qahramonlik namunalarini ko’rsatdilar. 1944 yil kuz oylariga kelganda dushman mamlakatdan butunlay haydab chiqarildi, SSSR chegaralari tiklandi.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin