O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


O’zbekistonlik jangchilarning fashizmni tor-mor etishdagi jasoratlari



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə117/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

O’zbekistonlik jangchilarning fashizmni tor-mor etishdagi jasoratlari

Urushning dastlabki kunlaridayoq G’arbiy chegaralardagi harbiy qo’shilmalar tarkibida xizmat qilayotgan o’zbekistonliklar fashist bosqinchilarga qarshi jangga kirdilar. Chegarada joylashgan Brest qal’asining 50 dan ortiqroq milllatga mansub jangchilari orasida o’zbeklardan Doniyor Abdullaev, Bobohalil Kashanov, Ahmad Aliev, Nurum Siddiqov, Uzoq O’taev va boshqalar bor edi. Ular qal’a himoyachilari bilan elkama-elka turib dushmanning katta kuchlariga qarshi qariyb bir oy davomida oxirgi tomchi qonlari qolguncha jang qildilar. O’zbekistonlik jangchilar qatnashgan Brest, Smolensk, Kiev, Odessa, Sevastopol va Leningradning qahramonona himoyasi fashistlar Germaniyasining «Yashindek tez


urush» qilish rejasiga dastlabki zarba bo’ldi. 1941 yil kuz-qish oylarida Moskva ostonolarida hayot-mamot janglari bo’ldi. Moskva ostonalaridagi ana shu dahshatli janglarda O’zbekistonlik jangchilar ham sabot-matonat, yuksak harbiy mahorat ko’rsatdilar. Janubiy-G’arbiy front tarkibidagi 353-tog’-o’qchi polki jangchisi Qo’chqor Turdiev katta jasorat ko’rsatdi. U 1941 yil 25 oktyabrda safdoshlari bilan razvedkaga, so’ngra «til» olib kelishga yuborildi. Otishmada barcha quroldoshlari halok bo’lgan Qo’chqor Turdievning bir o’zi dushmanning bir DZOTini va 9 askar va zobitini yo’q qilib, 3 tasini asirga olib keldi. Bu jasorati uchun Qo’chqor O’zbekistonliklar Moskva uchun janglarda Turdiev o’zbekistonlik jangchilar orasida birinchi bo’lib Qahramon unvoniga sazovor bo’ldi. Toshkentda uzoq yillar xizmat qilgan general I.V.Panfilov Almati shahrida turkistonliklardan diviziya tuzdi. Uning komandirlari tarkibida Toshkent piyoda bilim yurti va O’rta Osiyo harbiy okrugining harbiy-siyosiy bilim yurtida ta’lim olgan 180 zobit bor edi. General I.V.Panfilov diviziyasi Moskva ostonalaridagi Volokolamsk yo’nalishida qattiq janglar qildi. Diviziya jang maydonida dushmanning 114 tankini, 26 ming askar va
zobitlarini, 5 samolyot va boshqa ko’plab texnikasini yo’q qildi. O’zbekistonda tuzilgan 258-o’qchi diviziyasi askarlari Moskva ostonalaridagi janglarda 9000 dan ko’proq dushmanning askar va zobitlarini er tishlatib, 137 aholi yashaydigan punktlarni ozod etib, birinchilardan bo’lib Oka daryosiga chiqib oladi, ko’plab jangovar texnikani qo’lga tushiradilar. Moskva himoyachilari orasida o’zbek qizi Zebo G’anieva ham bor edi. 1942 yil 21 may kunigacha 23 fashistni er tishlatdi. 16 marta razvedkaga borib, dushman to’g’risida qimmatli ma’lumotlar olib keldi. Zebo G’anieva jasorati uchun Qizil Bayroq ordeni bilan mukofotlandi. Moskva ostonalarida o’zbekistonlik merganlar - Ishoqov 354 fashistni, Abubekov 229, Yusupov 132, Madaminov 123 fashist askar va zobitlarini er tishlatdilar. 1753 nafar o’zbekistonlik jangchilar «Moskva mudofaasi uchun» medali bilan mukofotlandilar.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin