O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


XVII BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONNING IQTISODIY, MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOTI



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə140/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

XVII BOB. MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONNING IQTISODIY, MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOTI


Tayanch so’z va iboralar: Iqtisodiy islohotlar. Strategik maqsadlar. Xususiylashtirish. Kichik va o’rta biznes. Agrar islohotlar. Bozor infratuzilmasi. Mashinasozlik sanoati. Yoqilg’i mustaqilligi. G’alla mustaqilligi. Ma’naviy islohotlar. Ma’naviy merosning tiklanishi. Diniy qatriyatlar. Madaniyat ravnaqi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Milliy istiqlol g’oyasi.



  1. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining shakllanishi

Mustaqillik yillarida iqtisodiy hayotimizda ro’y bergan yangilanish, tub o’zgarishni yoritishga kirishar ekanmiz, avvalo, eski mustabid tuzumdan bizga qanday iqtisodiyot meros bo’lib qolganligini eslaylik. O’zbekiston qaramlik davrida o’z tabiiy boyliklariga, er-suv, o’rmon va boshqa resurslariga o’zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo’lini o’zi belgilay olmasdi. Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar markazga, uning manfaatlariga bo’ysundirilgan edi. O’zbekiston rahbariyati, xalqi o’z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qaerda realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o’zining milliy valyutasiga, valyuta jamg’armasiga ega emasdi. Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi o’rinlardan biri meros bo’lib qolgan edi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o’laroq, O’zbekiston aholisining deyarlik uchdan ikki qismi qo’l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzumdan o’tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo’lib qolgan edi. Mamlakatimiz aholisi erning nihoyat darajada sho’rlanishi, havo bo’shlig’i va suv zahiralarining ifloslanganligi, radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi.


«Bugun o’sha davr to’g’risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo’lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo’lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O’zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotgamarkazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo’lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi». Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: O’zbekiston, 1999, 6-bet.
Mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zulum, mutelikdan ozod etdi, o’z eri, er osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zahiralariga to’la egalik qilish huquqini berdi. Barcha mulk, korxonalar O’zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o’z iqtisodiy taraqqiyot yo’lini o’zi belgilash erkinligi qo’lga kiritildi.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin