Ochiq fuqarolik jamiyati negizlarining yaratilishi
O’zbekiston taraqqiyotining bosh yo’li jamiyatni demokratlashtirish, fuqarolik
jamiyat qurishdan iboratdir. Demokratik jamiyat kurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo’q. I.Karimov dunyoda bir-biriga o’xshagan ikkita inson bo’lmaganidek, bir – biriga aynan o’xshagan ikki davlat ham yo’q, deganida haqlidir. To’g’ri, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor: insonning o’z xohishirodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikni ko’pchilikka bo’ysunishi; davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi; davlat asosiy organlarining saylab qo’yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O’zbekiston demokratik jamiyat qurishda ana shu tamoyillarga, umumjahon tsivilizatsiyasiga asoslandi. Shuningdek, u xalqimizning necha ming yillik milliy davlatchiligimiz negizlarini, ma’naviy merosimiz ildizlarini, milliy xususiyatlarimiz va boy an’analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish yo’lidan bormoqda. O’zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g’oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o’z qobiliyat va ehtiyojlarini to’la namoyon qilish va amalgam oshirishlari uchun zarur bo’lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta etibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo’lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi o’ziga bog’liq bo’lib qoladi. Insonning jamiyatdagi o’rni uning solohiyatiga, mehnat qilish istagi, oqilu uddaburonligiga bog’liq bo’ladi.
Mahalla. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilgan "Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida"gi qonuniga binoan, shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o’tkaziladigan bo’ldi. Fuqarolarning yig’inlari o’zini-o’zi boshqarish organi bo’lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. 2001 yil may- iyun oylarida bo’lib o’tgan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlariga saylovlarda 7840 nafar oqsoqol va ularning 75 mingga yaqin maslahatchilari saylandi. Mahalla oqsoqoli va uning maslahatchilari o’z mahallasi doirasidagi ishlarni hal etish, muhtoj oilalarga davlat mablag’lari hisobidan yordam berish ishlarida faoliyat ko’rsatmoqdalar. Mahalla tizimi jamiyatning negiziga aylandi.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-ning 13-moddasida O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi, deb belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar. O’zbekistonda yagona fuqarolik o’rnatilgan. Har bir fuqaro yashash, shaxsiy daxlsizlik, turar joy daxlsizligi, bir joydan ikkinchi joyga ko’chish, so’z va e’tiqod erkinligiga ega bo’lib, bu huquqlar davlat tomonidan himoya qilinadi. Fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi qonun bilan mustahkamlab qo’yilgan. O’zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolati, mehnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta’lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa huquqlari qonun bilan himoya qilinadi.
1995 yil 23 fevralda birinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha Vakili (Ombudsman) lavozimi ta’sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Uning maqomi va faoliyat doirasi 1997 yil 26 aprelda qabul qilingan Oliy Majlisning "Inson huquqlari buyicha vakili (Ombudsman) to’g’risida" gi qonun bilan belgilab berildi. Vakil BMTning inson huquqlari bo’yicha markazi, EHXTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat ko’rsatmoqda. O’zbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan "Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzuvchi harakat va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to’g’risida"gi qonuni Inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil oktyabr oyida e’lon qilingan "Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazini tuzish to’g’risida"gi Farmonga binoan inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etildi. O’zbekistonda fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo’lgan huquqlari va burchlari bilan bog’langan. Davlat o’zining fuqarolar oldidagi vazifalarini bajarmoqda. Fuqarolarning erkinliklari va huquqlarini amalda himoya qilmoqda. Shuningdek, fuqarolarning ham davlat oldidagi burchlari, majburiyatlari belgilab qo’yilgan. Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. Davlat har bir inson zimmasiga tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni avaylab asrash, atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, soliq va yig’imlarni to’lash majburiyatini yuklaydi. Konstitutsiyaning 52-moddasida "O’zbekiston Respublikasini himoya qilish -O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o’tashga majburdirlar", deb belgilab qo’yilgan.
Dostları ilə paylaş: |