O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


Turk xoqonligi. Xoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə32/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

2. Turk xoqonligi. Xoqonlik davrida O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy
va madaniy hayoti
Turkiy elatlarning keng sharqiy hududlarda qadim-qadim davrlardan buyon yashab, o’zlaridan munosib madaniy iz qoldirib kelganligini juda ko’plab tarixiy manbalar ham tasdiq etadi. Mo’’tabar Xitoy manbalari, mashhur «O’g’iznoma», Urxon-Enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli guvohdir. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg’u, O’g’iz, To’qqiz o’g’iz, O’ttuz tatar, Karluq, Kitan, Tolis, Turk, Uyg’ur, To’qri (toharlar), Quriqan, Duba (tuba-tuva)va boshqalar yashardilar. VI asr boshlarida Oltoy o’lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. O’sha paytda hozirgi Mo’g’uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug’ining mavqei ko’tariladi. Ashin urug’iga mansub Asan va Tuu 460-545 yillarda boshqa urug’larni o’zlariga bo’ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar.Tuuning o’g’li Bumin Tele qabilasini ham bo’ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551 yilda Jujan xonining qo’shinlarini engib, ularni o’ziga bo’ysundiradi. Bumin 552 yilda Xoqon deb e’lon qilinadi va yangi davlat - Turk hoqonligiga asos soladi. Uning poytaxti Oltoydagi O’tukan shahri edi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug’i ortib borgan. U ko’p bor Xitoyga yurishlar qilib, uning bir qancha hududlarini bosib olgan. Xitoy podsholigi Turk xoqonligiga har yili o’lpon tariqasida yuz bo’lakdan iborat ipak mato berib turishga majbur bo’lgan. 553 yilda Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning katta o’g’li Mug’anxon (553-572) o’tiradi. Mug’anxon 558 yilda jo’janlarga so’nggi bor qaqshatqich zarba berib, o’z davlati hukmronligini Tinch okeangacha bo’lgan hududlarda mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami (unga «Yabg’u» - bahodir unvoni ham berilgan) bo’lsa, bu davrda xoqonlik hududini g’arbga tomon kengaytirib, Ettisuv, Qashqar va boshqa hududlarni egallaydi. 563-567 yillar davomida Istami yabg’u qo’shinlari eftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib, O’rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo’lgan erlarni egallashga muvaffaq bo’ladi. Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi. Turk xoqonligi O’rta Osiyo erlarini ishg’ol etgach, uning hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi. Xoqonlik Eron bilan yaxshi qo’shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini o’rnatishga intiladi. Shu maqsadda Eron shohi Xusrav 1 Anushirvonga turk malikasi uzatiladi, Eronga elchilar yuboriladi. Biroq Turk xoqonining Eronga ikki bor yuborgan elchilari faoliyati muvaffiyatsiz chiqqach, Eronning xoqonlik bilan murosaga bormasligi, uning qat’iy dushmanligi ma’lum bo’ladi. Buning boisi Eron shohining O’rta Osiyo hududlariga da’vogarligida edi. Bu esa, shubhasiz, bir necha bor xoqonlikning Eron bilan urushlar olib borishiga sabab bo’ladi. Istami qo’shinlari Eron shohi Xisrav I ni engadi. Eron shohlari Turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillosi hajmida tovon to’lashga majbur bo’ladi. Mug’anxon va uning avlodlari g’arbda Qora dengizga qadar hududlarni zabt etib o’zlariga bo’ysundirganlar. Turk xoqonligi 568-569 yillarda o’sha davrning qudratli davlati-Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o’rnatishga intilib, sug’d savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u erga yuboradi. Elchilar imperator Yustinian II qabulida bo’ladi. Shundan so’ng Vizantiyannig Zemarx boshliq elchilari xoqonlik davlatiga keladi. Bu esa shu davlatlar o’rtasida o’zaro ishonch va savdo-tijorat munosabatlarini o’rnatishda muhim ahamiyat kasb etgan. Turk xoqonlari O’rta Osiyoda hukmronlik qilsa-da, biroq o’zlari bu hududga ko’chib kelmaganlar. Ular Ettisuv va boshqa hududlardagi bosh qarorgohlarida qolib, bo’ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o’lponlar va to’lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan ko’rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyatlari davom etgan. Xoqonlik istisno hollardagina o’lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashgan. Bu narsa ko’proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta’kidlanganidek, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mustaqil hokimlik mavjud bo’lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg’, Kesh, Nahshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. Ayniqsa Samarqand Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari o’zlariga ancha mustqil bo’lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada bo’lgan. Shu bilan birlikda bu nisbatan mustaqil hokimliklar o’rtasida o’zaro kurash, ichki ziddiyatlar ham to’xtovsiz bo’lib turgan. Bu esa mahalliy aholi hayoti, turmushini nochor ahvolga duchor etgan. Masalan, 585-586 yillarda Buxoroda zodagon dehqon va boy savdogarlarga qarshi qo’zg’olon ko’tariladi. Unga Abro’y boshchilik qiladi. Hoqon Qoracho’rin qo’shinlari qo’zg’olonni bostirib, qo’zg’olonchilarni qattiq jazolaydi. Bo’ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqarish tartibi hoqonlikni zaiflashtira bordi. Natijada VI asrning 80-yillari oxirlarida Turk xoqonligi ikki qismga bo’linib ketadi. G’arbiy turk hoqonligi (uning tarkibiga O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Jung’ariya (Xitoyning shimoliy g’arbi) hududlari kirgan). Sharqiy turk hoqonlik (uning tarkibiga Mo’g’uliston hududlari kirgan). VII asrda g’arbiy hoqonlikda shaharlar rivojlanishi, Eron va Xitoy bilan qizg’in savdo-sotiq va diplomatic aloqalar kuzatilgan. Darhaqiqat, Xitoyda Tan sulolasi (618-907yil) hukmronligi davrida G’arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o’rtasida foydali aloqalar keng yo’lga qo’yiladi. Masalan, 627-644 yillarda O’rta Osiyodan Xitoyga 9 marta savdo karvonlari yuborilgan. VII asrning 30-yillarida xoqonlik hududlarini kezgan xitoylik sayyoh Syuan Tsin Issiqqo’l, Chu vodiysi, Choch, Samarqand, Buxoro kabi joylarning ancha gavjum va obod bo’lganligini qayd etadi. Tan sulolasi 659 yilda Sharqiy Turk hoqonligini o’ziga bo’ysundiradi. VII asr ikkinchi yarmida ancha kuchaygan Xitoy O’rta Osiyo hududlarini ham o’z qo’l ostiga kiritish payiga tushadi. Biroq 670 yilda tibetliklar bosh ko’tarib, sharqiy Turk xoqonligini yangidan tiklaganlaridan so’ng va bu davlat Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatarni keltirib chiqargach, endilikda Xitoy O’rta Osiyoga bo’lgan o’z da’vosidan vaqtincha voz kechadi. Uning endigi butun diqqati Tibetga qaratiladi. Bu davrda O’rta Osiyo hududlarida G’arbiy Turk xoqonligi ta’siri tobora zaiflashib boradi. Bunga mahaliy hokimliklar o’rtasidagi ichki ziddiyatlar, er-mulk uchun o’zaro kurashlar ham sabab bo’ladi. Bu esa pirovardida bu hududlarning arab istilochilari tomonidan bosib olinishiga sabab bo’ldi.
Turk xoqonligining sharqiy erlaridan farqli o’laroq G’arbiy hududda aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan yuqori bo’lgan. Negaki, sharqiy hududlarda yashagan ko’pchilik ko’chmanchi turkey elatlarda urug’-qabilachilik munosbatlari hamon kuchli saqlangan. Aholining quyi tabaqasi budun yoki qora budunlar deb atalgan. Urug’-qabilaning nomdor vakillari «beklar» deb yuritilgan. Jamoani xoqon va zodaganlar kengashi - «Qurultoy» boshqargan. O’rta Osiyo erlarida esa bu davrda dehqonchilik, bog’dorchilik va uzumchilik sohalari yuksak darajada rivojlangan. O’lkaning Farg’ona, Xorazm va Zarafshon vohalarida ko’plab suv ayirg’ichlar, kanallar, suv havzalari bunyod etilgan. Farg’ona va Sug’dda aholining bir qismi tog’-kon ishlari bilan ham mashg’ul bo’lgan. Bu erlarda oltin, mis, temir eritish, ulardan kerakli asbobanjomlar ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, Iloqda qo’rg’oshin, kumush, Shahrisabzda esa qizil tuz qazib olingan. Xoqonlik davrida shaharlar hayoti xiyla rivoj topgan. Buxoro, Samarqand, Ishtixon, Toshkent, Isfara, Qubo (Quva), Koson kabi shaharlar o’sha davrning ancha taraqqiy etgan hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari hisoblangan. Buyuk ipak yo’li bu shaharlarning xalqaro savdoda faol ishtirok etishini ta’minlagan. O’rta Osiyolik qo’li gul hunarmandlar, to’quvchilar, zargarlar, miskaru temirchilar, ko’nchiyu qurolsozlar ishlab chiqargan nafis, xaridorgir buyumlar, asbob-anjomlar turli yurtlarga yuborilgan. Mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargan rangli shishalar, zotdor otlarga xalqaro miqyosda talab katta bo’lgan. Bu davrning o’ziga xos muhim o’zgarishlaridan yana biri-bu O’rta Osiyo kulolchiligi hunarining yuksak san’at darajasida rivojlanganligidir. Bu davrda ham yurtimizda moddiy va ma’naviy madaniyatning yangiyangi betimsol namunalari yaratildi. Turli olimlar mutaxassislar bahsiga sabab bo’lgan Turk-ruin, Urxon-Enasoy yozuvi, Kultegin bitiklari, Bilga xoqon yodnomasi va shu singari noyob topilmalar turk yozma madaniyatning qadimiyligi va rang-barangligiga guvohlik beradi. 1970 yilda Almati yaqinidagi «Issiq» degan joydan topilgan va fanga «Issiq yozuvi» nomi bilan kirgan turkey yozuv ham bizning yozuv tariximizga oid qarashlarimizni yanada boyitadi. Endilikda topilgan noyob ashyoi dalillar asosida turkiy yozuvning tarixi miloddan avvalgi II-I asrlarga borib tutashishi ma’lum bo’ldi. Turonzaminda turkiy yozuv bilan bir qatorda sug’d va xorazm yozuvlari ham keng qo’llanilgan. Sug’d yozuvi 22 ta belgidan iborat bo’lib, chapdan o’ngga qarab yozilgan. Shaharlarda so’g’d-turk ikki tilliligi rasmiy odat bo’lganligi haqida Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’atit turk» (XI asr) asarida ham qayd etib o’tilgan. Bu yozuvlarda ulug’ ajdodlarimizning katta tarixi, boy madaniyatiga oid mislsiz ma’lumotlar aks etgan. Yana shu narsa diqqatga sazovorki, o’sha davrlarda ulug’ ajdodlarimiz o’z navqiron nasllari to’g’risida ham muttasil qayg’urganlar. Shu boisdan o’smir 5 yoshga to’lishi bilan uni bilim olishga yo’llab, dastavval, xat-savod va hisob-kitobni o’rganishga jalb etganlar. Bolalar o’smir-balog’at yoshiga etgach esa ularni dunyo tanish, savdo-tijorat ishlarini o’rganish uchun maxsus vakillar homiyligida xorijiy ellarga yuborganlar. Turk xoqonligida yashagan xalqlarning diniy e’tiqodi, tasavvurlari ham turlicha bo’lgan, ko’p xudolilik xukm surgan. Bu esa ularda turli xil osmoniy va er jismlari - quyosh, oy, er-suv, hayvonlar va boshqa narsalarga sig’inishlikni keltirib chiqargan. Osmon xudosi Tangri turk qavmlarining eng oliy xudosi hisoblangan. Hozirda ham «Tangri» iborasi Alloh nomiga nisbat sifatida qo’llaniladi. O’rta Osiyo xalqlari orasida zardushtiylik dini bilan bir qatorda joylarda buddizm, moniylik, xristianlik dinlariga e’tiqod qilishlik ham keng rasm bo’lgan. Bu narsa qadimgi ajdodlarimizning tor, biqiq holda hayot kechirmasdan balki boshqa ko’plab qavmlar, elatlar bilan bog’lanib, aralashib, ma’naviy jihatdan yaqinlashib hayot kechirganliklaridan dalolat beradi. O’rta Osiyo xalqlari orasida tasviriy san’at o’ziga xos uslubda rivojlangan. Jumladan, Varaxsha xarobalaridan topilgan saroy binolari devorlari peshtoqlariga bitilgan rang-barang, bir-biridan nafis va jozibador rasm-suratlarni (qurollangan yoxud ov qilayotgan jangchi askarlar, oq fillar, tuyalar, otlar va boshqa xil hayvonlar, parrandayu darrandalar va hokazo) ko’zdan kechirar ekanmiz, bunda ajdodlarimizning noyob iste’dodi va aql-zakovatiga tan beramiz va bundan o’zimizda g’urur tuyamiz. Shunday qilib, Turk xoqonligi o’z davrida keng hudularga yoyilgan eng yirik davlat bo’lgan. Uning hukmdorlari Xitoy, Eron va Vizantiya bilan bo’lgan munosabatlarda uzoq yillar o’z ta’sirini o’tkazganlar. Shu bilan birgalikda xoqonlik davri moddiy va ma’naviy madaniyati, uning nodir namunalari Turonzamin xalqlarining to’laqonli turmush tarzini o’ziga xos yo’sinda aks ettirib qolmasdan, ular bobokalonlarimiz dahosining teranligidan, ularning yuksak ijodkorligi, izlanuvchanligidan ham shahodat beradi.



Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin