O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə133/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

Vazirlar Mahkamasi:

  • Davlat byudjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi;

  • Oliy Majlisga davlat byudjetining bajarilishi haqida hisobot beradi;

  • yagona moliya, kredit va pul siyosati yuritilishini ta’minlaydi;

  • madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasida yagona davlat siyosatining yuritilishini ta’minlaydi;

  • mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha choratadbirlarni amalga oshiradi;

  • qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha choratadbirlarni amalga oshiradi.

Sud hokimiyati O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Sudlar to’g’risida" gi qonun asosida sud islohotlari o’tkazildi. Sudlarning mustaqilligi qonunlashtirildi, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi. Ayblanuvchining himoyalanish huquqi, advokatura tizimining mustaqilligi huquqiy jihatdan ta’minlandi. O’zbekistonda sud hokimiyati qonunning ustunligi, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda.


O’zbekiston Respublikasi sud hokimiyati tizimi


O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O’zbekiton Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo’mitasi Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha Oliy sudlari Viloyatlar va Toshkent shahar xo’jalik sudlari Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik sudi Jinoyat ishlari bo’yicha viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman va shahar sudlari Fuqarolik ishlari bo’yicha viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo sudlari O’zbekiston Respublikasi harbiy sudi va okrug harbiy sudlari Milliy davlatchilik tarixi tajribasidan kelib chiqib va "O’zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g’risida" gi Qonunga muvofiq 1992 yil yanvaridan boshlab viloyat, tuman, shaharlarda hokimlik tashkil etildi. Hokimiyat qoshida ijroiya apparati tuzildi. Viloyat, tuman va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo’lib, davlat va fuqarolarning manfaatini ko’zlab o’z vakolatlariga taaluqli masalalarni hal etadi.lar. Hokim va uning ijroiya apparati joylardagi barcha korxona va muassasalarga rahbarlik qilish, mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni fuqarolarning mafaatlariga mos ravishda hal qilish bilan shug’ullanmokda.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin